Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi»fakulteti


Download 0.53 Mb.
bet17/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1603916
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISHI (2)oxiri

(11.2)
12. Ustavkalarni ikkilamchi qiymatlarga qayta hisoblash

BMRZ terminaliga kirish uchun ikkinchi darajali qiymatlarda quyidagicha topiladi:


(12.1)


(12.1)
(12.1)
1.Jadval – Himoya o’rnatmasi

O’rnatmalar

Обозначение

Значение

YK tomoni uchun PTN nominal oqimi, А



2.5

PK tomoni uchun PTN nominal oqimi, А



1

DTO ning ishlash toki, o. e.

IDTO

1.1

Signalizatsiyani nobalanslik koeffitsienti, о.е.

KNB

0.3

DZT boshlang'ich toki, о.е.

IDZT nach

0.15

DZT ni ikkinchi qismining tormozlash koeffitsienti

KTORM2

0.55

DZT ni uchinchi qismining tormozlash koeffitsienti

KTORM3

0.3

IPB (ИПБ), о.е.

KIPB

0.15

O'zaro faoliyat blokirovkalash rejimining davomiyligini cheklash vaqti, s

TPB

1

DZT sezgirlik qismining boshlang’ich ishlash toki

IDZT nach ch

0.3

DZT "sezgir" organning ikkinchi qismining tormozlash koeffitsienti

KTORM2 ch

0.33

DZT "sezgir" organning uchinchi qismining tormozlash koeffitsienti

KTORM3 ch

0.44


HFХ QISM
Transformatorning uzoq vaqt va ishonchli ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash uchun quyidagilar zarur:

  • harorat va yuklama rejimlariga, kuchlanish darajasiga rioya qilish;

  • moyning sifat me’yorlariga va izolyatsiya qilish xususiyatlariga qat’iy rioya qilish; sovitish, kuchlanishni rostlash, moyni himoyalash qurilmalari va

boshqalarni ishga yaroqli holda saqlash.
Bir fazali transformator va reaktorlarning baklariga fazalar rangi suriladi. Tashqarida o‘rnatilgan uch fazali transformatorning baklarida quvvati va podstansiya bo’yicha tartib raqamlari ko‘rsatiladi. Transformator punktlari va kameralari eshiklarining tashki va ichki taraflarida transformatorlarning podstansiya bo’yicha raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, tashqi tarafida elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari talablariga muvofiq ogoxlantiruvchi belgilar bo‘lishi, eshiklar berkitilib, qulflangan bo‘lishi shart.
Gazli himoya qurilmasi bilan jixozlangan transformatorlar shunday o‘rnatilishi shartki, bunda ularning qopqog’i (bakning yechiladigan qismi) gaz relesiga nisbatan yo‘nalishda 1-1,5 foizdan kam bo‘lmagan, moy o’tkazgich esa transformatordan kengaytirishga nisbatan 2-4 foizdan kam bo‘lmagan ko‘tarilishga ega bo‘lishi shart.
Chiqarish quvuri membrana bilan jihozlanadi va kengaytirgichning yuqori qismi bilan biriktiriladi. Moy o’tkazgichda, kengaytirgich va gaz relesi orasida jumrak o‘rnatiladi.
Transformatorlarga xizmat ko‘rsatishda moy satxi va gaz relesini kuzatish, shuningdek, moydan namuna olish uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratiladi.
Transformator va reaktorlarning yukorida (3 metrdan ortiq) joylashgan elementlarini ko’rikdan o‘tkazish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish statsionar narvonlardan xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, bajarilishi shart.
Kengaytirgich bilan jixozlangan barcha moy bilan to‘ldirilgan transformatorlarda moy haroratini o‘lchash uchun termometrlar o’rnatiladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar moyning yukori katlami xaroratini kengaytirgichli transformatorlar jixozlangan termosignalizator va termometrlar buyicha kuzatishlari kerak. Shuningdek, sovtol yoki moy bilan to‘ldirilgan germetik transformatorlar jixozlangan manovakuummetrlar ko’rsatkichlari bo‘yicha kuzatishlari kerak. Bakdagi bosim 50 kPadan (0,5 kgs/sm²) ortganda, transformator yuklamasi kamaytirilishi shart.
Transformatorli kurilmalar amaldagi EQTQga muvofiq yong‘inga qarshi vositalar bilan jixozlanishi shart.
Transformatorlarning ostida moy qabul qiluvchi qurilmalar bo‘lganda, ularning drenajlari va moy quvurlari EKTK talablariga muvofiq ishga yaroqli holda saqlanishi kerak.
Har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigiga bog’liq holda iste’molchilarni ishonchli ta’minlashni hisobga olib, bir vaqtning o‘zida ishlayotgan transformatorlar soni aniqlanishi kerak. Kuchlanishi 10 kv bo’lgan taqsimlovchi elektr tarmoqlarida transformatorlarning yuklamasini va kuchlanishini o‘lchash ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida kamida 2 marta - maksimal va minimal yuklama davrida, keyinchalik zarurat bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ishlamayotgan transformator (reaktor) kengaytirgichidagi moyning satxi, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatida belgilangan talablar bo’yicha transformator (reaktor) moyining shu vaqtdagi haroratiga mos belgida bo‘lishi shart.
Sovitish tizimida moyning majburiy sirkulyatsiyasi transformator yuklamasidan qat’i nazar uzluksiz bo‘lishi shart.
Moyning sirkulyatsiyasi majburiy bo’lgan transformatorlar va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishga faqat moy, sovutuvchi suv sirkulyatsiyasi va sovitgichlarga puflash ventilyatorlarning ishlashi to‘xtab qolgani hakidagi signalizatsiya tizimi ishlab turgandagina ruxsat etiladi.
Suv bilan sovitiladigan moy sovutgichlar mavjud bo’lganda, moy Nasosi moyning yurishi bo‘yicha moy sovitgichgacha o‘rnatiladi. Moy sovitgichlardagi moyning bosimi ulardan o‘tkazilayotgan suvning bosimidan ortiq bo‘lishi shart.
Majburiy sovitilidigan transformatorlar uchun moy yoki suv sirkulyatsiyasi yoki puflash ventilyatorlari to’xtab kolganda, avariyaviy ishlash rejimiga ruxsat beriladi. Ko‘rsatilgan rejimning davomiyligi mahalliy yo’riqnomalarga muvofiq ma’lumotlari bo‘yicha o‘rnatiladi. Transformatorlarni moy-suv bilan sovitish tizimi ishga tushirilganda birinchi navbatda, moy nasosi, so‘ngra suv nasosi ishga tushiriladi.
O‘chirishda birinchi suv nasosi, keyin esa moy nasosi uchiriladi. Suv nasosi moyning harorati 10ºC kam bo‘lmaganda ishga tushiriladi.
Transformatorlarni ekspluatatsiya qilishda moy quvurlari, nasoslari va suv magistrallarini muzlashini oldini olish, shuningdek, moy sovitish tizimida nozichliklarni bartaraf qilish bo‘yicha maxalliy yo’riqnomalarga ko’ra choralar ko‘zda tutiladi.
Transformatorning nominal yuklamasida moyning yuqori qatlami harorati quyidigilardan yuqori bo‘lmasligi shart (agar ishlab chikaruvchi zavod tomonidan zavod yo‘riqnomalarida boshqa haroratlar keltirilmagan bo‘lsa):
sovitish tizimi moyli puflab sovutiladigan va moyning majburiy sirkulyatsiyasi (keyingi o‘rinlarda - DTS) bo‘lgan transformatorlarda - 75°C dan, sovitish tizimlari tabiiy-moyli (keyingi o‘rinlarda - M) bo‘lganda va moyli puflanadigan (keyingi o‘rinlarda - D) bo‘lgan transformatorlarda - 95°C dan (keyingi o‘rinlarda
moy-suvli sovitish tizimli transformatorlarda moy sovitgichning kirishida moyning harorati 70°C dan oshmasligi kerak.
Moyni sovitish tizimi D bulgan transformatorlarda o‘chirilgan holatda puflash bilan ishlashga quyidagi hollarda ruxsat etiladi: yuklama nominaldan past bo‘lganda va moyning yuqori qatlami harorati 55ºC dan ortiq bo’lmaganda; atrof-muhit harorati manfiy bo‘lganda va moyning harorati 45ºC dan ortiq bo’lmaganda (yuklamadan qat’i nazar).
Puflab sovitish avtomatik tarzda, moyning harorati 55°C ga yetganda yoki moyning haroratidan qat’i nazar nominal yuklamada ulanishi shart.
Cho‘lgam shoxobchalarini qo’zg’atgichsiz almashlab ulagichlar bilan jixozlangan transformatorlarda transformatsiya koeffitsiyenti tanlanishining to‘g‘riligi 1 yilda kamida 2 marta - yuklamaning qishki maksimumi va yozgi minimumi kirishi oldidan tekshirilishi shart.
Yuklama ostida kuchlanishni rostlaydigan qurilma (keyingi o‘rinlarda - YUOR) bilan ta’minlangan transformatorga xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning xodimlari tarmoq kuchlanishi bilan rostlangan shoxobchada o‘rnatilgan kuchlanish muvofiqligini saqlab turishlari shart.
Transformatorlarning uzoq vaqt (mavsum davomida) sxemadan YOUR qurilmasini chiqarib ishlashi man qilinadi.
Transformatorlarning YUOR almashlab ulash qurilmasini ishga tushirishga moyning yuqori qatlami harorati minus 20°C va undan yuqori bo‘lganda ruxsat beriladi. Transformator bakidan tashqarida, tayanch izolatorlarida joylashgan va sun’iy isitish tizimi bilan jixozlangan kontaktorli almashlab ulash qurilmasini esa atrof-muhit harorati minus 45ºCva yukori bulganda ruxsat beriladi.
YUOR kurilmalarini ishlab chikaruvchi zavod yo‘riqnomalarining talablariga muvofik ekspluatatsiya qilinishi shart.
Avariya rejimlarida, transformatorlarni barcha sovitish tizimlarida, avvalgi yuklamaning davomiyligi va qiymatidan xamda atrof muhit haroratidan qat’i nazar, qisqa muddatga, nominal tokdan ortiq o‘ta yuklanishlariga quyidagi chegaralarda ruxsat beriladi:

Moyli transformatorlar

Tok bo’yicha o’ta yuklanish, %

30

45

60

75

100

O’ta yuklanish davomiyligi, min

120

80

45

20

10

Moyli transformatorlarni nominal tokdan 40 foizgacha o‘ta yuklanishiga sutkada umumiy davomiyligi 6 soatdan ko‘p bo‘lmaganda, transformatorlarning barcha sovitish qurilmalaridan to’liq foydalanilganda, ketma-ket 5 sutka davomida ruxsat beriladi. Agar bunday o‘ta yuklanishlar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalari bilan man etilmagan bo‘lsa. Transformatorlar ruxsat etilgandan ortiq yuklanganda, navbatchi mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq harakat qilib, uni xodim yuksizlantirish choralarini qabul qilishi shart.


D sovitish tizimli transformatorlar uchun barcha ventilyatorlar avariyaviy o‘chirilganida, atrofdagi havo haroratiga bog’liq holda nominal yuklama bilan quyidagi vaqt oralig’ida ishlashga ruxsat etiladi:

Atrofdagi havo harorati, ºC

-15

-10

0

+10

+20

+30

Ishlashning ruxsat etilgan davomiyligi, soat

60

40

16

10

6

4

Sovitish tizimlari DTS va TS bo‘lgan transformatorlar uchun quyidagilarga ruxsat beriladi:


a) sun’iy sovitish to‘xtaganda nominal yuklama bilan 10 minut davomida yoki salt yurish rejimida 30 minut davomida ishlashga, agar quvvati 250 MBA dan yuqori transformatorlar uchun ko‘rsatilgan vaqt tugaganda moyning yuqori qatlami harorati 80ºC ga yetmasa, u holda nominal yuklama bilan ko‘rsatilgan haroratga yetgunga qadar, lekin 1 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda ishlashga ruxsat beriladi;
b) ventilyatorlar to’liq yoki qisman o’chirilganda yoki moyning sirkulyatsiyasi saqlanib, suvning sirkulyatsiyasi to‘xtab qolganda, moyning yuqori qatlami harorati 45ºC dan oshmaganda, past yuklama bilan uzoq vaqt ishlashga,
Ushbu bandning talablari, qarab ishlab yo’riqnomalarida boshqalari aytilmagan bo‘lsa, haqiqiydir.
Cho’lg’amlarida moy yo‘naltirilgan sirkulyatsiya transformatorlar (sovitish tizimi NTS) ishlab yo’riqnomasiga ko‘ra ekspluatatsiya qilinadi.
YUOR qurilma bilan jixozlangan transformatorlar o‘ta yuklama bilan ishlaganda, agar yuklama toki almashlab ulagichning nominal tokidan ortiq bo‘lsa, shoxobchalarni almashlab ulashga ruxsat berilmaydi.
Kuchlanishi 110 va 220 kv bulgan avtotransformatorlar cho’lg’amlarining neytrallari yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash rejimida ishlashlari shart.
Neytrallarini sinash kuchlanishlari mos ravishda 100 va 200 kV bo‘lgan 110 va 220 kv kuchlanishli transformatorlar yerga ulanmagan neytral bilan, agar razryadlagich bilan himoyalangan bo‘lsa, ishlashi mumkin. Tegishli hisoblar bilan asoslangan bo’lsa, neytrali sinash kuchlanishi 85 kV bo‘lgan va razryadlagich bilan himoyalangan 110 kv kuchlanishli transformatorlarni yerga ulanmagan neytral bilan ishlashiga ruxsat beriladi. Yangi yoki kapital ta’mirlashdan chiqqan transformatorlarni montaj qilish vaqtida ularga kuchlanish berilguncha, ularni ko‘rikdan o‘tkazish va elektr uskunalarni SK va Mga muvofik sinash amalga oshiriladi.
Ko‘rik, sinash va qabul qilish natijalari pasport va bayonnomalarda yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Transformatorlarni quritmasdan kuchlanish ostiga ulash mumkinligi, Shuningdek, kuritishning zarurligi Raxbariy hujjat 34.51.101-90, Raxbariy xujjat 34-301-202-2000 izolyatsiyasini elektr kurilmalari tanlash bo‘yicha yo‘riqnomasida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladigan sinovlar asosida aniqlanadi.
Transformatorlarni tarmoqqa ulash, odatda to’liq kuchlanishga turtki bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda transformatorlarda kuchlanishni nominaldan ortishiga ruxsat etiladi: uzoq muddat - 5 foizga, agar yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda va 10 foizga, agar yuklama 0,25 nominaldan ko‘p bo‘lmaganda; qisqa muddat (sutkada 6 soatgacha) - 10 foizga, yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda; avariya sharoitlarida - transformatorlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha namunali yuriqnomaga muvofiq.
Generatorlar va neytrali shoxoblanmagan avtotransformatorlar bilan blokda ishlayotgan transformatorlar uchun va ketma-ket rostlovchi (volt kushuvchi) transformatorlar uchun kuchlanishni uzoq vakt nominaldan 10 foizga ortishiga yuklama nominaldan ortik bulmaganda ruxsat beriladi.
Kuchlanishni rostlash uchun neytralida shoxoblanishi mavjud bo‘lgan yoki ketma-ket rostlovchi transformatorlar bilan ishlashi uchun mo’ljallangan avtotransformatorlar uchun kuchlanishning ruxsat etilgan ortishi ishlab chiqaruvchi zavod ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Transformator (reaktor) ichki buzilishlaridan himoya (gazli, differensial) ta’sirida avtomatik tarzda o‘chirilganda, shuningdek, muvaffaqiyatsiz avtomatik kayta ulangandan (keyingi o‘rinlarda - AQU) keyin transformatorni (reaktorni) faqat ko‘rikdan o‘tkazilgandan, sinalgandan, gaz, moy tahlili qilingandan va aniqlangan nuqsonlar (shikastlanishlar) bartaraf etilgandan keyin ishga tushiriladi.
Transformator (reaktor) ichki shikastlanishlar ta’siri bilan bog’liq bo‘lmagan himoyadan o‘chgan holda u tekshirishsiz, tashki ko‘rikdan o‘tkazilib ishga tushirilishi mumkin.
Gaz relesi ishlagani to‘g‘risida signal paydo bo‘lganda transformator ko’rikdan o‘tkazilishi, gazning rangi va yonish darajasiga qarab, uni shikastlanish xususiyati aniqlanishi shart. Gaz relesida sariq yoki ko’k-qora yonuvchan gaz borligi aniqlanganda, transformator zudlik bilan o‘chirilishi shart. Agar reledagi gaz rangsiz va yonmaydigan bo’lsa, transformator ishda qoldirilishi mumkin. YUOR kurilmasi bilan jixozlangan, yuklanmagan transformatorni salt yurish tokini ajratgich (alohidalagich) bilan uchirish zarurati bo’lganda, iste’molchi tomonidagi yuklama olingandan so‘ng almashlab ulagich normal kuchlanishga mos keladigan xolatga qo’yilishi kerak.
Puflab va moyi bilan tabiiy sovitiladigan transformatorlarni to’lik yuklama orqali sovuq moyi bilan harorat minus 40°C dan kam bo‘lmaganda ishga tushirishga ruxsat beriladi.
Harorat minus 40 °C dan past bo‘lganda, transformator salt yurish toki bilan yoki nominalning 50 foizidan ortiq bo’lmagan yuklama toki bilan minus 40°C gacha qizdirilishi, so’ngra yuklama ko’paytirilishi kerak.
Isroflarni kamaytirish maqsadida har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigidan kelib chiqib, parallel ishlayotgan transformatorlarning optimal sonini aniqlash va unga rioya qilish kerak. Montaj qilingan zaxira transformatorlar tushirilishga tayyor holda saqlanishlari shart. Transformatorlarning parallel ishlashiga quyidagi shartlarda doimo ishga ruxsat etiladi:

  • chulg’amlarining ulanish guruxlari bir xil bo’lganda;

  • transformatorlar quvvatining nisbati 1:3 dan ortiq bo’lmaganda;

  • transformatsiya koeffitsiyentlarining farqi ±0,5 foizdan ortiq bo’lmaganda;

  • qisqa tutashuv kuchlanishlari parallel ishga tushirilayotgan transformatorlar qisqa tutashuv kuchlanishlarining o‘rta arifmetik kiymatidan +10 foizdan ortik farq qilmaganda;

  • ishga tushirishdan oldin transformatorlar fazirovka qilingan bo‘lganda.

Qisqa tutashuv kuchlanishi turlicha bo‘lgan parallel ishlayotgan transformatorlar orasida transformatorlardan tarmoqlanishlarni birontasi almashlab yuklamani tenglashtirish uchun ham o‘ta yuklanmaganligi sharti bilan, ulash yo‘li bilan transformatsiya koeffitsiyentini katta bo‘lmagan chegaralarda o‘zgartirishga ruxsat beriladi. Past kuchlanish tarafida, cho’lgamlari nol chiqishli yulduz-yulduz sxemasi buyicha ulangan quruq transformatorlarning neytralidagi tok nominal faza tokining 25 foizidan ortmasligi shart.
Transformatorlarni (reaktorlarni) o’chirmasdan turib ko’rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda bajarilishi shart:

  • xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi bosh pasaytiruvchi transformatorlarni 1 sutkada bir marta;

  • xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi qolgan transformatorlarni va xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lmagan podstansiyalar transformatorlarini 1 oyda 1 marta;

  • transformator punktlarida -oyda 1 martadan kam emas.

Mahalliy sharoitlar va transformator (reaktor) holatiga qarab ushu muddatlar korxonaning elektr xo’jaligiga javobgar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish (ko‘zdan kechirish) quyidagi xollarda o‘tkaziladi:

  • yomon ob-havo ta’siridan keyin (momoqaldirok, haroratning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va boshqalar);

  • gaz himoyasi signalga ishlaganda, shuningdek, transformator (reaktor) gaz yoki (va) differensial himoya ta’sirida o‘chirilganda.

Transformatorlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar shart:

  • termometrlar va manovakuummetrlar ko’rsatkichlari;

  • transformator korpusining holati,

  • moy oqishining kengaytirgichdagi moy sathining harorat belgisiga mosligi kirishlarda moyning mavjudligi, yo‘kligi, moyli va moy sovituvchi izolatorlarning holati;

  • moy yiguvchi qurilmalarning, shuningdek, shinalar va kabellar holati, kontakt birikmalarda qizishning yo‘qligi; signalizatsiya qurilmalari va o’tish saqlagichlarining butligi; yerga ulash tarmogining holati;

  • moy uzluksiz regeneratsiyalanadigan moy tozalash termosifonli filtrlar va nam yutuvchi patronlarning holati;

  • qurilmalari, transformator xonasining holati.

YUORsiz transformatorlarni o’chirib, joriy ta’mirlash quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

  • markaziy taksimlovchi podstansiyalarning transformatorlarini

  • kamida 2 yilda 1 marta;

  • kuchli ifloslanadigan joylarda o‘rnatilgan transformatorlarni maxalliy yo’riqnomalar bo‘yicha;

  • barcha qolgan transformatorlarni zarurat bo‘yicha, lekin kamida 4 yilda 1 marta.

  • YUORli transformatorlar avtotransformatorlarni joriy va kapital ta’mirlash har yili amalga oshiriladi.

Yuklama ostida kuchlanishni rostlovchi qurilmalarni navbatdan tashqari ta’mirlash zavod yo‘riqnomalariga muvofiq, almashlab ulash bo‘yicha operatsiyalarning ma’lum sonidan keyin o‘tkaziladi.
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ta’mirlash, agar ularning biron-bir elementidagi nukson ishlamay qolishga olib kelishi mumkin bo’lsa, amalga oshirilishi kerak. Transformatorni (reaktorni) ta’mirlashga chiqarish haqidagi qarorni korxona raxbari yoki elektr xo’jaligiga javobgar qabul qiladi.
DTS va TS sovitish tizimlarining joriy ta’mirlari har yili amalga oshiriladi. Transformatorlarni joriy ta’mirlash bilan bir vaqtda kirish joylarini joriy ta’mirlari ham o‘tkaziladi.
Transformatorlarni ishlashdan avariyaviy to‘xtatish quyidagi hollarda zarur:

  • transformator ichida kuchli notekis shovqin va chirsillash bo’lganda va normal yuklamada sovitish qurilmasining transformatorning normal bo‘lmagan va doimo o‘sayotgan qizishida;

  • ishlashida, kengaytirgichdan moy tashqariga otilib chiqqanda yoki chiqarish quvuri diafragmasi yorilganda;

  • moyning oqishi bilan uning sathi moy o‘lchagich shishasining sathidan pastda bo‘lganda.

Transformatorlar laboratoriya tahlillari bo‘yicha zudlik bilan moy almashtirish zarur bo‘lganda ham ishdan to‘xtatiladi.
Quvvati 160 kVA va undan yuqori bo‘lgan transformatorlar moyni termosifonli va adsorbsion filtrlar orqali uzluksiz regeneratsiyalash tizimi bilan ekspluatatsiya qilinishi shart.
Transformator kengaytirgichidagi moy, atrofidagi havo bevosita tegishdan himoyalangan bo’lishi shart.
Moy namlanishining oldini oladigan maxsus qurilmalar bilan jixozlangan transformatorlarda, ushbu qurilmalar transformatorning ishlash rejimidan qat’i nazar doimo ulangan bo‘lishlari shart. Mazkur qurilmalarni ekspluatatsiya qilish ishlab chikaruvchi zavod yuriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Moy bilan to‘ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanish namlanishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
Balansida moy bilan to‘ldirilgan uskunalari bor korxonalar, eng katta sig’imli apparatning kamida 110 foiz hajmida izolyatsiya moyining kamaymaydigan zaxirasini saqlashi shart.
Transformator moylarining elektr uskunalarini SK va Mga muvofiq profilaktik sinovlari o‘tkazilishi shart.
Transformatorlar himoyasida mikroprotsessorli himoya turini qo’llashda quyida avfzallik va kamchilikka ega: ko’p funksiyali, ixcham, o’zi diagnostika qiladi, menanik ta’sirlarga chidamli, o’rnatish oddiy, yuqori aniqlikda o’lchaydi, energiya tejamkor, sezgirligi yuqori, TT larda yuklama kichik; kamchiliklari: narxi qimmat, ishonchli operativ tok talab qiladi, ishonchli ma’lumotlar zarur, ishchi temperature diapazoni kichik.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling