Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali Ekologiya fanidan mustaqil ish


Download 0.96 Mb.
bet1/5
Sana08.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1463610
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ekalogiya

Mavzu: Gidrosfera. Suvdan foydalanish muammolari. Reja: 1. Gidrosfera haqida ma’lumot. 2. Tabiatda suvning roli va ahamiyati. 3. Suvdan foydalanish muammolari. 4. Suv BMTning global kun tartibida. 5. Xulosa. 6. Foydalanilgan adabiyotlar.

Nazariy qism


 Gidrosfera (yunoncha-suv qobig‘i) geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yerusti va yerosti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘laridan iborat. Yer yuzasining deyarli 71 % ini okean suvlari egallagan. Ular dunyo suv zaxirasining 96,5 % ini tashkil etadi. Okean suvlarining asosiy xususiyati sho‘rligi va haroratidir. Okean suvlarining o‘rtacha sho‘rligi 35‰, ekvator yaqinida 34 ‰, tropiklarda 36 ‰, mo‘tadil va qutbiy kengliklarda 33 ‰. Suvning o‘rtacha harorati +17,5°C, Тinch okean eng issiq +19,4 °C, eng sovuq okean Shimoliy Muz okeani (–0,75 °C). Suvning 3-4 km dan chuqur qismlarida harorat +2°C dan 0°C atrofida o‘zgaradi. Okean suvi sho‘r bo‘lganligi uchun –2 °C da muzlaydi.
Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to‘qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan kishilar gavda og‘irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilar va keksalarda bu ko‘rsatkich biroz pastroq bo‘ladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to‘qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yo‘la 20-25% ga yo‘qotilishi kishini halok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko‘pdir. U, masalan, meduzada gavda og‘irligining 99,7% ni tashkil qiladi.
Quruqlik suvlari. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muz va yerosti suvlari gidrosferaning quruqlikdagi suvlaridir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3,5 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5 % i chuchuk suvlardir.
Daryolarning zichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog‘liq. Yog‘inlar ko‘p yog‘adigan hududlarda Amazonka, Kongo, Missisiрi, Xuanxe, Volga kabi daryolar hosil bo‘lgan. Kam yog‘in yog‘adigan cho‘llarda daryolar bo‘lmaydi. Sirdaryo, Amudaryo, Nil kabi tranzit daryolar cho‘llarni kesib o‘tadi.
Ko‘llar kattaligi, chuqurligi, oqar yoki oqmasligi, sho‘r yoki chuchukligi va kelib chiqishiga ko‘ra xilma-xildir. Dunyodagi eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li (376 ming kv km) bo‘lib, u va Orolni kattaligi uchun dengiz deb atashgan. Berk havzada joylashgan Kaspiy, Orol, Issiqko‘l va Balxash oqmas ko‘llar hisoblanadi. Dunyodagi eng chuqur ko‘llar Baykal (1620 m) va Tanganika (1470 m) oqar ko‘llaridir. Balxash ko‘lining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r. Rudolf ko‘li va O‘lik dengiz (270‰) sho‘r ko‘llardir. Kelib chiqishiga ko‘ra, ko‘llar tektonik (Baykal, Tanganika, Nyasa), muzlik hosil qilgan (Finlandiyadagi ko‘pchilik ko‘llar), tog‘lardagi morena, vulqonli, qayir, sun’iy, karst ko‘llarga bo‘linadi. Suv omborlari, kanallar yerlarni sug‘orish, elektr energiyasi olish, sel hodisalarining oldini olish, daryo suvlarini tartibga solish, dam olish kabi maqsadlarda quriladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling