Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ”


Elektr energiyasi haqida tushuncha


Download 71.67 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi71.67 Kb.
#1250463
1   2   3   4
Bog'liq
elektronika. Tok va kuchlanishni. m.ish.

Elektr energiyasi haqida tushuncha
Metallarda erkin elektronlarning tartibli harakat tezligi nisbatan kichik, odatda u sekundiga 1mm-dan oshmaydi. Lekin elektr maydonini tarqalish tezligi juda katta havo liniyalarida u amalda yorug‘lik tezligiga teng bo‘ladi. SHu sababli elektr zanjir tutashtirilganda unda tok deyarli bir onda paydo bo‘ladi. Bu erda hech qanday qarama-qarshilik yo‘q, chunki elektr energiyasi manbai vujudga keltiradigan va zaryadlarga ta’sir etadigan elektr maydon liniya bo‘ylab yorug‘lik tezligida tarqaladi, elektr zaryadlar esa maydon ta’sirida nisbatan sekin siljiydi. Bu erda shunday taqqoslash mumkin: suv bosimi stansiyasidan yuboriladigan suv zarrachalari trubalarda ancha sekin harakatlangani bilan, vodoprovod jumragini ochish bilan bosim ostida shu zahoti suv tushadi. Elektr toki vujudga kelishi uchun o‘tkazgichdan tarkib topgan elektr zanjir yaratish lozim. Har qanday elektr zanjiri o‘zaro simlar bilan biriktirilgan, bitta yoki bir nechta elektr energiyasi manbalaridan va iste’molchilardan iborat bo‘ladi. SHuning uchun elektr zanjiri deb, elektr tokini hosil qiluvchi va uni oqib o‘tishini ta’minlash uchun berk yo‘l hosil qiladigan qurilmalar yig‘indisiga aytiladi.





1-Rasm. Elektr zanjir sxemasi
Rasm-1 da ko‘rsatilgan elektr zanjirda elektr energiyasining manbai (akkumulyator) mazkur zanjirning ichki qismini, iste’molchi-Rn, ampermetr-A, ulagich-U, birlashtiruvchi sim zanjirning tashqi qismini tashkil etadi. Ulagich ulanganda berk zanjir hosil bo‘lib, zanjirdan elektr toki o‘ta boshlaydi
Zanjirdan tok uzluksiz o‘tib turishining asosiy sharti uning tarkibida elektr energiyasi manbaining bo‘lishidir. Elektr energiyasining manbaida energiyaning boshqa turlari elektr energiyasiga aylantiriladi. Masalan; elektr mashina generatorlari bug‘, gaz yoki gidravlik turbinalarning mexanik energiyasini, galvanik elementlari va akkumulyatorlar ximiyaviy jarayonlar energiyasini, turli fotoelementlar yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi.

Download 71.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling