Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Download 379.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.11.2021
Hajmi379.56 Kb.
#175298
  1   2   3
Bog'liq
Azamatov B. 7b-18KEM kaspiy psihologiya mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 

TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI 

“Ijtimoiy Gumanitar fanlar” kafedrasi 

“Kasbiy psihologiya” fanidan 

 

 

 

Mustaqil ish 

 

 

 

 

Guruh:        7b – 18 KEM 

 Bajardi:      Azamat B. 

Qabul qildi:   Norimbetov T.B. 

 

 

 

Olmaliq 2020  


SHarq mutafakkirlarining kasbiy ta‟lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik 

qarashlari 

 

 

Reja: 



1. SHarq mutafakkirlarining kasbiy ta‟lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik qarashlari 

2.

 

Buyuk ajdodlarimiz kasb – hunar to`g`risida

 

3. Hunarga oid falsafiy qarashlar 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


SHarq mutafakkirlarining kasbiy ta‟lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik 

qarashlari 

              Kasb-hunar egalari qadimdan e‘zozlanib kelingan. Bizning  davlatimizda ularga nisbatan 

hurmat-ehtirom o‗zligimizni anglash tufayli yanada jamiyatimizda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, 

yuqori malakali, ma‘naviyatli, mohir kasb egalari tobora ko‗proq talab qilinmoqda. O‗zbekiston 

Respublikasi hukumatining +aror va Nizomlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta 

ahamiyat  berilmoqda  va  ular  haqida  alohida  g‗amho‗rlik  qilinmoqda.  SHu  bilan  birga,  tor 

sohadagi  kasbdan  asta-sekin  keng  qamrovli  universal  kasbga  o‗tish  muammosi,  g‗oyasi  ilgari 

surilmoqda.  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  ko‗rsatib  o‗tilganidek,  mehnat  va  kasbiy 

tayyorgarlik  sifatini  yanada  yaxshilash,  uzluksiz  ta‘limning  faol  metodlarini  qo‗llash,  yangi 

pedagogik  texnologiyani  amaliyotga  tadbiq  etish,  ta‘lim  va  tarbiya  birligi  tamoyilini 

sobitqadamlik bilan amalga oshirish lozim. 

Sharq  mutafakkirlaridan  qolgan  qimmatli  ma‘naviy  boylikning  har  bir  satrini  ochib  tahlil 

qilganimizda  ularning  inson  kamolati,  ma‘naviyati  va  mehnatsevarlik  xislatlariga,  bolalar  va 

yoshlarni  barkamol  insonlar  qilib  shakllantirish  va  kasb  –  hunarga  o‗rgatishga  taalluqli  ibratli, 

qimmatli  mulohazalar  olsa  bo‗ladi.  To  hozirgacha  saqlanib  kelayotgan  qator  me‘moriy 

inshootlar,  buyuk  tarixiy  obidalar,  xalq  amaliy  sa‘nati  asarlari  (naqqoshlik,  ganchkorlik, 

me‘morchilik)  arxeologik  izlanishlar  tufayli  topilgan  hunarmandchilik  buyumlari,  bularning 

barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb  – hunar o‗rganishga, yuksak iste‘dod va qobiliyat sohibi 

bo‗lishiga oid bebaho materiallar qoldirganliklarini mujassamlashtiradi. 

Tariximizga nazar soladigan bo‗lsak, hozirgi o‗zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming 

yillar  avval  o‗ziga  xos madaniyatni  vujudga  keltirishda  juda  katta  va mashaqqatli  yo‗lni  bosib 

o‗tishganiga  guvoh  bo‗lamiz.  Masalan,  ajdodlarimizning  yosh  avlod  ta‘lim-tarbiyasiga  oid 

qarashlari,  o‗gitlari  haqidagi  qimmatli  ma‘lumotlariga  ega  bo‗lishimizda  eng  qadimgi  yozma 

yodgorligimiz  ―Avesto‖  ning  o‗rni  beqiyosdir.  Eng  umumiy  ravishda  ―Avesto‖da  inson 

mehnati bilan barcha yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan ulug‗ g‗oya ilgari suriladi. 

―Avesto‖da  yoshlarni  kasb-hunarga  o‗rgatishga,  halol  mehnat  qilib  to‗q  farovon  hayot 

kechirishga  da‘vat  etiladi.  Bundan  ko‗rinadiki,  eng  qadimgi  davrlardanoq  xalqimiz  farzand 

tarbiyasiga, uni kasb-hunarli bo‗lib farovon turmush kechirishini ta‘minlashga katta e‘tibor bilan 

qaragan. 

Mamlakatimizda etishib chiqqan buyuk mutafakkirlarimiz, qomusiy olimlarimiz yoshlarga ta‘lim-

tarbiya berish va ularni kasb-hunarga o‗rgatish masalalari bo‗yicha o‗zlarining buyuk asarlarida 

qimmatli  fikr  mulohazalarni  bildirib,  bu  borada  nimalarga  e‘tibor  berish  kerakligi  haqida  yo‗l-

yo‗riqlar ko‗rsatganlar. 

Buyuk  qomusiy  olim  Abu  Nasr  Forobiy  kasb-hunar  to‗g‗risida  ilk  fikrlarini  bildirib,  qimmatli 

maslahatlar  bergan,  chunonchi,  ta‘lim  so‗z  va  ko‗nikmalar  majmui,  tarbiya  esa  amaliy 

malakalardan iborat ish-harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarni o‗rganishga berilgan, u bilan 

qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo‗lishini aytgan. Bu mulohazalardan 



anglanib turibdiki, alloma kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo‗lib 

kelganini tan olgan. 




Download 379.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling