Islom moliyasida va kapitalizmda kreditga bo‘lgan qarashlar Humoyunbek Boymurodovich Abdamitov


Download 31.27 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1276127
  1   2   3   4
Bog'liq
kredit maqola


Islom moliyasida va kapitalizmda kreditga bo‘lgan qarashlar
Humoyunbek Boymurodovich Abdamitov
Abdulaziz Aliyevich Salaydinov
SHohruh HomidjonovichBakirov
TIIAME” NRU talabalari
Kirish
Islom dinida kredit xarom qilinganligi musulmonlarningning muqaddas kitobi bo‘lmish Qu’roni karimda aytilganidek Alloh va Uning Rasuli bilan jang qilishga tenglashtirilgan. Chunki “Sudxo‘rlar (qiyomat kuni qabrlaridan ) jin chalib ketgan odam kabi (holatda) tiriladilar. Buning sababi -ularning :``ba’y (savdo-sotiq) ham sudxo‘rlarning xuddi o‘zi`` degan gaplardir. Xolbuki Alloh ba’yni xalol, sudxo‘rlikni xarom qilgan. Bas kim Robbidan, nasihat yetgach, (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa uning ishi Allohga (havola). Kim yana (sudxo‘rlikka) qaytsa, o‘shalar do‘zax ahlidandirlar va ular unda abadiy qoluvchilardir” deyilgan (Baqara surasi, 275-oyat).[1] Bundan ma’lum bo‘ladiki musulmonlar uchun kredit olish xarom qilingan.
Kapitalizmda esa kredit olishni maqullaydi va bunga keng sharoitlar yartib beradi. Chunki kapitalizmning maqsadi koproq ishlab chiqarish uchun odamlardan ularni koproq iste’mol qilishni so‘raydi. Shu sababli hozirgi zamonda (OAV) maydoni kreditni jzoibali ko‘rsatuvchi reklamalar to‘lib toshgani sari kreditga bolgan talab miqdori kun sayin oshib bormoqda.
Yana shuni ta’kidlash kerakki kredit masalasi xattoki to’g‘ri yuritilmasa global inqirozga olib kelishi ham mumkin. Buning misolni 2008 yil bo‘lib o‘tgan jahon global inqirozini misol qilsak bo‘ladi. Bu inqiroz qanday vujudga kelgani haqida biroz to‘xtalsak maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayman.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2008 yilda yuz bergan moliyaviy inqirozni zamonaviy tarixdagi eng yomoni deb hisoblaydi. Bu haqda XVJning rasmiy vakili Jyerri Rays jurnalistlar bilan brifingda aytib o‘tdi. Oxirgi 10 yil biz jahon moliyaiy inqirozi oqibatlarini his qilmoqdamiz. Bu inqiroz, ehtimol, zamonaviy tarixdagi eng yomoni bo‘lsa kerak”, deb aytgan Jyerri Raysning aytishicha, XVJ tashkilotga a'zo turli davlatlarga “moliyaviy inqirozdan tiklanib olish va barqarorlikni tiklash uchun ko‘mak sifatida 1,5 trln dollar taqdim qilgan. Uning ta'kidlashicha, bu yordamning ijobiy natijalarini bugundayoq jahon iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. “Men buni XVJ muvaffaqiyati demayman, biroq XVJ buning bir qismi bo‘lgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Rays.[2]
2008 yilda jahon moliyaviy inqirozi boshlangan. Uning boshlanishi bir qator omillar: iqtisodiy rivojlanishning umumiy davriyligi, ipoteka inqirozi va xom ashyo tovarlari, jumladan neftga katta narxlar bilan bog‘lanadi. 2008 yilda AQShning yirikligi bo‘yicha 4-raqamli investitsiyaviy banki Lehman Brothers kasodga uchragan. Bu bankrotlik AQSh tarixidagi eng yirigi bo‘lgan va fond birjalarida narxlarning keskin pasayib ketishiga olib kelgan. Bundan ayon bo‘ladiki kredit hamma vaqt ham o‘zini oqlamaydi. Mavzuni quyidagi raqamlar bilan oydinlashtiramiz. 2008 yilda kreditlarning raqamdagi qiymati 741.1 trillion dollar edi. Bu paytda esa dunyodagi barcha davlatlar yalpi ichki mahsuloti 60.6 trillion dollar edi.
741.100.000.000.000raqamning kattaligi e’tibor qiling. Bu miqdor 1996 yil 64 trillion dollar bo‘lgan edi. Kredit shunday narsaki shucha yo‘q pullarni bor qilib ko‘rsatgan. Bu kredit summasini naqdlashtirilsa va banknotalarni ustma-ust qo‘ysangiz,yerdan quyoshgacha 6 marta, oyga esa 25900 marta yetib boradi. Bundan ayon bo‘ladiki kredit masalasi nafaqat mikroiqtisodiy balki makroiqtisodiy jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi ekan balki iqtisodni izdan chiqarib yuborashi ham mumkin.[3]

Download 31.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling