Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "energetika va mashinasozlik" fakulteti


Download 0.68 Mb.
bet7/8
Sana31.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1143807
1   2   3   4   5   6   7   8
5-o‘rin: Tovarlarni elektron deklaratsiyalash – xizmat yarimavtomatik tarzda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladi. Mazkur xizmat orqali tadbirkorlar bojxona yuk deklaratsiyasini yoki bojxona qiymatiga tuzatishlar (BQT) kiritish shakllarini elektron taqdim etishlari mumkin.
4-o‘rin: Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish – xizmat jismoniy shaxslarga avtomatik tarzda ko‘rsatiladi va Elektron raqamli imzo bo‘lishini talab etadi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida» 2018-yil 26-martdagi 238-son qaroriga asosan ko‘rsatiladi.
3-o‘rin: STIRni aniqlash — Mazkur xizmat orqali soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan Davlat soliq qo‘mitasida ro‘yxatga olinganligi hamda STIR berilganligi to‘g‘risida guvohnomani avtomatik tarzda, elektron ko‘rinishda yuklab olishlari mumkin.
2-o‘rin: Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish – xizmat yarimavtomatik tarzda ko‘rsatiladi va Elektron raqamli imzo talab etadi. Ko‘chmas mulk obekti mulkdorlari yoxud ushbu obekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan yoki bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari shart.
1-o‘rin: Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha elektron ariza yuborish – xizmat yarimavtomatik tarzda ko‘rsatiladi. Ushbu xizmat orqali bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha navbatga qo‘yish yoki yo‘llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar elektron ariza yuborishlari mumkin.
Fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolar hayoti jabhalarini qamrab oluvchi boshqa qator interaktiv xizmatlarni joriy etish davom etmoqda. Yagona portal orqali onlayn xizmatlardan foydalaning, o‘z mablag‘laringiz va vaqtingizni tejang!
XULOSA
Ushbu mavzuda men Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish bo’yicha bir qancha hizmatlar turlari keng o’rganilgan.
Fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolar hayoti jabhalarini qamrab oluvchi boshqa qator interaktiv xizmatlarni joriy etish davom etmoqda. Yagona portal orqali onlayn xizmatlardan foydalaning, o‘z mablag‘laringiz va vaqtingizni tejang!
Men bajargan ishim orqali anchagina ma’lumotlarga va bilim, ko`nikmalarga ega bo`ldim. foydalanishlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakasini shakllantirishga o’z hissamni qanday qo’shish mumkinligini o`rganib oldim. Bu orqali yoshlarga mavzuni yetkazib berish ta’lim sifatini oshiradi va har qanday interaktiv davlat xizmatlarida talab me’yorlarga amal qilish haqida ma’lumotlarga, ko`nikmalarga ega bo`ldim.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling