Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali
Download 379.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Azamatov B. 7b-18KEM kaspiy psihologiya mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHarq mutafakkirlarining kasbiy ta‟lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik qarashlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI “Ijtimoiy Gumanitar fanlar” kafedrasi “Kasbiy psihologiya” fanidan Mustaqil ish Guruh: 7b – 18 KEM Bajardi: Azamat B. Qabul qildi: Norimbetov T.B. Olmaliq 2020 SHarq mutafakkirlarining kasbiy ta‟lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik qarashlari
1. SHarq mutafakkirlarining kasbiy ta‟lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik qarashlari 2.
Buyuk ajdodlarimiz kasb – hunar to`g`risida
3. Hunarga oid falsafiy qarashlar Foydalanilgan adabiyotlar
SHarq mutafakkirlarining kasbiy ta‟lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik qarashlari Kasb-hunar egalari qadimdan e‘zozlanib kelingan. Bizning davlatimizda ularga nisbatan hurmat-ehtirom o‗zligimizni anglash tufayli yanada jamiyatimizda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma‘naviyatli, mohir kasb egalari tobora ko‗proq talab qilinmoqda. O‗zbekiston Respublikasi hukumatining +aror va Nizomlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda va ular haqida alohida g‗amho‗rlik qilinmoqda. SHu bilan birga, tor sohadagi kasbdan asta-sekin keng qamrovli universal kasbga o‗tish muammosi, g‗oyasi ilgari surilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‗rsatib o‗tilganidek, mehnat va kasbiy tayyorgarlik sifatini yanada yaxshilash, uzluksiz ta‘limning faol metodlarini qo‗llash, yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etish, ta‘lim va tarbiya birligi tamoyilini sobitqadamlik bilan amalga oshirish lozim. Sharq mutafakkirlaridan qolgan qimmatli ma‘naviy boylikning har bir satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamolati, ma‘naviyati va mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib shakllantirish va kasb – hunarga o‗rgatishga taalluqli ibratli, qimmatli mulohazalar olsa bo‗ladi. To hozirgacha saqlanib kelayotgan qator me‘moriy inshootlar, buyuk tarixiy obidalar, xalq amaliy sa‘nati asarlari (naqqoshlik, ganchkorlik, me‘morchilik) arxeologik izlanishlar tufayli topilgan hunarmandchilik buyumlari, bularning barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb – hunar o‗rganishga, yuksak iste‘dod va qobiliyat sohibi bo‗lishiga oid bebaho materiallar qoldirganliklarini mujassamlashtiradi. Tariximizga nazar soladigan bo‗lsak, hozirgi o‗zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar avval o‗ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‗lni bosib o‗tishganiga guvoh bo‗lamiz. Masalan, ajdodlarimizning yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga oid qarashlari, o‗gitlari haqidagi qimmatli ma‘lumotlariga ega bo‗lishimizda eng qadimgi yozma yodgorligimiz ―Avesto‖ ning o‗rni beqiyosdir. Eng umumiy ravishda ―Avesto‖da inson mehnati bilan barcha yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan ulug‗ g‗oya ilgari suriladi. ―Avesto‖da yoshlarni kasb-hunarga o‗rgatishga, halol mehnat qilib to‗q farovon hayot kechirishga da‘vat etiladi. Bundan ko‗rinadiki, eng qadimgi davrlardanoq xalqimiz farzand tarbiyasiga, uni kasb-hunarli bo‗lib farovon turmush kechirishini ta‘minlashga katta e‘tibor bilan qaragan. Mamlakatimizda etishib chiqqan buyuk mutafakkirlarimiz, qomusiy olimlarimiz yoshlarga ta‘lim- tarbiya berish va ularni kasb-hunarga o‗rgatish masalalari bo‗yicha o‗zlarining buyuk asarlarida qimmatli fikr mulohazalarni bildirib, bu borada nimalarga e‘tibor berish kerakligi haqida yo‗l- yo‗riqlar ko‗rsatganlar. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy kasb-hunar to‗g‗risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta‘lim so‗z va ko‗nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarni o‗rganishga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo‗lishini aytgan. Bu mulohazalardan
anglanib turibdiki, alloma kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo‗lib kelganini tan olgan. Download 379.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling