Islom moliya institutlari faoliyatining asosiy xususiyatlari
Download 27.89 Kb.
|
ISLOM MOLIYA INSTITUTLARI FAOLIYATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
MUHOKAMA
Islomiy banklar mijoz talabi bilan obektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xomashyolar olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo amaliyoti yotadi. Zamonaviy bank tizimida esa banklarning savdo amaliyotlarini amalga oshirish qonunchilik nuqtayi nazaridan mushkul bo„lib, bunga soliq hamda bank faoliyatiga taalluqli me'yoriy-huquqiy hujjatlar to„sqinlik qiladi. Ma'lumotlarga ko„ra, keyingi yillarda islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion dollarni tashkil etib, yiliga 15-20 foizga o„sib bormoqda. 2020-yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi doirasida “O„zbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili” bo„yicha amalga oshirilgan tadqiqot va uning doirasida o„tkazilgan so„rovnoma natijalariga ko„ra, bank kreditlaridan foydalanmaslikning asosiy sabablari sifatida avvalambor, diniy qarashlar, kreditlar bo„yicha yuqori foiz darajasi va kreditlashtirishning murakkabligi ko„rsatilgan bo„lib, agar mamlakatda islom moliya muassasalari tashkil etilsa, yuqoridagi so„rovnomada ishtirok etgan qatnashuvchilarning aksariyati ushbu muassasa xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligini ta'kidlashgan. Islom moliya institutlari, ilmiy-nazariy jihatdan o„rganish jahonning yirik Islom moliya iqtisodchilari, olimlar, islomiy moliya tashkilotlari, siyosiy ilmiytahliliy markazlar tomonidan amalga oshirilmoqda. O„zbekistonlik iqtisodchi va olimlar Ahmadjonov, A.A bdullayev, Abdupattoyev, M Sultonovva, O Ahmadjonov, A Abdullaev,B Umarjonov, MShamsiddinov, boshqalarni misol keltirishimiz mumkin. Ushbu sohada ilmiy tadqiqot olib borgan xorij olimlaridan, Muhammad Taqiy Usmoniy, Salma Sairally, Karim, Nimra; Tarazi, Maykl; Reilli, Zavier, Ibrohim Warde, Hans Visser, Abu Umar Foruq Ahmad va boshqa olimlarni misol sifatida olishimiz mumkin. O„tgan 50 yil ichida islom davlatlari o„zlarining moliyaviy tizimini faol rivojlantirmoqdalar, ular axloqiy, huquqiy va iqtisodiy tamoyillar nuqtai nazaridan sanoati rivojlangan mamlakatlarning bozor iqtisodiyoti asosini tashkil etuvchi tamoyil va qadriyatlardan sezilarli darajada farq qiladi. Ushbu tizimning ishlash tamoyillari iqtisodiy hayot tizimini tashkil qilishda tubdan boshqacha yondashuvni ifodalaydi, u o'zining axloqiy, huquqiy va iqtisodiy sharoitlarida sanoati rivojlangan mamlakatlarning bozor iqtisodiyoti asosidagi tamoyillar va qadriyatlardan sezilarli darajada farq qiladi. Ushbu yondashuv Qur'onda bayon etilgan huquqiy va iqtisodiy munosabatlar tamoyillarini shakllantiradigan, hozirgi islom jamiyatida hali ham qo'llaniladigan axloqiy tizimlarga asoslanadi. Download 27.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling