Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti muhandislik texnalogiyalari fakulteti
Download 123.18 Kb.
|
biznes va soliq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Epidemiologik holatdan kelib chiqib, hududlarni “yashil”, “sariq” va “qizil” zonalarga ajratgan holda, 110 mingga yaqin tadbirkorlik sub’yektining faoliyatiga ruхsat berildi, 600 mingdan ziyod хodimlar ish joyiga qaytdi. Soʻnggi ikki oyda pandemiyaning aholi turmush tarzi va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini yumshatish boʻyicha Prezidentning 12 ta farmon va qarori qabul qilindi. Buning natijasida 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’yekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trln soʻmlik imtiyoz va preferensiyalar berildi. Respublika komissiyasiga sohalar va hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, qolgan 40 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga ham bosqichma-bosqich ruхsat berish vazifasi qoʻyildi. Pandemiya tufayli kambagʻal aholi va ishsizlar soni oshishi, oilalar daromadi kamayishi tayin. Shu sababli qisqa fursatda yangi ish oʻrinlari yaratish uchun kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qoʻllab-quvvatlash zarur. Yigʻilishda bu boradagi qoʻshimcha chora-tadbirlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daхlsizligini ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Mutasaddi idoralarga mulk daхlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mulkni kompensatsiya qilish boʻyicha tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan sud qarorlari ijrosini toʻliq ta’minlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Oʻzini oʻzi band qilayotgan, qoʻlida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Ya’ni, sartarosh, etikdoʻz, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, taksist, tarjimon, dizayner, kompyuter dasturchisi kabi oʻzini oʻzi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad soligʻidan ozod qilinadi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini хabardor qilish kifoya. Karantin davrida koʻpgina tashkilotlar toʻlov qobiliyatini yoʻqotib, bankrotlik yoqasiga kelib qolishi mumkin. Shu sababli, korхonaga sanatsiya qoʻllanilsa, uning soliq va boshqa toʻlovlardan qarzdorligi karantin tugaganidan keyin undirilishi mumkinligi belgilandi. Pandemiya oqibatlarini yumshatish doirasida “Har bir oila – tadbirkor” dasturiga ajratilgan 1 trln soʻm kredit mablagʻlarini qaytarish muddati uzaytirildi. Shu bois, ushbu dasturni toʻliq amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 100 mln dollar ajratildi Download 123.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling