Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti issiqlik energetikasi fakulteti
Download 56.13 Kb.
|
Iskandarov A\'zamjon 60 20 AES
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararsizlantirish o’tkazish usullari
HAVO DEZAKTIVATSIYASI
Ochiq ko'rinishda RM lar bilan ish olib boriladigan obyektlarda ifloslangan havo atmosferaga chiqarib tashlanishidan oldin tozalanishi kerak. Bunda quyidagi usullar ishlatiladi: gazlamalar ko'rinishidagi yupqa tolali polimerlardagi filtratsiya, o'rnatiluvchi filtrlarda filtratsiya, eritmalar absorbsiyasi, qattiq sorbentlarda gazlar absorbsiyasi, vaqt bo'yicha tutib turish. Yupqa tolali polimerlardagi filtratsiya past darajali radioaktiv ifloslanishda qo'llaniladi. Odatda bunday maqsadda FPP gazlamasi (perxlorvinilning o'ta yupqa tolalari qatlami doka asosga tortilgan) ishlatiladi. Chiqindilarda chang miqdori ko'p bo'lganda oldindan filtrlar (dag'al tozalash filtrlari) ishlatiladi. Gaz oqimlarini changdan effektiv tozalash uchun tolali yoki dona-donali nasadkali filtrlar (qum, qipiq, rezina donalari, plastmassalar) ishlatiladi. Nasadkani tanlash aerozollar xarakteriga bog‘liq. Suyuqlikli tozalash ifloslangan gaz yupqa maydalangan suyuqlikka qarshi harakatlanadigan skrubber tipidagi adsorberlarda amalga oshiriladi. Alohida hollarda ifloslangan gaz, sovutish va dag'al disperslashgan changni yo'qotish uchun, suyuqlik qatlami orqali o'tkaziladi. Adsorbsiya jarayonini suyuqlikda ko'pik hosil qilish hisobiga intensifikatsiyalash mumkin. Radioaktiv gazlarni tutish maqsadida aktivlashgan ko'mir, kaustik, yog'och ko'mir bilan to'ldirilgan filtr-adsorberlar va boshqalar ishlatilishi mumkin. Dezaktivatsiya effektivligi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: K =(aN:N’)400, bu yerda K - dezaktivatsiya effektivligi; aN - dezaktivatsiyagacha va undan keyingi sanash tezliklarining farqi; N’ - dezaktivatsiyagacha impulslami sanash tezligi. Zararsizlantirish o’tkazish usullari Dezaktivatsiyalanuvchi muhitning agregat holatiga ko‘ra dezaktivatsiya o‘tkazish usullarini quyidagi usullarga ajratish mumkin (1-jadval): -suyuqliksiz; -suyuqlikli; -aralash usullariga bo‘linadi. 1-jadval. Zararsizlantirish (dezaktivatsiya)ning asosiy usullari
Zararsizlantirish ishlarini qizigan suv bug‘i bilan ham o‘tkaziladi. Bunda yuzada plenka hosil bo‘lishi qo‘shimcha uni tozalashni ham talab etadi. Kompleks zararlantirishda turli xil usullardan foydalaniladi, masalan, kimyoviy reaktivlarni ishlatish, lazer nurlanishi, ultratovush va vakkumli kabilardan foydalaniladi. Download 56.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling