Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarishning klassik tizimi
Download 49.81 Kb.
|
1 2
Bog'liq5 ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Foydalanilgan adabiyotlar
- XIV.1. O‘CHOQ BO‘LIMI TEXNOLOGIK TIZIMI
MAVZU-5 SULFAT KISLOTASINI KONTAKT USULI BILAN ISHLAB CHIQARISHNING KLASSIK TIZIMI Reja: 1.O‘choq bo‘limi texnologik tizimi. 2.YUvish bo‘limi texnologik tizimi. 3.Quritish absorbsiya bo‘limi texnologik tizimi. 4.Kontakt bo‘limi texnologik bo‘limi. 5.Oltingugurt 3 oksidi absorbsiyasi va unga ta’sir etuvchi omillar. 6.Oltingugurt 3 oksidi absorbsiyasi turlari. Tayanch iboralar: Klassik tizim bo‘limlari, o‘choq bo‘limining asosiy vazifasi, yuvish bo‘limining asosiy apparatlari, o‘choq gazini qurutish jarayoni, Kontakt bo‘limining asosiy vazifasi, SO3 ni suv o‘rniga sulfat kislota eritmasi bilan absorbsiyasi, SO3 absoryusiyasiga ta’sir etuvchi omillar, Oltingugurt uch oksidi absorbsiyasi turlari. Foydalanilgan adabiyotlar: 2,3,4,5,6,7 Bu tizimda xomashyo sifatida temir kolchedani va boshqa sulfidlar ishlatilib, ishlab chiqarish asosan 4ta bo‘limdan iborat bo‘ladi: 1.O‘choq bo‘limi. 2.YUvish bo‘limi. 3.Kontakt bo‘limi. 4.Quritish-absorbsiya bo‘limi. Maxsulot sifatida ham kuporos moyi, ham oleum ishlab chiqarish mumkin. XIV.1. O‘CHOQ BO‘LIMI TEXNOLOGIK TIZIMI. O‘choq bo‘limi (14.1.-rasm) texnologik tizimi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin 1. “Qaynar qatlam”li o‘choq. 2. Qozon foydalangich. 3. Siklon Quruq elektrofiltrlardan iborat bo‘lib, temir kolchedanini yoqish natijasida o‘choq gazini olishga qaratilgandir. “Qaynar qatlam”li o‘choqda temir kolchedani yonib, ularda issiqlikning bir qismidan foydalaniladi. Qolgan qismi esa qozon-foydalangichda o‘choq gazini 950oS dan 440oS gacha sovutish uchun qozon-foydalangichga kimyoviy tozalangan suv berilib, u oldin to‘yingan, keyin o‘ta to‘yingan suv bug‘iga aylantirish yo‘li bilan foydalaniladi. Bu erdagi o‘choq gazini sovutish taxminan yarim sekund mobaynida juda tez amalga oshiriladi. Bunga sabab-o‘choq gazi 600-650oS lar atrofida juda kam vaqtda bo‘lsin. Aks holda temir zangi ishtirokida 650oS da SO2 gazi SO3 ga oksidlanib qolishi mumkin. SO2 + O,5O2 = SO3 + Q16 (14.1.) Bu esa, avval aytib o‘tilganidek, quruq elektrofiltrni ishlashi uchun juda katta xavfdir. So‘ng o‘choq gazi siklonda temir zangidan 50% gacha tozalanada. Qolgan qismi esa quruq elektrofiltrda 99%gacha tozalanadi. O‘choq gazi temir zangidan batamom, hamda ftor, mish’yak birikmalaridan ham batomom tozalanishi uchun 400oS lar atrofida yuvish bo‘limiga yuboriladi. XIV.2. YUVISH BO‘LIMI TEXNOLOGIK TIZIMI. Bu bo‘lim asosan quyidagi apparatlardan iboradir: 1-yuvish minorasi, 2-yuvish minorasi, birinchi nam elektrofiltr, namlash minorasi, ikkinchi nam elektrofiltr. 1-yuvish minorasini ichi bo‘sh bo‘lib, tagi kengaytirilgan doira shaklidadir. Bu minora tepasidan 70%li sulfat kislota bilan forsunkalar orqali o‘choq gazi yuviladi. Natijada o‘choq gazi tarkibidagi temir zangining temir 3 oksidi yo temir 4 oksidi yuvilib, pastga tushiriladi. Sulfat kislota As2O5 bilan birikkan holda tuman shaklidagi birikma hosil qiladi. Bu birikma o‘choq gazi bilan 2-n.chi yuvish minorasiga yuboriladi.1-yuvish minorasini tagi tor, tepasi keng qilib ishlangan. Buni sababi o‘choq gazi changdan tozalashga qaratilgan 1-yuvish minorasi tepa qismida o‘choq gazi o‘z chiziqlik tezligini to‘satdan pasaytiradi. Bu esa o‘choq gazini changdan tozalashga olib keladi. Minora pastki qismidan temir selen birikmalari, selen kislotasi hamda sulfat kislotasi oqib tushadi. Bu selen kislotasi boshqa apparatga yuborilib toza selen olinadi. 2-yuvish minorasi Rashig xalqalari bilan to‘ldirilib, tepadan 30%li sulfat kislota eritmasi bilan yuailadi. Bu minorada sulfat kislota bilan mish’yak oksidlarining tumanlari ushlanadi. O‘choq gazi mish’yakdan tozalanadi. Qolgan o‘choq gazi 1-nam elektrofiltrga yuboriladi. U erda asosan yirik ftor zarrachalari ushlanadi. Mayda ftor zarrachalari esa o‘choq gazi bilan birga namlik minorasiga yuboriladi. Bu 4-minora Rashig xalkalari bilan to‘ldirilgan bo‘lib, u 5%li sulfat kislota eritmasi bilan yuviladi va bu vaqtda mayda ftor zarrachalari suv bug‘i xisobiga yiriklashtiriladi. Bu ftor zarrachalari esa 2- nam elektrofiltrda ushlanadi. XIV.3. QURITISH - ABSORBSIYA BO‘LIMI TEXNOLOGIK TIZIMI. YUvish bo‘limidan so‘ng o‘choq gazi 35-45oS da quritish- absorbsiya bo‘limiga (14.3.-rasm), aniqrog‘i quritish minorasiga, yuboriladi. O‘choq gazi shu minoraga kirib, u erda 93-95% sulfat kislota bilan yuvilib, o‘choq gazi suv bug‘laridan batamom tozalanadi. SHuni aytish kerakki, o‘choq gazini suv bug‘idan quritish uchun boshqa moddalar ham ishlatish mumkin, edi ammo bunday moddalar, aksariyat holatda, sulfat kislota ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lmaydilar va ularni chet davlatlar zavodlaridan keltirish kerak. SHu munosabat bilan, hamda sulfat kislotasi zavodda doimo bor bo‘lgani uchun, odatda, asosan kuporos moyi bilan quritiladi. Bu jarayon fizik jarayoni bo‘lib, kuporos moyi isiydi va suyuladi, chunki o‘choq gazi tarkibidagi suv bug‘i kislota bilan uchrashganda kondensatlanib, suyuqlikka o‘tadi. So‘ngra bu suv kuporos moyi bilan aralashadi, va uni konsentratsiyasini pasaytiradi. Bu jarayon natijasida katta issiqlik chiqadi. SHuning uchun, tepadan berilayotgan kislota bilan pastdan chiqayotgan kislotani konsentratsiya farqi miqdori 0,5% dan oshmasligi kerak. Aks holda ko‘p suyuqlanish issiqligi chiqib, u esa kislotani bug‘latib va suv bug‘ini ajralib chiqishiga sabab bo‘lib, umumiy jarayonni ketishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Qurigan o‘choq gazi turbogazoduvkaga yuboriladi. U erdan o‘choq gazi kontakt bo‘limiga yuboriladi. Download 49.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling