Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali Ekologiya fanidan mustaqil ish


Download 0.96 Mb.
bet2/5
Sana08.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1463610
1   2   3   4   5
Bog'liq
ekalogiya

Tabiatda suvning aylanish sikli


Suv tanqisligi — aholi va chorva mollarining toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojlarini qondirolmaslik natijasi. Ichimlik suvi hayotni taʼminlash uchun zarur va inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega. Dunyo aholisining 40 % dan ortigʻi ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekmoqda. Ichimlik suvining tanqisligi hamda u bilan bogʻliq muommo 20-asrdan boshlab zamonamizning global muammosi sifatida qaralib kelinmoqda. Dunyo aholisi tez oʻsib bormoqda va shu bilan bir qatorda toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyoj oshib bormoqda.
Sabablari.Ichimlik suvining tanqisligi iqlimning oʻzgarishi, hamda insonlar qilayotgan faoliyati bilan ham bogʻliq. Undan tashqari chuchuk suv ekotizimlarining ifloslanishi, suv resurslarining butunlay qisqarishiga olib keldi, shuningdek urbanizatsiya oqibati va yerdan foydalanishda oʻzgartirishlar qilingani ham bir sabab boʻldi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, dunyo aholisining deyarli 1/5 qismi toza ichimlik suvi juda tanqis boʻlgan hududlariga togʻri keladi. Bundan tashqari, aholining 1/4 qismi suvli qatlamlar va daryolardan tortib olish uchun zarur boʻlgan infratuzilmaning etishmasligi natijasida suv tanqisligini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.
Eng asosiylaridan biri chuchuk suvning ifloslanishi suv zahiralarni sezilarli darajada kamayishiga olilb keladi. Ushbu ifloslanishga sanoat chiqindilari va oqava suvlari, dalalardan oʻgʻitlarning yuvilishi, shuningdek, yer osti suvlarini haydash qirgʻoqboʻyi hududlaridagi shoʻr suvlarning suvli qatlamlarga kirib borishiga sabab boʻladi.
Effeklari.Toza ichimlik suvning kamayib ketayotganligi sababli odamlar istemolga yaroqsiz suv manbalardan ichishga mabur boʻlmoqdalar, bu esa sogʻliqqa zarar etkazish xavfini oshiradi. Toza suvni Ifloslanishi hayot sharoitlarini yomonlashtiradi va jiddiy kasalliklarni keltirib chiaqarib oʻlimli halatgacha olib keladi. Suv yetishmasligi tufayli turar-joylarda suvni saqlash amaliyoti mavjud, bu esa ifloslanish xavfini yanada oshiradi zararli bakteriyalarning koʻpayishiga imkon yaratadi.Yana Gigienik tamonlama ham jiddiy muommolar kelib chiqadi bu esa odamlar yuvinish, kiyimlarini yuvish va uylarini toza tuta olmaydilar.
Bugungi kunda Yer aholisining har biriga yiliga 750 m3 ichimlik suvidan toʻgʻri keladi, 2050-yilga borib ichimlik suvning hajmi 450 m3 gacha kamayishi mumkin. Bazi dunyo mamlakatlrninhg 80 % BMT maʼlumotiga koʻra suv tanqisligi chizigʻidan paslashi mumkin. Birgina iqlimning oʻzgarishi tufayli Afrikada 2020-yilda 75 dan 250 milliongacha odam bilan sodir boʻldi. Choʻl va choʻllashgan hududlarida suv tanqisligi sabab aholi boshqa joylarga koʻchishga majbur boʻlyabdil.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling