Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universititeti olmaliq filiali
Download 30.41 Kb.
|
BIOSFERADA MODDALAR ALMASHINUVI
Atomlarning biogen migratsiyasi. Biogen migratsiya moddalarning davriy aylanishi bo‘lib, tirik organizmlarning oziqla- nishi, nafas olishi, urchishi, organik moddalarni sintezlashi, to‘plashi va ko‘payishi hisobiga amalga oshadi. Biogen migra- tsiyada eng faol ishtirok etuvchi elementlar biogenlar deb ata- ladi, ularga uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt, temir, marganes, molibden, magniy, mis, rux, kalsiy, natriy, kaliy va boshqalar kiradi.
Kimyoviy elementlarning izotoplari juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, tirik organizmlar tarkibiga ularning faqat ayrim izotopl arigina o‘tadi. Masalan, vodorodning H1, H2 H3 izotoplaridan eng faoli H1 gina tirik organizmlar tarkibiga kiradi. Organik moddalar tar kibiga C12 izotopi, anorganik moddalar tarkibiga esa C13 izotopi kiradi. Kislorod O16, O17, O18 izotoplarining ichida O16 izotopi gina yuksak faollikka ega bo‘lib, suv va karbonat angidrid tar- kibiga kiradi. Kimyoviy elementlarning bir marta to‘liq davriy aylanib chiqish vaqti biogeokimyoviy sikl deb ataladi. Masalan, atmo- sfera kislorodining hammasi 2000 yil, karbonat angidrid gazi 200—300 yil, biosferaga suv esa 2 million yil davomida tirik moddalar orqali o‘tadi. Tirik organizmlar o‘zida faqat muhitda eng ko‘p tarqalgan elementlarnigina emas, balki juda kam miqdorda uchraydigan elementlarni ham to‘play olish xususiyatiga ega. Kimyoviy elementlarning tirik organizmlaridagi konsentratsiyasi muhitdagiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. O‘simliklarda uglerodning konsentratsiyasi Yer po‘stidagiga nisbatan 200 marta, azotniki esa 30 marta yuqoridir. Har xil organizmlar har xil elementlarni o‘zida ko‘proq to‘play olish xususiyatiga ega. Masalan, temir bakteriyalari — temirni, ildizoyoqli sodda hayvonlar — kalsiyni, bulutsimonlar, ba’zi suvo‘tlari — yodni juda ko‘p miqdorda o‘zlarida to‘playdi. Biogen migratsiya natijasida tirik organizmlar ta’sirida ayrim kimyoviy elementlar valentligi o‘zgaradi, yangi kimyoviy birikmalar hosil bo‘ladi. Bizga ma’lum kimyoviy elementlardan 40 taga yaqini biogen migratsiyasida ishtirok etadi. Biogen migratsiyaning uch turi mavjud. Birinchi turini mikroorganizmlar, ikkinchi turini ko‘p hujayrali organizmlar amalga oshiradi. Birinchi tur migratsiyasi ikkinchi turga qaraganda jadalroq kechadi. Hozirgi zamonda biogen migratsiyada insonlarning ahami yati (uchinchi tur) tobora ortib bormoqda. Elementlar migratsiyasi biogen usuldan tashqari fizik va kimyoviy usulda ham kechadi. Lekin biogen migratsiya boshqa usuldagilarga qaraganda ustun turadi. Quyida ba’zi biogen elementlarining migratsiyasi bilan to‘liqroq tanishamiz. Download 30.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling