Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va transport tizimlari kafedrasi
Download 0.93 Mb.
|
Мансуров А.А. Presentation for Tashkent
5. Gidravlik uzatmali shtangali qurilmada mexanik aylantirgichni o‘rniga gidravlik qurilmaning qo‘llanilishi bilan farq qiladi, metall sarfini, massasini keskin kamaytiradi, qurilmaning tagiga quvvatli poydevor qurish talab qilinmaydi. Mexanik uzatmali qurilmaning gidravlik uzatmalarining ko‘p sonli turlari mavjud, o‘lchamlari konstruktiv variantlari har xil parametrlarga va tasniflarga ega.
6. Shtangasiz qurilma markazdan qochma elektr nasoslar yordamida yuqori debitli quduqlarni ishlatishga mo‘ljallangan. Ko‘p sonli har xil o‘lchamlarda tayyorlanadi va yetqazib beriladi, uning tarkibiga elektr dvegatelli markazdan qochma nasos quvurining birikmasi kiradi va ingichga mustaqil kabel yordamida quduqqa birgalikda tushiriladi va elektr uzatma bilan yer ustidan boshqariladi. 7. Shtangasiz elektr vintli quduq nasoslari debiti katta bo‘lmagan quduqlarni ishlatishda qo‘llaniladi va markazdan qochma vintli nasoslardan farq qiladi. 8. Shtangasiz gidravlik porshenli quduq nasoslar chuqur va qiya yo‘naltirilgan quduqlarda qo‘llaniladi. Qurilmaning tarkibiga nasos qurilmasining birikmasi orqali quduqqa tushiriladigan gidravlik uzatmali nasoslar, yer usti kuch beruvchi uzatmali nasoslar, gidravlik uzatma, quduq nasosiga ishchi suyuqlikni haydagich va ishchi suyuqliklar tayyorlanadigan tizimlar kiradi. 9. Bir quduq orqali bir nechta har xil tasniflarga ega bo‘lgan qatlamlardan foydalanadigan jihozlar bir stvolga joylashtiriladi va tarkibiga har xil turdagi jihozlarning majmuasi kiradi (favvora va nasoslar), natijada bir quduq orqali ko‘p qatlamli neft va gaz konlari birgalikda ishlatiladi va ishlatish quduqlarining soni qisqartiriladi. Bu guruhdagi jihozlarning tarkibiga quduq stvolini ajratuvchi quduqqa tushiriladigan pakerlar, ko‘targichlar – u yoki bu usulda quduq ichidan suyuqlikni yer ustiga ko‘tarib beradi, quduq ustida joylashtirilgan jihozlar har xil tasnifdagi qazib olingan neft yoki gazni yig‘ish tizimlariga yo‘naltiradi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling