Ibn sino diyetologiyasi, parhez taomlar, ozuqa va davo haqida


Download 19.63 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi19.63 Kb.
#1253862
  1   2
Bog'liq
5 IBN SINO DIYETOLOGIYASI

IBN SINO DIYETOLOGIYASI, PARHEZ TAOMLAR, OZUQA VA DAVO HAQIDA


PARXEZ HAQIDA TUShUNChA.
Sharq tabobati ta`limotining asoschilari bo`lmish Ar – Roziy, Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy va boshqalar inson xastaliklarini sabablarini quyidagi uchta omil bilan bog`liqligini asoslab byerdilar.
1.Tashqi faktorlar bo`yicha: yashash joyining jo`g`rofiy muhiti, ya`ni ayni xastalangan bemorlarning yashash joyi mintaqasi, iqlimi, ob - havosi, esadigan shamol yo`nalishi, ichimlik suvlari shu inson yashayotgan uyning qaysi tomonga qarab qurilgani, yil fasllari, quyoshning osmon burchlaridagi o`rni, oyning boshi, oxiri, to`lin oylik va hokazolar.
2.Ichki faktorlar bo`yicha kishining emostional xolatlari quvonch, qo`rquv, hayajon, bezovtalanish, g`amginlik, alam, andux kabilar bilan birga inson tanasidagi tabiiy va xayotiy harorat kiradi.
3.Ovqatlanish yoki alimentar faktorlar. Bu omillarga oziq – ovqat mahxsulotlarini yetishitirish, ularni saqlash, ovqatlarni pishirish uslublari, ovqatlanish madaniyati va odobi, yilning fasli va inson mizojini hisobga olgan holda ovqatlanish kabilardir.
Tashqi ichki faktorlarning ovqatlanish omillarining inson organizmiga mos kyelmasligi natijasida, shu inson tanasida u yoki bu ko`rinishdagi xastalikni kyeltirib chiqaradi, bu xastalik inson organizmida oddiy yoki murakkab, yoki bo`lmasa moddali va moddasiz mizoj buzilishi ko`rinishida kechadi.
Hozirgi zamon Pevznyer dietologiyasida inson organizmining so`tkalik enyergetik talabi asos qilib olingan bo`lsa, ibn Sino ta`limotida parxez taomlar quyidagi to`rtta omilga qat`iy rioya qilgan holda buyurilgan:
1.Bemorning tabiiy mizoji.
2.Bemorning yashash muxiti
3.Mizoj buzilishidagi sabab
4.Bemorga buyuriladigan taomlarning mizoji.
Bunda buyurilgan taomni ayni shu xastalikka qay darajada ozuqa va qay darajada davo ekanligi isobga olinadi.
Shu joyda sizlarga aniqlik berish uchun iste`mol mahsulotlarini davo va g`izolik xususiyati to`g`risida qisqacha so`z yuritishga to`g`ri kyeladi. Bu ta`limotda iste`mol qilingan mahsulotlar xox u ozuqa bo`lsin, xox davo, uchta tarkibiy qismdan iborat: 1) surat, 2) modda, 3) sifat.
Surat deganda biz mahsulotni shaklini, siymosini, tuzilishini, rangini, hidini ko`z oldimizga kyeltiramiz.
Modda qismi deganda uning tarkibidagi modda – borliq va qonsistenstiyasi tushuniladi. Sifat yoki kayfiyat deganda, shu mahsulotni rangi, hidi, ta`mi tushuniladi.
Iste`mol qilingan mahsulot davoli ozuqa sifatida moddadan iborat bo`lib, u kayfiyat va suratdan tashqil topgan. Modda va surat esa bu ikki javhardir, ammo kayfiyat shu davoli ozuqaning sifati bo`lib, issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho`llikni namoyon qiladi. Ozuqa tarkibidagi issiqlik va sovuqlik sifatlari foila, ya`ni ta`sir qiluvchanlik xususiyatiga ega bo`lib, jumladan issiqlik, a`zoni isitadi, uning haroratini saqlaydi, xiltlarni yeritadi, suyo`litiradi, oquvchanligini oshiradi, bug`lantiradi. Sovuqlik sifati esa sovo`tadi, qotiradi, jamlaydi va hokazo.
Ozuqali davo tarkibidagi ho`llik va quruqlik sifatlar munfoila xossasiga, ya`ni ta`sirni qabul qilib, modda va suratni hosil qiladi va kayfiyatni javharidir.
Bizlar yuqorida iste`mol mahsulotlarini uch tarkibiy qismi va ularning xususiyatlari to`g`risida so`z yuritdik. Endilikda, Ibn Sino ta`limoti asosida iste`mol qilingan mahsulot hazmining to`rt bosqichida hosil bo`ladigan mahsulotlari to`g`risida so`z yuritamiz.
Bu ta`limotning tahlil qilinishicha, iste`mol qilingan mahsulot hazmining birinchi bosqichida ovqat og`izda ishlov byeriladi, ya`ni chaynaladi va so`lak bilan ho`llanib qizilungach orqali oshqozonga tushadi. U yerda esa oshqozon shirasi bilan aralashib issiq bo`t qa - ximus hosil bo`ladi va ximus oshqozondan o`n ikki barmoqli ichakka o`t ish jarayonidan hazmning ikkinchi bosqichi boshlanadi, bunda ximus moddasi ingichka ichakka ishlov olgandan so`ng ikkiga ajraladi, ya`ni bir qismi ximus mosoriqo orqali jigarga o`t adi, 2 - qismi esa yo`g`on ichak orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Ximus jigarga o`t ishidan hazmning uchinchi bosqichi boshlanadi. Bunda ximus jigarda hazm topib, uchga ajraladi ya`ni ximusni surat va sifat qismidan xiltlar savdo, safro, qon va balg`am hosil bo`lsa, uning surat va modda qismidan kaymus hosil bo`ladi. Xiltlar va kaymus tomirlar orqali tana a`zolariga tarqaladi, qoldiq suv esa buyrak va siydik qopi orqali siydik sifatida tashqariga chiqarib tashlanadi.
Tana a`zolarida hazmning to`rtinchi bosqichi kechadi, bunda tomirlardagi xiltlar a`zolarga borib, u yerda hozirgi zamon medistina tili bilan aytganda muhitni hosil qilsa, kaymus shu a`zoning qurilish materiali sifatida modda almashinuvi jarayonida qatnashadi, to`qimalarni oziqlantiradi. Ularni xayotini tiklaydi va saqlaydi. Bu bosqichda hosil bo`lgan oraliq mahsulot tyer va chiqindi yog` moddalari teri orqali tashqariga chiqadi.
1.Agar iste`mol qilingan mahsulot organizmga o`zining moddasi va surati bilan ta`sir etsa, u xosiyatli ozuqa bo`lib, organizmning tabiiy haroratini va quvvatini saqlaydi va rohat bag`ishlaydi. Bu iste`mol mahsulotlariga yosh qo`y yoki juja go`shti, chala pishirilgan tuxum, asal va hokazolar misol bo`ladi.
2.Agar iste`mol mahsulotlari organizmga o`zining surat, modda, kayfiyat, ya`ni har uchala tarkibiy qismi bilan ta`sir qilib, organizmga ozuqa bo`lish bilan birga ozgina kayfiyat byerib uni yaratadi, quvonch va surur bag`ishlaydi bunda behi, olma sharbatlari va sharob va maylar misol bo`la oladi.
3.Ozuqali davoga quyidagilar misol bo`ladi: arpa suvi, uzum, bodring, semiz o`t , qovoq, sholg`om, sabzi, lavlagi, karam, mosh, no`xat, tarvuz va boshqalar. Bu mahsulotlarni istemol qilganda bular organizmda modda va kayfiyat bilan ta`sir qiladi, ammo, bunda modda ta`siri kayfiyatga nisbatan ustunligi tufayli, undan biror xilt hosil bo`ladi. Bu xilt tanani biror qismida bo`lib, u ozgina bo`lsada kayfiyat va mizojga ega bo`ladi, kayfiyat tananing o`zidagi mizoj va kayfiyatidan ustun kelib, tananing xo`lligiga o`zgarish byerib ozuqali davo bo`ladi.

1.Davoli ozuqa: iste`mol qilingandan so`ng, tanaga kayfiyat va modda orqali ta`sir qiladi, ammo, moddaga nisbatan kayfiyat ustunlikka ega bo`lganligi sababli, tanadagi xo`llik, namlik kabi suvlik xususiyatlarini o`zgartiradi, shundan so`ng tana uni o`ziga singdirib oladi, ammo, undan kam miqdorda xilt hosil bo`ladi. Bu xilt ozuqa va tana javhari bo`lish qobiliyatiga ega bo`lib, o`z xislatiga yarasha tana kayfiyati ustidan g`olib kyeladi. Ko`proq davolik, kamroq ozuqalik xususiyatini namoyon etadi. Bularga: gandano (piyoz) kabi mahsulotlar, na`no, sachratqi bargi, it uzum, sarimsoq, olu va umuman mevalar, urug`liklardan: bodring, qovun, tarvuz, qovoq va shunga o`xshashlar misol bo`ladi.


Download 19.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling