Islom moliya institutlari faoliyatining asosiy xususiyatlari
Download 27.89 Kb.
|
ISLOM MOLIYA INSTITUTLARI FAOLIYATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
METODOLOGIYA
Amalda islom moliyasining roli yil sayin ortib bormoqda. Ushbu hodisani keltirib chiqaradigan ba'zi sabablarni ko'rib chiqilsa. Birinchidan, ko'plab mamlakatlarda musulmonlar sonining tez o'sishi kuzatilmoqda. Yevropadagi musulmonlar jamiyati yildan-yilga siyosatchilar bilan bir qatorda iqtisodchilar tomonidan ham koʻproq eʼtiborga olinmoqda. Ikkinchidan, hozirda musulmon bo'lmaganlar orasida halol ya„ni ruxsat berilgan moliyaviy mahsulotlarga qiziqish ortib borayotgani kuzatish mumkin. Yevropa banklarining sukukka ya‟ni Islom qimmatli qog'ozlari investitsiyalari investitsiya qarorlarida axloqiy va diniy jihatlarni hisobga olishni xohlovchi xususiy investorlarda qiziqish uyg'onish tobora ortmoqda. Shariatga mos mahsulotlarni tanlab, ular din sanoati nuqtai nazaridan axloqsiz narsalarga sarmoya kiritmasliklariga ishonch hosil qilishlari ko„rish mumkin. Bu boshqa din vakillari uchun ham muhim bo'lishi mumkin. Ular taqiqlangan foizlar chiqarib tashlanishiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Uchinchidan, shariatga muvofiq chakana bank xizmatlarini ipoteka, sug'urta va kreditlar litsenziya va ruxsatnomalar berish imkoniyatlari mavjud. Yevropa hukumatlari ham oʻz siyosatini oʻzgartirmoqda. Ular Yevropadagi musulmon jamoalarining ehtiyojlariga koʻproq eʼtibor berishga chaqirmoqda. To'rtinchidan, qolaversa bunda istiqbolli biznes imkoniyatlarini ko'rmoqdalar. Bundan tashqari, ko'plab professional investorlar islomiy moliyaviy mahsulotlarni diversifikatsiya qilish uchun o'z portfeliga kiritishni xohlashmoqda. Qolaversa Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo„yicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib kelgani to„g„risida o„z nutqida aytib o‟tganini keltirib o„tish mumkin . Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etish kerakligi keltirib o„tganlari bunga yaqol misoldir. 2020 yil 4 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo„lib o„tgan majlisda Markaziy bank raisi o„rinbosari Botir Zohidov shu yilning o„zida O„zbekistondagi 3ta bankda islomiy moliyalash joriy etilishi mumkinligini aytdi. Bundan tashqari, islomiy moliya tarmog„i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o„zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Moliyalashning bu tizimi foyda va zararni bo„lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni o„zida namoyon qilishi bilan an'anaviy banklardan farq qiladi. Download 27.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling