Islom madaniyati tarixi


Download 264.45 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi264.45 Kb.
#1044307
Bog'liq
Islom Madaniyati 1


Islom madaniyati tarixi
Tayyorladi: Qahhorov Abduvahob

Balog'at va fasofasohat Reja 1. Balog'at haqida 2. Fasohat haqida

Sharqda, xususan arab tilida balog‘at ilmi nahv (sintaksis), sarf(morfologiya) va lug‘atshunoslikdan so‘ng muhim mavqega egabo‘lgan ilmlardan hisoblangani bois qadimdan arab tilshunoslari adabiyotshunoslarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda o‘zbek sharqshunoslari mazkur ilmlar doirasida ilmiy tadqiqotishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.


BALOG'AT

O‘rta asr olimlari bu ilmning rivojlanishi, o‘zlashtirilishiga katta e’tibor berganlar va unga bag‘ishlab bir qancha asarlar yaratganlar. “Balog‘atilmi”ning tarkibiga kiruvchi ayrim qismlar bo‘yicha nazariy fikrlar, dastlab Abu Usmon Johizning “Al-bayon va-tabyin”, “I’jazu-l-Qur’on”, Abu Ubaydaning “Majozu-l-Qur’on” asarlarida, Ja’far ibnYahyo, Sahl ibn Horun, Abulabbos Mubarrad, Qudama ibn Ja’far,Abdulloh ibn Mu’tazz, Bashshar ibn Burd, Muslim ibn Valid, Abu Tammam, Hilol Askariy, ibn Rashiq kabi olim va shoirlar asarlaridaqayd etilgan

Balog‘at” IX asrda arab filologiyasiga doir fanlar qatorida vujudga kelgan va XII asrda takomiliga yetgan. Birinchi bo‘lib balog‘at ilmiga oid mavjud nazariyalarni sistemalashtirishgan olim Аbdulqohir Jurjoniydir. Bu borada u “Аsroru-l-balog‘a” asarini yaratdi. Аbdulqohir Jurjoniydan so‘ng Аbu Yoqub Yusuf Sakkokiy o‘zining “Miftohul-ulum” asarida o‘zigacha bayon etilgan maʼlumotlarni qayta ko‘rib chiqdi va boblarni tartibga keltirdi.

Sakkokiy o‘z asarining “Balog‘at ilmi”ga doir uchinchi bo‘limida dastlab “fasohat” va “balog‘at” tushunchalarini tartib bilan izohlab beradi. So‘ngra ungacha bo‘lgan asarlarda tarqoq holda bo‘lgan va balog‘at ilmining asosini tashkil qiluvchi bo‘limlarni tartib bilan keltiradi va ularni “ilmu-l-maʼoniy”, “ilmu-l-bayon” va “ilmu-l-badiʼ” deb nomlaydi. Maʼlumki, balog‘at ilmini tarkib va tartib jihatdan bir asarga jamlanib, ilmiy jihatdan yetuk darajaga kelishi, dastlab Jurjoniy, so‘ngra Sakkokiyning benazir mehnatlari samarasidir. Sakkokiydan keyingi olimlarning barchasi uning qoidalarga asoslanganlar.

Balog‘at ilmiga doir asarlarning arab, fors va turkiy xalqlar ziyolilari orasida keng tarqalishi ularning o‘z tillarida balog‘atga bag‘ishlangan asarlar yaratilishlariga asos bo‘ldi. Bular qatoriga Аtoulloh Husayniyning “Badoyiʼu-s-sanoyiʼ”, Umar Rodiyoniyning “Tarjimonu-l-balog‘a”, Shayx Аhmad Taroziyning “Fununu-l-balog‘a” asarlarini kiritish mumkin. Shuni taʼkidlash joizki, bu asarlarning har biri tarkib va tartib jihatdan o‘ziga xos bo‘lib, mualliflar, albatta, Sakkokiy asariga qayta-qayta murojaat qiladilar, undagi maʼlumotlarga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘ladilar.

FASOHAT


Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam chiroyli gapirar, soʻzlamoqchi boʻlgan fikrlarini tushunarli bayon qilib berar, soʻzlarini quvvatlash uchun keltirgan hujjatlari oʻta kuchli boʻlar edi. Bu borada U zot eng yuqori martabalarni zabt etgan edilar. Shuningdek, U zotga chuqur va keng maʼnoli qisqa soʻzlarni ishlatish qobiliyati ato qilingan boʻlib, bunday soʻzlar “javomiʼ al-kalim” deb nomlanadi. Soʻzimizni quyidagi hadislar qoʻllab quvvatlaydi: Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam bir yosh bolaning oldiga borib: “Ey Abu Umayr, nugʻayr nima qildi?” – dedilar.

Arab tilida “nugʻayr” soʻzi “nugʻr” soʻzining kichraytirma shakli boʻlib, “kichkina qushcha” degan maʼnoni ifodalaydi. Ulamolar mana shu bir nechta soʻzdangina tuzilgan gapdan oltmishdan ziyod foydali maʼnolarni chiqarib olgan! Shuningdek, Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning “Amallar niyatlarga bogʻliq. Har bir kishining niyat qilgan narsasi boʻladi”, degan hadislari borasida musulmon peshvo ulamolarining biri Imom Shofeʼiy: “Bu hadis bor ilmning uchdan biri va fiqhning yetmishta mavzusiga taalluqlidir”, – degan.

Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam yengil, tushinish oson boʻlgan soʻzlar va eshituvchining qulogʻiga oʻrnashib qoladigan iboralarni ishlatib soʻzlar edilar. Insonlar U zotning soʻzlaridan koʻra manfaatli, toʻgʻri va rost soʻzni boshqa hech kimdan eshitmaganlar. Oisha roziyallohu anhu shunday deydi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sizlarning hozirgi kundagi gapirishingizga oʻxshab gapirmas edilar. U zot gapirsalar dona-dona va tushinarli qilib gapirar edilar. Biror kishi U zotning soʻzlarini sanamoqchi boʻlsa, bemalol sanay olardi”.

E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR


Download 264.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling