Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filali Bajardi: Qabul qildi: Turgʻunboev A


Download 1.39 Mb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1325403
1   2   3   4
Bog'liq
Alimov F

2. Kaliyli tuzlar xom ashyosi.

Kaliyli tuzlar olishda kaliyning xloridli va sulfatli tuzlariga boy bo‘lgan cho‘kindi minerallar va tabiiy tuz eritmalari asosiy xom ashyolar hisoblanadi. Kaliy xloridni asosan silvinit rudasidan olinadi. U silvin KC1 va galit NaC1 aralashmasidan iboratdir. Yana bir turdagi xom ashyo — karnallit KCl*MgCl*6H2O hisoblanadi. Uning tarkibida qo‘shimcha sifatida NaCl ham bo‘ladi.

Kaliy sulfat ishlab chiqarish xom ashyosi sifatida: langbeynit K2SO4*2MgSO4, kainit KCl*MgSO4*3H2O, shenit K2SO4*MgSO4*6H2O va boshqalar ishlatiladi.

Tarkibida kaliy tutgan va suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan minerallari: poligalit K2SO4*MgSO4*2CaSO4*2H2O, leysit K2O*A12O3*4SiO2, alunit K2SO4*A12(SO4)3*4A1(OH)3, nefelin [(KNa)2O*A12O3*2SiO)2]*SiO2 va boshqalar kaliyli xom ashyo sifatida bevosita ishlatilmasada, ulardan (alunit va nefelin) glenozem olishda K2SO4 va K2SO3 qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi..

  • Kaliyli tuz konlari O‘rta Osiyoda (Gaurdak, Karlyuk, Jilan va Tyubegatanda), Uralda (Verxnekamsk va Verxnepechorskda), Belorussiyada (Starobinsk, Kapetkivichsk va Petrikovskda), G‘arbiy Ukrainada (Prikarpate da) va boshqa joylarda uchraydi. Bu konlardagi zahiralarning 88% ulushi Verxnekamskga to‘g‘ri keladi. CHet mamlakatlardagi kaliyli tuz konlari Kanadada, Germaniyada, Isroilda, AQSH da, Ispaniyada va Fransiyada mavjuddir. 1980 yilda Rossiyaning Sibir o‘lkasida Nepskoe (silvinit va karnallit) koni ochilgan. Kaliyli tuz konlari zahirasiga ko‘ra, dunyoda MDX, mamlakatlari 1-o‘rinda, Kanada esa 2-o‘rinda turadi.

3. Kaliy rudalarini mexanik boyitish yo‘li bilan kaliy xlorid olish.

Kaliyli tuzlar sanoatida ko‘pikli flotatsiya usuli keng qo‘llaniladi. Bu usul rudadagi suvda eruvchan minerallarni tuz eritmasida flotatsiyalash (yoki flotagravitatsiyalash) yo‘li bilan ajratishga asoslangan. Kaliy rudalari yuzasini teruvchi-reagentlar bilan selektiv gidrofoblash natijasida ular havo pufakchalariga yopishib, ko‘pikka chiqadi. Silvinit rudalari asosiy komponent, qo‘shimchalar va tuproq materiallari miqdori va zarrachalar o‘lchami turlichaligi bilan farqlanadi. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling