Islom Karimov
‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)
Download 0.96 Mb.
|
O'DJKNA maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
- Mazkur institut dastlab
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman). Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatiga xos bo'lgan qonun ustuvorligini, fuqarolaming kons- titutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda 0‘zbekis- ton Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) institutining ahamiyati kattadir.
Jahonda dastlab Ombudsman instituti 1709-yil Shvetsiya qiroli huzurida tashkil topdi. Hozirgi davrda deyarli barcha demok- ratik mamlakatlarda Ombudsman instituti tashkil etilgan. Ombudsmanning muhim xususiyatlaridan biri uning mustaqilligidir. Ombudsman ba’zi mamlakatlarda parlament tomonidan maxsus saylangan (tayinlangan), davlat oiganlari harakatlarining qonuniyligi hamda fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etilishini kuzatuvchi mansabdor shaxsdir. 0‘zbekistonda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 1995-yilda Markaziy Osiyoda birinchi boiib Prezident IAKarimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Hoziigi daviga kelib jahonda Ombudsman instituti ko'payib, 130 ta davlatda faoliyat yuritmoqda. 0‘zbekiston Respublikasining «01iy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi qonunning moddasiga muvofiq Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili — mansabdor shaxs bo‘lib, unga 0‘zbekiston Respublikasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini ta'minlash vakolatlari berilgan. 0‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo'yicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari va vositalarini toidiradi. Vakil 0‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvo- fiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolaming inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga ko‘maklashadi166. Inson huquqlari bo‘yicha vakil quyidagi huquqlaiga egadir: fuqarolar shikoyatlarini ko‘rib chiqish; arizachi o‘z huquqlari, erkinliklari o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan vositalar va shakllami ko‘rsatish; shikoyatni uning mohiyatiga ko‘ra hal qilishga vakolatli bo'lgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga yuborish; arizachini uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish167. Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi. 0‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda Prezident I.A.Karimovning tashabbusi bilan 1996-yil 31-oktabrda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ulkan ishlami amalga oshirdi. Hozirgi davrda Milliy markaz nafaqat mamlakatimizda, balki jahondagi inson huquqlari, erkinliklarini jahon xalqaro huquq normalari asosida himoya etish instituti sifatida e’tirof etildi. 0‘zbekiston Respublikasi BMT va uning tegishli qo‘mitalariga inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoyalashga doir xalqaro va milliy huquq normalari, boshqa xalqaro majburiyatlar ijrosiga doir Milliy ma'ruzalami muntazam ravishda taqdim etib turadi. Bu Milliy ma'ruzarlarni tayyorlashni muvofiqlashtirish Inson huquqlari bo'yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifalari sirasiga inson huquq va erkinliklari sohasiga oid Konstitutsiya prinsiplari va qoidalari, qonunlar, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalarini amalga oshirish faoliyati va strategiyasining, shuningdek 0‘zbekiston Respub- likasining inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish milliy rejasini ishlab chiqish, Milliy ma'ruzani tayyorlash kabilar kiradi. Undan tashqari, Milliy markaz inson huquq va erkinliklari bo'yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi, jamoat birlashmalariga maslahatlar berish vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, u respublikada inson huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirishga doiraxborot ma’lumotlari bazasini tuzish, bu sohaga doir o‘quv-uslubiy adabiyotlarini nashr etish yo‘nalishlarini ham muvofiqlashtiradi. Mustaqillik davrida Milliy markaz tomonidan 30 ta milliy ma'ruzalar, BMT organlari va BMT Kengashining inson huquqlari va Universal davriy obzori (umumlashtiruvchi qisqacha ma'lumotlari) bo‘yicha 10 ta milliy faoliyat rejasini tayyorladi. Shu bilan birga, Milliy markaz inson huquqlari va erkinliklariga tegishli bo‘lgan masalalar yuzasidan qonunlar loyihalarini tayyorlash, ularni ekspertizalardan o‘tkazish vositalarida qonunchilik faoliyatiga ham jalb etilgan. U muntazam ravishda fuqarolaming qonuniy murojaatlarini o‘rganish vositasida ulaming qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta'minlash monitoringini ham amalga oshirib boradi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. Mazkur institut dastlab Oliy Majlis Kengashining 1996-yil 3-dekabrdagi qarori asosida Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida tashkil etilgan edi. Mamlakatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini himoyalashni ta'minlashni yanada demokratiyalashtirish maqsadida mazkur institutning huquqiy maqomi yanada yuqoriga ko‘tarildi: 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-aprelda «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur institut o‘z maqomiga ko‘ra ilmiy-tadqiqot ekspertlik muassasasi hisoblana boshladi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqur- lashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qoidalarini izchillik bilan tatbiq etish, jamiyatda qonun ustu- vorligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati qurish sharoitida inson huquq va erkinliklarini ta'minlashdagi rolini oshirish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-mayda «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Farmonda institut faoliyatining quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi: davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlar jarayonini, hokimiyatlar boiinishi konstitutsiyaviy prinsipining hayotga izchil tatbiq etilishini tizimli tahlil qilish, ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlarining mustaqilligi va erkinligini kuchaytirish, ularning kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini, ular o‘rtasida muvozanatni ta’min- lash, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; hokimiyatning ijro etuvchi tarmog‘ini isloh qilish va demokratlashtirish masalalarini kompleks o'rganish, ayrim hokimiyat vakolatlari va funksiyalarini markaziy davlat hoki- miyati organlaridan, hukumatdan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o'tkazish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, siyosiy partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari, joylardagi deputatlik guruhlarining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati sa- maradorligini oshirish masalalarini chuqur o‘rganish; siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shakllantirishdagi, ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan samarali parlament, deputatlik nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; jamiyatda demokratiya va adolatni ta’minlashning eng muhim omili sifatida sud hokimiyati mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash jarayonlarini kompieks tahlil qilish, sudni inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini muhofaza va himoya etishga xizmat qiladigan davlatning tom ma'nodagi mustaqil institutiga aylantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini hayotga tatbiq etish, ulaming samarali tarzda kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta’minlash bo‘yicha rivojlangan demokratik mam- lakatlar tajribasini tizimli o'rganish, ushbu tajribadan globallashuv sharoitida jahonda ro‘y berayotgan demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda davlat qurilishi tizimida foydalanish bo‘yicha takliflar ish- lab chiqish1611. 0‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qi- lishning xalqaro normalari talablariga javob bera oladigan qonunchilik asoslari va demokratik institutlari shakllantirildi. Shu bilan birga, bu sohada yana fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini rivojlantirish islohotlari yanada chuqurlashib bormoqda. Ayniqsa, Prezident A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda de- mokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da bu sohadagi islohotlar yanada chuqurlashtirilishi e'tiborga molikdir. Konsepsiyada quyidagi vazifa belgilandi: «lnson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng awalo huquqni muhofaza qilish va nazorat otganlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo'yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora- tadbirlami o'zida mujassam etishi kerak». Ko'rinib turibdiki, mamlakatda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lgan qonunchilik asoslari va demokratik institutlari shakllantirildi. Bu sohada mamlakat mustaqillik davrida asrlarga teng bo'lgan taraqqiyotga erishdi. Mamlakatda inson huquq va erkinliklarini e'tirof etish, ta'minlash, bu qadriyatlarga hurmat bilan qarash milliy qadriyatlarga aylanib bormoqda. Hozirgi 0‘zbekiston inson huquqlarini ta'minlash va himoya qilishning ko‘p sohalarida jahondagi mamlakatlaiga o‘mak boMmoqda. Albatta, bu sohadagi yutuqlar mustaqillik, tinchlik va barqarorlik samarasidir. Takrorlash uchun savollar: Fuqaro erkinligi va huquqi deganda nimani tushunasiz? O'zbekistonda xalqaro me'yorlardagi fuqaro erkinliklari va huquqlarini ta'minlash qanday amalga oshirildi? O'zbekistonda inson huquqlariga doir huquqiy asoslarni sharhlab bering. Nima uchun fuqarolar ijtimoiy faollashuvi demokratik jamiyat qurish omili boMishi mumkin? 0‘zbekistonda qanday inson huquq va erkinligini himoyalashning demokratik institutlari mavjud? Ular faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 9-MAVZU: DEMOKRATIK BOZOR ISLOHOTLARI VA IQTISODIYOTNI LIBERALLASHTIRISH. Sobiq ittifoq davri iqtisodiyoti va uning inqirozi. Bozor munosabatlariga o'tish va milliy iqtisodiyotning rivojlanishi. Tadbirkorlik va xususiy mulkchilikning rivojlanishi. Bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish istiq- bollari. Sobiq ittifoq davri iqtisodiyoti va uning inqirozi Hoziigi davrda O'zbekiston qisqa davr ichida asrlar davomida rivojlanishga teng bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Mamlakatning hoziigi iqtisodiy salohiyatini tasawur etish uchun mustaqillik davridagi yutuqlarimizni sobiq totalitar tuzum davriga qiyoslashga zarurat tug‘iladi. Sobiq ittifoq davrida partiyaga sig'inish, shuningdek, shaxsga sig‘inishga zo‘r berildi. Hatto bu davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ko‘p o‘tmay mamlakatda totalitarizmga xos bo'lgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi asosidagi «kazarma sotsializmi» g‘alaba qildi. Leninizm niqobiga puxta o‘ralgan stalinizm jamiyatning hamma sohalariga kuch, aldov, qo'rqitish, proletariat diktaturasi kabi vositalar bilan singdirildi. Qisqa davr ichida mamlakatda totalitar rejim g‘alaba qildi. Bir necha o‘n yillar ichida bunday siyosat natijasida xalq ommasi ijtimoiy va erkin fikrlashdan butunlay mahrum etildi. Axloqiy nopoklik har tomonlama rag‘batlantirildi. Mamlakat tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘yildi. Demokratiyaning elementar ko‘rinishlari ham tor- mor qilindi. 0‘sha mash’um davrlarni Prezident Islom Karimov quyidagicha ifodalagan edi: «Ayni vaqtda sotsialistik qurilishning ko‘pgina bosqichlarida qo‘pol xatolar va buzilishlarga yo‘l qo‘yilganini ham hech kim, hech narsa shubha ostiga qo‘ya olmaydi. Bu xato va jinoyatlaming ildizlari o‘tmishga borib taqaladi. Shaxsga sig'inish yillarida, turg'unlik yillarida noto‘g‘ri yo‘l- yo‘riqlar, maqsadlar va ularga erishish yo‘llari butunlay buzib, soxtalashtirib yuborildi. Asossiz ravishda qilingan ommaviy qatag‘onlarni, kollektivlashtirish va sanoatlashtirish davrida turmushning asosiy negizlari shafqatsizlik bilan barbod qilingani, xalqlarning ma’naviy qadriyat va an'analari qalbakilashtirilgani, ayrim kishilar pulga sotilib, aynib ketganligi, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga uchragan odamlar xalqning eng zarur ehtiyojlari va hayotiy talablarini pisand qilmay qo‘yganliklarini ko‘rsatuvchi tobora yangi-yangi dahshatli misollar hozir ma'lum boiib qolmoqda» ‘70. Sobiq ittifoq iqtisodiyoti XX asrning 60-yillaridan o‘z inqirozini boshlagan edi. Bu daviga kelib iqtisodiyotda ziddiyatlar kuchayib, mavjud ma’muriy-qo‘mondonlik boshqaruv usulini qo‘llash oqibatida inqirozning oldini olish imkoniyatlari boy berildi. Inqirozning aniq ko‘rinishlaridan biri sohaga ajratilayotgan sarf-xarajatlarning o‘sishiga qaramay rivojlanish sur’atlarining pasayishida namoyon boidi. Inqirozdan chiqish uchun iqtisodiy omillar ishga solinmadi, iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlari e’tiborga olinmadi. 0‘tgan asming 80-yillariga kelib iqtisodiy inqirozdan chiqishga qaratilgan barcha urinishlar ham zoe ketdi. «Qayta qurish» siyosati bozor munosabatlari qonuniyatlariga zid boshqamv usullariga asoslanganligi, moddiy rag'batlantirish vositalari hisobga olin- maganligi, barcha resurslar yakkahokim partiya tomonidan tasarruf etilganligi uchun ham kutilgan samarasini bermadi. Bu paytga kelib 0‘zbekiston iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham ittifoqda oxirgi o'rinlardan birini egallagandi. Jumladan, yalpi milliy daromad hajmi ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki marta kam edi. Shuningdek, aholining oziq-ovqat mahsulotlari va ijtimoiy ta'minlanish darajasi ham eng past ko'rsatkichlardan birini tashkil etardi. 0‘zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasida birtomonlama, ya'ni uni faqat xomashyo tayyorlashga moslashtirilganligi oqibatida sanoat sohasida ham yurtimiz qoloq mintaqalardan biriga aylangan edi. Faqat xomashyoga dastlabki ishlov berish sanoat tarmoqlarigina shakllandi, xolos. 0‘sha davda respublikada ishlab chiqarilgan sanoat tayyor mahsulotlari salmog'i umumiy mahsulotlaming faqat 25 foizini, xalq iste'moli mollari esa ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichning faqat 40 foizini tashkil etdi. Markaz asosan bizdan xomashyo mahsulotlarini olib ketardi. Markaz va boshqa respublikalardan esa asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlar keltirilardi. Bunday ahvol shimoldagi respublikalar sanoatini o'sishini ta’minlar, 0‘zbekiston sanoatini esa turg'unlik holatida bo'lishga majbur etar edi. Iqtisodiy rivojlanishga doir dasturlar, partiya va hukumat qarorlarida ittifoqdosh respublikalar manfaatlari hisobga olinmas, asosiy maqsad ittifoqning umumiy ko‘rsatkichlariga qaratilar edi. Qayta qurish davrida ham markaz inqirozlar sabablarini ittifoqdosh respubliklarga to'nkab, xalq iste'moli mollari bilan aholini ta'minlash vazifasini ham butunlay ular zimmasiga yuklab qo‘ydi. 70 yil markazning keng iste’mol mollarini taqsimlashiga o'rgangan respublikalarda aholini birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda uzilishlar boshlandi. Odamlar o'rtasida ertangi kunga ishonch yo‘qolib, turli mintaqalarda ommaviy mitingbozliklar, namoyishlar avj oldi. 0‘zbekiston ulkan mamlakatning paxta xomashyosi yetkazib beruvchi bazasiga aylantirildi. Yetishtirilgan paxta hosiliga markaz egalik qila boshladi. Bunday ahvol respublikamizning agrar mintaqa bolishini taqozo etdi. Oqibatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida qo‘shni davlatlar va ittifoqdosh respublikalardan bir necha marta orqada qolib ketildi. Markazning ko‘zga ko‘rinmas, niqoblangan mustamlakachilik siyosati partiyaning hamma sohalarini o‘ziga qamrab olgan edi. Turg‘unlik davrida ham ana shu siyosat madaniyroq va puxta niqoblangan ravishda davom etdi. Ittifoqning Yevropa qismida to'xtovsiz ravishda kuchayib borayotgan xomashyoga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida 0‘zbekistonda paxta yetishtirishning eng oxirgi imkoniyatlari ham ishga solindi. Oqibatda ekologik holat yanada yomonlashdi, mehnat yanada og‘irlashdi. Xalqning turmush kechirish darajasi qiyinlashib, iqtisodiy-ijtimoiy muammolar yanada keskinlashdi. Kommunistik partiya rahbarlaridan bir guruhining 1991-yil 19—21-avgust kunlari davlat to‘ntarishi qilishga urinishlari va uning oqibatida O'zbekistonning boshqa ittifoqdosh respublikalar bilan iqtisodiy aloqalari ham uzilib, yarim asrdan ko‘proq davr ichida shakllangan xo‘jalik aloqalari izdan chiqdi. Markaz chiqaigan rublning qadri butunlay tushib ketib, iqtisodiy aloqalami natural mol ayirboshlash, barter asosida amalga oshirish odatga aylandi. Barcha respublikalar umumiy moddiy va iqtisodiy resurslarni olishga intilar, o'zlaridagi boyliklarni tashqariga chiqishiga tish- timog‘i bilan qarshilik qilar edilar. Natijada barcha respublikalar, jumladan, 0‘zbekiston ham 1991-yildan boshlab markazga bo‘ysunmaslik, o‘z milliy manfaatlariga e'tibor bergan holda siyosat yuritishga o‘tdi. Prezident Islom Karimov «Xalqimizning fikri — biz uchun oliy mezon» nomli asarida o‘sha suronli davrda davlat to‘ntarishi qilishga urinishlarga barham berilganidan keyin markaz bilan har qanday munosabatlami to‘xtatish va respublikada davlat mustaqilligi uchun kurashlarni avj oldirish yo‘lini tutgani holda quyidagi fikrlami bildirgan edi: «Buning ajablanadigan joyi yo‘q. Markaz o'tkazayotgan siyosat chor Rossiyasi o‘tkazgan siyosatdan kam farq qilardi, respublikamiz xomashyo bazasi boiib qolgan edi va bunday holga barcha tashkilotlar, eng awalo, KPSS Markaziy Komiteti bilan Ittifoq rahbar organlari asosiy masala, deb qarar edi. Ular faqat bir narsani bilishardi — mazkur mintaqa paxta, xomashyo bilan ta'minlashi kerak, qolgani esa suvga cho‘kayotganlaming o‘z ixtiyoridadir, deb o'ylashardi. Bizga ko‘p narsalar va’da qilindi. Respublikamiz mamlakat paxta mustaqilligi yo‘lida ancha qurbonlar berdi. Biz, eng awalo, aholini go‘sht, sut, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan, xalq iste'moli mollari bilan ta'minlash masalalarida qaram bo‘lib qoldik. Ekologiya to‘la buzilgani to‘g‘risida gapirmay qo‘- yaqolaylik. Bu o'rinda kishilaming zaharlangani va ular umrining qisqarganini aytib o‘tish kifoya. Bulaming barchasi KPSS Markaziy Komitetining partiya shiori ostida olib borgan siyosati oqibati edi. Bulami to‘g‘ridan to‘g‘ri va oshkora aytish kerak, bu siyosat 0‘zbekistonni jaryoqasiga olib keldi, uni qashshoqlashtirib yubordi. Bizni, o‘zingizni o'zingiz boqa olmaysiz va sizga berilayotgan har bir sadaqa uchun Markazga minnatdorlik bildirishingiz kerak, deb ishontirishardi»171. Bu davrda respublikada sobiq ittifoqdan meros bo‘lib qolgan mafkuraviy yakkahokimlik, iqtisodiy inqirozlar, kishilarda davlatga va tuzumga bo‘lgan ishonchsizlik, xalq o‘rtasida paydo bo‘lgan parokandalik siyosiy bo‘xronlar uchun yetilib qolgan edi. Ana shunday og‘ir va tahlikali bir sharoitda mavjud muammolarni hal qilish, xalqni milliy mustaqillik sari safarbar etish kabi maqsadlar rivojlanish kun tartibini belgilab bermoqda edi. Ayniqsa, bir necha yuz yilliklar o‘zbek xalqining orzu-armoni bo‘lgan milliy davlatni shakllantirish tarixiy zaruriyatga aylangandi. Tarixning ana shunday qaltis davrida Islom Karimovning respublika rahbari etib saylanishi, uning dastlabki faoliyati, ijtimoiy va iqtisodiy hayotni o'zgartirishga doir dastlabki islohotlari respublikamiz aholisida kelajakka bo'lgan umid his-tuyg‘ularini uyg‘otdi. 0‘zbekiston boshqa MDH davlatlaridan farqli o'laroq barqarorlik va tinchlik mamlakatiga aylanish jarayonlarini boshladi. Bozor munosabatlariga o‘tish va milliy iqtisodiyotni rivojlanishi Mustaqillikning ilk davridayoq 0‘zbekiston iqtisodiy jihatdan rivojlangan yirik industrial-agrar davlat sifatida tanila boshlandi. Prezident I.A.Karimovtomonidan ishlab chiqilgan 0‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi hayotga tatbiq etila boshlandi. Bu rivojlanish yo‘li jahondagi mamlakatlar tomonidan «Olzbek modeli» sifatida e’tirof etildi. Mamlakat xalqaro iqtisodiy integratsiyadan o‘ziga munosib o‘rinni olishga erishdi. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich va izchillik asosida amalga oshirilib, bu holat jamiyatni tinch va barqaror tarzda o‘tish davriga kirishini ta’minlab berdi. Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarning birinchi bosqichida (1991—1994 yy.) bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish uchun zamr bo‘lgan barcha shart-sharoitlar tayyorlandi. Bu jarayonda quyidagi keskin o‘zgarishlar amalga oshirilgan edi: islohotlar strategiyasi va taktikasi mamlakat tarixiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, aholining mentalitetini hisobga olgan holda shakllantirildi; iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga xos bo‘lgan me'yoriy-huquqiy asoslari yaratildi; mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish asosida ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish asoslari shakl- lantirildi; milliy iqtisodiyotning eng murakkab sohasi — qishloq xo‘jaligini tubdan o‘zgartirish asosida mutlaqo yangi — bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan agrar munosabatlar shakllantirildi va qishloqda mulkdorlar sinfini yaratishga kirishildi; ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi va yangi demokratik institutsional o‘zgarishlar uchun keng yo‘l ochildi; narxlarni erkinlashtirish va bozor infratuzilmalarini shakl- lantirishga ustuvor ahamiyat berildi; tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish asosida mam- lakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga erishildi; davlatning bosh islohotchilik faoliyati natijasi o‘laroq millat ma'naviy-ruhiyjihatdan uyg‘ondi; - aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj keng qatlamiga nisbatan davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati amalga oshirila boshlandi. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning ikkinchi bosqichida (1995-1999 yy.) - makroiqtisodiy bar- qarorlikka erishildi, xususiylashtirish jarayonlari yanada chu- qurlashtirildi va yangi raqobat muhiti shakllantirildi. Bu davrda milliy sanoatni mustahkamlash chora-tadbirlari, iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurish dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy ishlab chiqarishda nodavlat sektori ulushining ortishi va ijtimoiy yo‘naltirilgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, aholini manzilli himoya qilishni yanada kuchaytirishdan iborat dasturlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida 0‘zbekiston 2000-yilga kelib MDH davlatlari o‘rtasida yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 1991-yil darajasiga yaqinlashgan yagona davlat sifatida e'tirof etildi (yalpi ichki mahsulot indeksi 1991-yilga nisbatan 98,7% ni tashkil qildi). Ayni vaqtda, yalpi ichki mahsulotning mutlaq hajmi jihatidan MDH doirasida uchinchi iqtisodiy baquwat (Rossiya va Ukrainadan so‘ng) davlat darajasini egalladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichida (2000—2005 yy.) bozor iqtisodiyoti munosabatlari mexanizm- larining samarali ishlashi negizida iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlariga erishish Dasturi asosida davlat qurilishining siyosiy va iqtisodiy sohalari yanada rivojlandi, ma’naviy jihatdan yangilanishlar ro‘y berdi, aholi turmush darajasi o‘sa boshladi, iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurishlar amalga oshirildi. «0‘zbek modeli» asosida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida yirik muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, 1997— 2003-yillarda YalMning o'rtacha yillik o‘sishi 4,4 %, 2007-yilda 2006-yilga nisbatan 9,5 % o‘sdi. 2003-yilda real YalM 1995- yilga nisbatan 36,9 % oshdi. 2007-yilgacha aholi jon boshiga YalM ishlab chiqarish sur'atlari sezilarli ravishda o‘sib bordi. Mustaqillik yillarida 0‘zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash asosida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi, xo‘jalik faoliyatiga aralashuvlar chegaralandi, xo'jalik sub- yektlarining iqtisodiy va moliyaviy mas'uliyati ortib bordi, bozor infratuzilmalari rivojlandi, tashqi iqtisodiy faoliyat tizimi qayta shakllandi va valuta tizimi erkinligi kengayib borishi natijasida real raqobat muhiti shakllandi, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, mulkdorlar roli va huquqi mustahkamlandi, jumladan xorij investitsiyalari uchun kafolat va yengilliklar beradigan qulay va sog‘lom investitsion iqlim va rag'batlantirish tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki o‘n yilligidagi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar samarasi oiaroq tarmoqlarda texnik qayta qurishlar va modemizatsiyalash, tabiiy va xomashyo salohiyatidan toia va samarali foydalanish, eksportga yo‘nalgan va import o‘mini bosuvchi ishlab chiqarish tizimlari shakllandi. Ko‘rinib turibdiki, mamlakat iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy va institutsional o‘zgarishlar, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari, mavjud tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy, texnik-texnologik salo- hiyat 0‘zbekistonning istiqbolda iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qila boshladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi mamlakat iqtisodiyotiga deyarli ta'sir ko‘rsatmadi. O'zbekiston mustaqillik davrida Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan tadrijiy taraqqiyot konsepsiyasini amalga oshirish, iqtisodiyotni mafkuradan xoli bolishi, demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich joriy qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash, davlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini tan olish va o‘tish davrida uning ta'sirini oshirish, m'amlakatimizning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish kabi prinsiplar asosida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarini chuqurlashtirib borish asnosida bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling