Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Unversiteti Eletronika va Avtomatika Fakulteti kurs ishi mavzu: Elektr kattaliklarini o'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash usullari Bajardi: Tekshirdi: mundarija
Elektr kattaliklarini o'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash usullari
Download 37.21 Kb.
|
Elektr kattaliklarini o\'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash (2)
Elektr kattaliklarini o'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash usullari
O'lchash vositalarining turini tasdiqlash. O'lchash vositalarining turini tasdiqlash - bu metrologiya bo'yicha Milliy organ qarori bilan o'lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo'llanilishini qonuniy tan olinishidir. O'lchash vositalarining turi deganda, bir maqsad uchun mo'ljallangan, bir ish tamoyiliga va bir hil konstrukciyaga va yagona texnik hujjatga ega bo'lgan o'lchash vositalari kompleksi tushuniladi. Davlat tekshiruvi va nazorati qo'llaniladigan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo'yicha keltiriladigan o'lchash vositalari (o'lchash vositalari) davlat sinovlaridan o'tkazilib, ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim. Davlat sinovlarini o'tkazish, turini tasdiqlash va o'lchash vositalarini Davlat ro'yhatiga kiritish ishlarini O'zstandart Agentligi bajaradi. • O'lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, o'tkazish tartibi va mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo'llanilishi mumkin bo'lgan o'lchash vositalarining turini tasdiqlash tartibi O’z DSt 8.009:2004da o'rnatilgan. • O’z DSt 8.009:2004 standartning talablari O'zbekiston Respublikasida yaratiladigan va (yoki) seriyali ishlab chiqarilishi mo'ljallangan o'lchash vositalariga va O'zbekiston hududiga import bo'yicha to'pi bilan keltiriladigan o'lchash vositalariga nisbatan qo'llaniladi. • O'lchash vositalarining turini tasdiqlash to‘g’risidagi qarorni metrologiya bo'yicha milliy idora - O'zstandart Agentligi qabul qiladi. • O'lchash vositalarining turi O'lchash vositalarining namunalarini (nushalarini) sinash natijalari bo'yicha tasdiqlanadi. Sinash jarayonida o'lchash vositalari namunalarining tafsilotlari har tomonlama tadqiq qilinadi va bu tafsilotlar (harakteristikalar) ning mazkur o'lchash vositalarining turiga oid me'yoriy hujjatlarning talablariga muvofiqligi aniqlanadi. • O'V ning turini tasdiqlash maqsadida o'lchash vositalarining namunalari (nusxalari) ni sinash O’z DSt 16.4:2001 va O’z DSt 8.006:1999 bo'yicha akkreditlangan sinash (o'lchash) laboratoriyalarida o'tkaziladi. • O'zstandart Agentligi tasdiqlangan o'lchash vositalari turini O'z RH 51-019:2005 bo'yicha Davlat ro'yxatiga kiritadi. • Turi tasdiqlangan o'lchash vositalariga, O'zstandart Agentligi tasdiqlagan tartibda, turni tasdiqlash to‘g’risidagi sertifikat beriladi. • Seriyali chiqarishga mo'ljallangan o'lchash vositalari sinalganda o'lchash vositalarining me'yoriy parametrlarini va uni qiyoslash metodikasi tasdiqlanadi va tur Davlat reestrda registratsiyadan o'tadi, O'Vga turini tasdiqlash bo'yicha sertifikat beriladi. Tasdiqlangan turdagi o'lchash vositalari Davlat (reestrda) belgisi bilan markalanadi (O’z DSt 1.x19) • Sertifikat besh yil muddatga beriladi. Sertifikatlashtirish omillari Sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy omillar hal qiluvchi o‘rin tutadi: – tashqi va ichki bozordagi iste’molchining manfaatlariga mos keladigan mahsulot uchun mezonni to‘g‘ri tanlash; – sertifikatlashtirish ishlarini o‘tkazishda xolislik (haqqoniyat) bo‘lishi. Ta’minlovchining buyumi (mahsuloti) har doim ham belgilangan standart talablariga mos keladi degan ko‘rsatmasi hamma vaqt ham qabul qilinavermaydi. Chunki u mahsulot sifatini tekshirishda o‘zining shaxsiy tekshirish tizimini tuzadi, bu deyarli bozorda ham, sanoatda ham keng yoyilgan yo‘llardan biridir. Lekin hozirgi zamon fan, texnika va texnologik jarayonlarning eng qulay va samarador tizimi shunday bo‘lishi lozimki, buning natijasida mahsulot ishlab chiqaruvchiga nisbatan hech qanday ta‘sir etilmasligi lozim. Tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy aloqalar nuqtai nazaridan sertifikatlashtirish faoliyati mustaqil bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday sertifikatlashtirishni boshqaruvchi idora standartlashtirish idoralari hamda tijorat tashkilotlari yoki davlat muassasalari bo‘lishi mumkin. Ular o‘zlarining sinov o‘tkazuvchi laboratoriyalariga ega bo‘lib, mahsulotni tekshiradigan xodimni ishga layoqatliligini tekshiradi hamda korxonalardagi sifat tizimini boshqarishdagi ishlarni amalga oshiradi, uslubiy ta’minlash va boshqa quyidagi ishlarni bajaradi: – texnologik jarayonlarning turg‘unligini ta’minlash; – uchinchi tomon tarafidan bajariladigan sertifikatlashtirish tizimi o‘z tarkibiga mahsulot sinovlarini oladi, bu esa o‘z navbatida mahsulotni standart talablariga muvofiqligini (mosligini), aniqlashda kerakli vosita hisoblanadi; – yakka olinadigan mahsulot uchun amaliy va iqtisodiy talablarga javob beruvchi sertifikatlashtirish tizimin aniqlash; – sertifikatlashtirish tartib, usullari va ishlashini boshqa sertifikatlashtirish tizimlari bilan taqqoslash; – buyum (mol) yoki mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan haqiqiyligi ko‘rib chiqilganligi yoki ma‘qullanganligini, tegishli markazlarda yoki akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda tekshirilganligini isbotlovchi belgi (tamg‘a) bo‘lishi, maxsus belgi, etiketkalar, ilova qilib yuboriladigan hujjat – sertifikatlar yoki sertifikatlashtirilgan buyumlar (mollar) royxatiga kiritilishi lozim yoki sertifikatlash huquqiga ega bo‘lgan korxonada mahsulotni chiqarish uchun taqdimnomasi bo‘lishi kerak. Sertifikatlashtirish turli shakllarda bo‘lib, uni tayyorlash va o‘tkazish uchun yarim vazifalarni bajarilishi tartibi o‘z navbatida mahsulot turiga, qonunlar majmuining milliy xususiyatlariga va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. Sertifikalashtirishni tayyorlash va uni o‘tkazishda asosiy ishlar qatoriga: – sertifikatlashtiruvchi maqsluotni tanlash; – mahsulotga sertifikatlashtirishda belgilanadigan talablarni, tavsiflarni tanlash; – sertifikatlashtiruvchi mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini tekshirish; – sinov laboratoriyalarini akkreditlash; – sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish; – muvofiqlik sertifikatini berish va muvofiqlik belgisi bilan mahsulotni belgilash (tamg‘alash)lar kiradi. Download 37.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling