Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «issiqlik massa almashinuvi jarayonlari va qurilmalari»
Download 0.75 Mb.
|
22метод ИМА лотинча
BUG‘LATISH JARAYONI
Bug‘latish eritmaning qaynashida uning erituvchisi bug‘larining deyarli toza holda ajralib chiqishi bilan kechadigan (suyuqlik olib chiqib ketilishini hisobga olmaganda) termik jarayondir, bunda eruvchan uchuvchanmas moda (qattiq jism, masalan, tuz, yoki qovushqoq suyuqlik, masalan vazelin) konsentrlangan holda qurilmada qoladi. Eritmadagi erituvchi suyuqlik qaynashi yoki uning sirtiy bug‘lanishi natijasida bug‘ga aylanishi mumkin. Bug‘latish qurilmalarida suyuqlikning bug‘ga aylanishi bu usullaridan ancha intensivi, ya’ni qaynash usulidan foydalaniladi. Boshida bug‘latish jarayonidan sanoat miqyosida shakar ishlab chiqarishda, keyinchalik – kimyo sanoatida qo‘llanildi. Eritmalarni konsentrlashda ayrim hollarda suvning boshlang‘ich massasining 90 % gachasi bug‘lantirilib yuboriladi. Sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarda asosan har xil uchuvchanmas moddalarning suvli eritmalari bug‘lantiriladi, shuning uchun keyinda beriladigan hamma ma’lumotlar suvli eritmalarga taaluqlidir. Elementar holatda bug‘lantirish jarayonini eritma bilan to‘ldirilgan ochiq yoki yopiq idishda unda qaynashni hosil qilish uchun issiqlik keltirilishi va hosil bo‘lgan bug‘larni atmosferaga chiqarib tashlash, yoki kondensatsiyalanish moslamasiga yuborish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Bug‘latish qurilmalarining ishlash prinsipi va konstruktiv tuzilishi bo‘yicha elektr stansiyalarida qo‘llaniladigan bug‘latgichlar bilan o‘xshash tomonlari bor. Ammo suvli eritmalarni bug‘latish qurilmasida bug‘latish jarayoni bug‘latgichlardagi toza suvning qaynash jarayonidan prinsipial farq qiladi. KO‘P TARQALGAN BUG‘LATISH QURILMALARINING KONSTRUKSIYALARI Eritmaning tabiiy sirkulyatsiyali bug‘latish qurilmalari. Eritmaning tabiiy sirkulyatsiyasining yurituvchi kuchi bo‘lib pastga tushiruvchi quvurlardagi suyuqlikning ρsuyuq va ko‘taruvchi quvurlardagi bug‘-suyuqlik emulsiyasining ρem zichliklari farqi hisobiga balandliklari bo‘yicha og‘irliklarining farqidir (1,a-rasm). Bug‘latish qurilmalarining bitta separatorga bir nechta isituvchi kameralarining bog‘langan holdagi, qurilmaning to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash va uning bitta isituvchi kamerasini qurilmaning ishlashi davrida tozalashni amalga oshirish maqsadida, konstruksiyalari mavjud. Bunday qurilmalar ham kristallanuvchi, ham ko‘piklanuvchi eritmalarni bug‘latish uchun qo‘llanilishi mumkin. Kristallanuvchi eritmalarni bug‘latishda qurilmada tuz ajratgich qo‘llaniladi. 2-rasmda bug‘lantirilayotgan suyuqlik ustunining sirkulyasion quvurning yuqori sathida (ko‘pincha eritmaning separatorga o‘tish sathida) ushlab turiladigan pastlashtirilgan (quyiroq joylashtirilgan) isituvchi kamerali bug‘latish qurilmasi keltirilgan. Isituvchi kamerada quvurlardagi suyuqlik ustunlari balandligining ta’siri ostida bosim ko‘tariladi va suyuqlik qaynamay, faqat qizish darajasi ko‘payadi, shuning hisobiga bu kamerada eritmadan kristallar ajralib chiqmaydi. Separatorda suyuqlikning ortiqcha issiqligi hisobiga uning birdan qaynash jarayoni amalga oshadi va ajralib chiqqan kristallar pastga tushiruvchi sirkulyasion quvur va quyi patrubka orqali tuz ajratgich yoki filtrga chiqariladi va u yerda ushlab qolinadi. 1 - rasm. Tabiiy sirkulyatsiyali vertikal bug‘latish qurilmalari а) ichki markaziy tushiruvchi quvurli; b) chiqarilgan tushiruvchi quvurli; v) separatori va tushiruvchi quvuri chiqarilib joylashtirilgan; 1 – isituvchi kamera; 2 - separator; 3 – tushiruvchi (sirkulyatsion) quvur; 4 – tomchi ushlagich. 2-rasm. Isituvchi kamerasi pastlashtirilib joylashtirilgan bug‘latish qurilmasi. 1 – isituvchi kamera; 2 – separator; 3 – tushiruvchi quvur; 4 – qayta ushlash moslamasi; 5 – stabilizator. Eritmaning majburiy sirkulyatsiyali bug‘latish qurilmalari. Quyushqoq eritmalarni bug‘latish uchun, isituvchi bug‘ va eritmaning haroratlari orasidagi farq kichik bo‘lganda (3-40C), eritmani separatordan isituvchi kameraga o‘tkazib berilishini ta’minlab beruvchi propellerli yoki markazdan qochma nasosli bug‘latish qurilmalari qo‘llaniladi (3-rasm). 3- rasm. Eritmaning majburiy sirkulyatsiyali bug‘latish qurilmasi. а) bir o‘qda joylashgan isituvchi kamerali; b) chiqarilgan isituvchi kamerali; 1 – isituvchi kamera; 2 – separator; 3 – tushiruvchi quvur; 4 – separator; 5 – o‘qli nasos; 6 – markazdan qochma nasos. Plyonka qatlamli (yupqa qatlamli) bug‘latish qurilmalari. Toza kristallanmaydigan eritmalarni, hamda yuqori haroratlar ta’siriga chidamaydigan eritmalarni bug‘lantirishda plyonka qatlamli (yupqa qatlamli) bug‘latish qurilmalaridan foydalaniladi. 4,a-rasmda ko‘tariluvchi plyonka qatlamli (eritmaning quvurlarda qaynashida) bug‘latish qurilmasi keltirilgan. 4-rasm. Uzunlashtirilgan quvurli ploynka qatlamli bug‘latish qurilmalari. а) ko‘tariluvchi ploynka qatlamli; б) pastga tushuvchi ploynka qatlamli; 1 – isituvchi kamera; 2 – separator; 3 – tomchi ushlagich, 4 – ikkilamchi bug‘; 5 – bug‘lantirilgan eritma; 6 – eritma; 7 – isituvchi bug‘. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling