ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA” FAKULTETI KENGASHI MAJLISINING 2-SONLI BAYONNOMASIDAN
K O‘ CH I R M A
|
Toshkent sh.
|
11-sentyabr. 2023-yil.
|
QATNASHDILAR:
|
Fakultet kengashining 21 nafar a’zosidan 19 nafar a’zolari va jamoatchilik kengashi a’zolari.
|
KUN TARTIBI:
|
Assistent o‘qituvchilarga 2023-2024 o‘quv yilida 100 soatgacha ma’ruza o‘qishga ruxsat berish masalasi.
|
ESHITILDI:
|
Fakultet dekani dots. X.F.Zikrillayev so‘zga chiqib, kafedra mudirlarining taklifiga ko‘ra tajribali va salohiyati yuqori deb hisoblangan assistent o‘qituvchilarga 2023-2024 o‘quv yiliga 100 soatgacha ma’ruza o‘qishga ruxsat berish masalasini muhokama etish taklifini bildirdi.
|
SO‘ZGA CHIQDI:
|
“Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri, prof. A.N.Yusupbekov so‘zga chiqib, kafedradagi olib borayotgan faoliyatlari, tajribasi va salohiyatini e’tiborga olgan holda kafedra assistentlari O‘.B.Choriyev, A.V.Shults larga 100 soatgacha ma’ruza o‘qishga ruxsat berish taklifini bildirdi.
Bildirilgan taklif kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
|
QAROR QILINDI:
|
Yuqorida keltirilganlarni inobatga olgan holda 2023-2024 o‘quv yiliga kafedra assistentlari O‘.B.Choriyev, A.V.Shults larga 100 soatgacha ma’ruza o‘qishga ruxsat berishi Universitet Kengashidan so‘ralsin.
|
Kengash raisi
|
dots. Zikrillayev X.F
|
Kengash kotibi
|
G‘.G‘ Boboyev
|