Toshkent davlat agrar universiteti
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti Kengashining 2022 yil 28 maydagi 10 - sonli majlis bayonnomasidan
KO‘CHIRMA
28.05.2022 Qibray tumani
Kengash raisi: dots. A.Safarov
Kengash kotibasi: PhD. G.Tilovova
Qatnashdilar: 21 ta Kengash aʼzosidan 18 kishi va taklif qilinganlar.
KUN TARTIBI:
4. Turli masalalar.
4.4. Turli masalalar. Tayanch doktorant Abdumalikov Islomjon tomonidan qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun olib borilayotgan 06.01.11 – “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” ixtisosligi bo‘yicha “Yirik shohli mol go’shtini dastlabki ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi mavzusiga o’zgartirish kiritish masalasi muhokamasi.
ESHITILDI: Rais, dotsent A.A.Safarov so‘zga chiqib, tayanch doktorant I.Abdumalikovning “Yirik shohli mol go’shtini dastlabki ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusini o’zgartirish masalasi muhokamaga topshirilganligini taʼkidladi. Ushbu dissertatsiya mavzusi Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash qayta ishlash” kafedrasining 2022 yil 12 maydagi 17-sonli yig‘ilishida muhokama qilinganligi, bayonnomasidan ko‘chirma keltirilganligini aytib o‘tdi.
SO‘ZGA CHIQDI: Tayanch doktorant Abdumalikov Islomjonning ilmiy rahbari dot. A. Fatxullayev, doktorant I.Abdumalikovning mavzusini “Yirik shohli mol go’shtiga dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiyasini ilmiy asoslash”ga o‘zgartirilishi haqidagi taklifini kiritdi.
Fakultet Kengashi aʼzolari bildirilgan fikrlarni bir ovozdan maʼqulladilar. Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalarga asosan fakulteti kengashida
QAROR QILINDI:
1. Abdumalikov Islomjon - 06.01.11 – “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga talabgor, tayanch doktorantning doktorlik dissertatsiya mavzusi “Yirik shohli mol go’shtiga dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiyasini ilmiy asoslash” deb nomlansin va tasdiqlansin.
1. Mazkur qaror universitet Ilmiy kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilsin.
Kengash raisi A.A. Safarov
Kengash kotibasi G.A.Tilovova
Do'stlaringiz bilan baham: |