Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «issiqlik massa almashinuvi jarayonlari va qurilmalari»


Download 0.75 Mb.
bet3/8
Sana12.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1699430
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
22метод ИМА лотинча

Loyihalashtirish uchun vazifa
Mahsuldorligi 3000 kg/soat bo‘lgan NaOH eritmasini bug‘lantiruvchi 3- korpusli bug‘latish qurilmasi loyihalashtirilsin. Boshlang’ich konsentratsiyasi 25 %, oxirgi konsentratsiya 50 %, isituvchi bug‘ning bosimi P = 4,5 at. Sovituvchi suvning harorati 8 0С, kondensatordagi bosim 200 mm.sim.ust.
Eritma birinchi korpusga qaynash haroratida keladi.
Bug‘lantiruvchi qurilmani chiqarilgan isitish kamerasi bilan hisoblansin. Kondensator- aralashtiruvchi, barometric quvuri bilan.
Loyihada quyidagi hisob va grafik ishlari amalga oshirilsin:
Bug‘lantiruvchi qurilmaning, har uchala korpusi bir xil isitish yuzasiga ega ekanligidan kelib chiqib issiqlik hisobi amalga oshirilsin va jadval bo‘yicha qurilmaning o‘lchamlari tanlab olinsin.
Bug‘latish qurilmasi quvurchalarining diametri aniqlansin.
Qurilmaning korpusi, qopqog‘i va quvurlar panjarasining mustahkamligi hisoblansin.
Aralashtiruvchi kondensator hisoblansin va uning o‘lchamlari jadval bo‘yicha topilsin.
Qurilmaning prinsipial sxemasi tuzilsin va unga berilgan parametrlar joylashtirilsin; bug‘latish qurilmasining umumiy ko‘rinishi va qismlari berilsin.
Yemiruvchi natrini bug‘latish uchun boshlang‘ich konsentratsiyasi 25%, oxirgi konsentratsiyasi 50%, mahsuldorligi 3000 kg/soat bo‘lgan, uch korpusli to‘g‘ri oqimli bug‘latish qurilmasini tanlaymiz.
To‘g‘ri oqimli qurilmaning afzalligi: nasoslarning yo‘qligi tufayli elektr energiyasi sarfining kamligi, qarshi oqimli qurilmaga qaraganda bug‘ning kam sarfi, minimal issiqlik yo‘qotishlari.
Bug‘lantirishga mo‘ljallangan eritma, oraliq idishdan nasos yordamida isitgichga yuboriladi, unda qozonxonadan kelgan bug‘ hisobiga eritmani qaynash haroratigacha isitiladi.
Eritma, isitgichdan bug‘lantish qurilmasining 1-korpusiga keladi, uning isitilishi qozonxonadan kelayotgan bug‘ orqali amalga oshiriladi. 1-korpusdan keyin konsentratsiyalash darajasini oshirish uchun eritma keyingi korpuslarga yuboriladi.
50% li eritma 3 - korpusdan so‘ng yig‘uvchi idishga borib tushadi.
Yig‘uvchi idish qurilmaning vakuum tizimiga ulangan, negaki oxirgisi vakuum ostida qolgan, shuning bilan birga tayyor mahsulot yig‘uvchi idishga o‘zi oqib kelishi kerak. Eritmani so‘rib chiqarib olish vaqtida yig‘uvchi idish vakuumdan ajratilib, atmosfera bosimida ishlaydi.
Sxemada vakuumni saqlab turish uchun barometrik quvurli kondensator o‘rnatilgan. Sxemada vakuum-nasosning o‘rnatilishi nazarda tutilgan.
Bug‘latish qurilmasining har uchla korpusi birgalikla ishlash imkoniyatini beradigan qilib ulangan, bu narsa joriy va kapital ta’mirlashni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Isitgich va birinchi korpus har doim qozonxonadan kelayotgan isitish bug‘i bilan isitiladi, shuning uchun birinchi korpus va isitgichdan kondensatning qozonxonaga qaytishi hisobga olingan. Ikkinchi va uchinchi korpuslardan chiqayotgan kondensat texnologik zaruratlarga ishlatiladi.
Vazifaga muvofiq NaOH ning barcha fizik-kimyoviy parametrlarining qiymatlarini topamiz. va qiymatlar 1-rasmda, va lar esa 2-rasmda grafiklar ko‘rinishida keltirilgan. Bu grafiklardan topilgan qiymatlar amalga oshirilgan birinchi taqriban hisobdan olingan.
Birinchi taqriban hisobni amalga oshiramiz.

Butun qurilmada bug‘lantirilayotgan suvning miqdori:




kg/s,

bu yerda
Ge – boshlang‘ich eritma miqdori, kg/s;


be – eritmaning boshlang‘ich konsentratsiyasi, %;
bk – eritmaning oxirgi konsentratsiyasi %.

Korpuslar bo‘yicha bug‘lantirilayotgan suvning miqdorini quyidagicha aniqlaymiz:




kg/s

Eritmaning konsentratsiyasi:


1-korpusda:

2- korpusda:



3- korpusda:

Butun qurilma uchun haroratlarning to‘liq farqi:




,
bu yerda,
tt = 148 0С – P=4,5 at bosimdagi 1 - korpusdagi bug‘ning harorati;
= 66,4 0С – В=200/735,6=0,272 at bosimdagi kondensatordagi bug‘ning harorati.
tt va haroratlar M.P.Bukalovichning to‘yingan bug‘lar jadvalidan olingan.

Umumiy haroratlar farqining yo‘qotishlarini fizik-kimyoviy depressiya, gidrostatik effekt va quvurlardagi gidravlik yo‘qotishlarning yig‘indisidan aniqlaymiz.


Gidrostatik effektdan hosil bo‘lgan yo‘qotishlar:


,
bu yerda,
- bosimdagi suvning qaynash harorati;
- bosimdagi suvning qaynash harorati;
- eritmaning ustidagi ikkilamchi bug‘ning bosimi;
- isituvchi quvurlarning markaziy qismidagi gidrostatik bosim;
ni topamiz:
,
bu yerda,
;


- eritmaning zichligi;
h – eritmaning yuqori sathidan isituvchi quvurlarning markaziy qismigacha bo‘lgan masofa;
hort – eritmaning yuqori sathidan quvurlar panjarasigacha bo‘lgan masofa;
hquv – isituvchi quvurlarning balandligi.
hquv=5 m; hort =0,25 m deb qabul qilamiz;


м



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling