Islom nurli ma`rifat dini
“Номини ишлатиб, бир-бировингиздан сўровда бўладиганингиз Аллоҳдан ва қариндошлик (алоқалари)дан қўрқингиз. Албатта, Аллоҳ устингиздан кузатувчи Зотдир
Download 104.88 Kb.
|
ISLOM NURLI MA
“Номини ишлатиб, бир-бировингиздан сўровда бўладиганингиз Аллоҳдан ва қариндошлик (алоқалари)дан қўрқингиз. Албатта, Аллоҳ устингиздан кузатувчи Зотдир”. Ояти каримадан маълум бўлаяптики, қариндошлик алоқалари устидан кузатиб турувчи Аллоҳнинг ўзи экан. Оятдаги “Қўрқингиз” феъли икки калимага бориб боғланади, яъни “Аллоҳдан” ва “қариндошлик (алоқалари)дан” сўзларига. Демак, оятда, биринчидан, Аллоҳ буйруқларини бажармай қўйишдан, иккинчидан, қариндошлик алоқаларини узиб юборишдан қўрқингиз, дейилмоқда. Аллоҳ таоло бу каломи билан қариндошлик алоқаларини узиш Ўзининг буйруқларини бажармаслик билан бир хил даражадаги гуноҳ эканини уқтириб ўтмоқда. Демак, биз Аллоҳнинг бу оятини теран англаган ҳолда қариндош-уруғ билан чиройли муомалада бўлмоғимиз лозим экан.
Оила Исломда муқаддас бир қўрғон саналади. Бу қўрғон бут бўлса, жамият аъзолари ҳар хил жисмоний, маънавий, ахлоқий ва руҳий тажовузлардан ҳимояланган бўлади. Айни пайтда, у ота-она, жуфти ҳалол, фарзандлар, ака-ука, опа-сингилларни ўз бағрига олган фароғат маскани ҳамдир. Энг чиройли муомала, ҳурмат-иззат ва меҳр-муҳаббат оилага қаратилиши лозим. Бу ҳам бизнинг бўйнимиздаги ҳақлардан. Бу ҳақларни адо этиш билан инсон фароғатда яшайди, авлодларининг хулқидан кўнгли тинч бўлади. Ушбу ҳақларнинг барчаси динимизда баён қилинган. Биз уларни ўқиб-ўрганишимиз, ва зиммамиздаги ҳақларни адо этишимиз лозим. Зеро, маърифат йўли бандага икки дунё саодати кафолатланган мунаввар dindir. Payg‘ambarimizning “Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan hadislari negizida islomning ilmga bо‘lgan yuksak e’tiboridan dalolat beradi. Yana bir hadisda: “Insonlar yo о‘rgatuvchi yoki о‘rganuvchilarga bо‘linadi. Bundan boshqalari esa arzimasdir, deb ta’kidlansa, boshqa bir hadisda: “Insonlar о‘likdir, faqat ilm ahligina tirikdir”, deb bu dunyoda faqat ilm sohiblarigina haqiqatga intilganliklari tufayli tirik ekanliklari aytiladi. Haqiqatan, hoh dunyoviy, hoh diniy ilm yо‘lida zahmat chekkanlar jisman yо‘q bо‘lsalar ham ular ma’nan tirikdirlar. Bunga Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Nasr Forobiy, Imom Marg‘inoniy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Beruniy, Imom Zamahshariy va Ahmad Farg‘oniy, Hoja Ahror Valiy va Ulug‘bek va boshqalar yaqqol misol bо‘ladilar. Bu buyuk zotlar yaratgan asarlar insonlarning hayot yо‘lini asrlar osha nurafshon etib kelmoqda. Ular meros qilib qoldirgan asarlarni о‘qib-о‘rganib kishilar ma’nan oziqlanib har on va har lahzada ularni eslab turadilar. Ularga bо‘lgan muhabbat insonlar qalbida abadiy yashab kelmoqda. Har ikki ilmni egallagan kishi esa ikki dunyosini obod qiladi. Islom bu faqat aqida emas, avvalo, ma’rifat, ilmdir. Islom tarixiga nazar tashlasak, Muhammad Payg‘ambarimiz alayhissalomgacha bо‘lgan davr arablarda “johiliya” davri deb ataladi. “Johiliya” nodonlik, bilimsizlik davri degani. Islom ana shu nodonlik davri о‘rniga keng ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi, ilm-fan, falsafa, adabiyot va san’atni rivojlantiridi, о‘ziga xos ma’naviyat va ma’rifatni yaratdi. Islomda ma’rifatga bо‘lgan munosabatni quyidagi hadislarni keltirish bilan cheklanishni lozim topdik: “Ilm olish yо‘lida sarflangan bir soat yuzaki ibodat bilan о‘tkazilgan bir kechadan kо‘ra hayrliroqdir”. “Ilm yо‘lida sarflangan bir kun uch oy rо‘za tutishdan afzalroqdir”. Bu hadislarda ilm yо‘lida sarflangan vaqt eng qadrli ekanligi ta’kidlanmoqda. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Ilm о‘rgatgan kishiga ta’zimda bо‘lish va izzat-ikrom kо‘rsating”, deb ilm yо‘lida harakat qilganlarni qadrlash kerakligini uqtiradilar. Xalqimiz bejiz “Ustoz otang kabi ulug‘dir” deb aytmagan. “Olimning uyqusi ham johilning ibodatidan afzaldir”, chunki uning uyqusi ham ibodatning bir turi sanaladi, sababi olim ilmini davom ettirish uchun charchoqlardan forig‘ bо‘lish maqsadida uxlaydi. “Sadaqaning eng hayrlisi о‘zgaga ilm о‘rgatmoqlikdir”, “Dindoshiga ilm о‘rgatish yil bо‘yi о‘qilgan nafl namozidan kо‘ra afzalroqdir” kabi hadislarda inson ilmni olimlardan о‘rganishi va о‘zi ham bilganini boshqalarga о‘rgatishi lozimligi ta’kidlangan. “Ilm о‘rganing, ilm о‘rgangan haqni nohaqdan ajratadi. Ilm jannat yо‘lini yoritadi. Ilm insonga chо‘lda yо‘ldosh, yolg‘izlikda hamroh, kimsasizlikda jondosh dо‘st bо‘ladi”, “Ilm insonlarni saodatga eltadi, falokatdan qutqaradi, dо‘stlar orasini ziynatlaydi, dushmanga qarshi qalqon bо‘ladi”. Yuqoridagilardan kо‘rinadiki, Islom ilm-ma’rifat dini va ayni paytda barcha insonlarni dunyo sir-asrorlarini bilishga, ya’niki egallashga va yuksak ma’naviylikka chorlovchi din ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Bizning ulug‘ bobolarimiz islom ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shib kalom va hadis, tasavvuf va fikh ta’limotini rivojlantirdilar. Bu haqiqatni jahon jamoatchiligi butun musulmon dunyosi yaxshi biladi va tan oladi. Nufuzli xalqaro tashkilot Islom konferensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bо‘yicha – AYSESKO tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingani ham ana shunday e’tirofning tasdig‘idir. Imom Buxoriyning nurli qalamini Imom Moturudiy olib, ul zotning xayrli ishlarini davom ettirishga bel bog‘ladi. Moturudiy islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bо‘ldi. Uning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar islom dinining asosini tо‘g‘rilik, ezgulik va insoniylikdan iborat deb biladigan barcha mо‘min – musulmonlarning qarash va intilishlari bilan hamohang bо‘lganligi bilan ahamiyatlidir. “Dunyoviy va diniy g‘oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga kо‘tariladi.. Bunga bashariyat tarixida о‘chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom G‘azzoliy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yashab faoliyat kо‘rsatgan davrlar yorqin misol bо‘la oladi”. Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy tо‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy о‘gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega bо‘ldik. Rasululloh hadislarining yana bir muhim mavzu yо‘nalishidir. Tahorat, g‘usl masalalari tashqi ozodalik talablari bо‘lsa, haromdan, yolg‘on sо‘z, g‘iybat, tuhmat, zinokorlik, о‘zga haqqiga hiyonat, nohaqlik va zulmga yо‘l qо‘ymaslik, ulardan qat’iy saqlanish ichki, ma’naviy poklikka oid talablardir. Bularning hammasi Qur’oni karim hamda Rasululloh (s.a.v.) hadislarida va ularga asoslangan shariatda juda qat’iy qilib qо‘yilgan. Xullas, islom barcha mо‘minlarni yuksak ma’naviylikka chorlovchi, insonparvar din ekanligini anglab yetishimiz zarur. Shundagina dindan ma’naviy va ma’rifiy tarbiyada foydalanish zaruratiga tо‘g‘ri yondoshamiz. Mazkur masalani “Tasavvuf” tushunchasining mazmun-mohiyati, shakllanish va rivoji tarixini bayon qilishdan boshlashdan ixtiyor etdik. Zotan, tasavvufning mohiyati va mazmunini bilmasdan turib, uning ma’naviy jihatlari nimalarga yо‘naltirilganligini ilg‘ab olish, mohiyatiga yetib borish har kimga ham nasib etmaydi. Sharq xalqlari tafakkuri va ma’naviyatini asrlar davomida nurafshon etib, ularning ma’naviy-ma’rifiy yuksalishiga chuqur ta’sir о‘tkazgan tasavvuf (sо‘fizm) VIII asrning о‘rtalarida paydo bо‘lgan. Dastlab u zohidlik (tarkidunyochilik – bu dunyo hoyu-havasidan, boyliklaridan, rohatu farog‘atidan yuz о‘girish) harakati kо‘rinishida bо‘lgan. Uning kelib chiqishidagi omil quyidagilar bilan izohlanadi. Hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bо‘linish yuz beradi. Ayniqsa, halifa Usmon zamonida boylikka ruju qо‘yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug‘lar, yaqin dо‘st-birodarlarni siylash rasm bо‘ladi. Ummaviya halifaligi davriga kelib esa,saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina tо‘plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg‘ulotlar, Xudo yо‘lidagi toat-ibodat о‘rnini dunyoviy ishlar, boyliklarni ustun qо‘ygan kishilarga nisbatan imon-e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bо‘ldi. Ular ichida ilgaridan qashshoq bо‘lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bо‘lsalar, ikkinchi qismi esa, qanoat va zuhdni asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va boylar ahloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik (zohidlik) g‘oyasini targ‘ib etib, ijtimoiy hayotdan butunlay chetlashganlar, doimiy toat-ibodat bilan shug‘ullanganlar. Tasavvufning mohiyati insonni ma’naviy, ruhiy va jismoniy poklanishi orqali ruhan Alloh vasliga yetishishdan, uni anglashdan iborat. Tasavvuf – sо‘fiylik insonni о‘rganar ekan, avvalo, kishining kо‘ngliga, diliga tayanadi, kо‘ngilni, qalbni tarbiyalashga, kо‘ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki Alloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi”. Ta’kidlash lozimki, tasavvuf harakati arab mamlakatlarida vujudga kelib, sо‘ngra boshqa islomiy о‘lkalarga tarqalgan. Markaziy Osiyoda Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya kabi tariqatlar shakllanib, shu yerdan boshqa musulmon mamlakatlari xalqlari orasida keng yoyildi. Tasavvuf ilmi – mohiyatan va mazmunan inson haqidagi ilmdir. U insonning kо‘ngliga, qalbiga, ruhiga xitob etgan, odamlarni hamisha poklik va ezgulikka chorlagan. Sodda qilib aytganda, tasavvuf inson qalbiga sayqal berish ilmidir. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar qoldik. Inchunun, biz necha zamonlar insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbu shuurimizdan fayz ketdi. О‘tmishda Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz yurtimizga qaytdi. Markaziy Osiyoda tasavvufning mashhur shayxlaridan biri, Kubroviya silsilasining asoschisi Najmiddin Kubrodir. Ilm istab Misr, Shom, Bag‘dod, Nishopur, Tus kabi joylarda bо‘lib buyuk shayx va ulamolardan tasavvuf ilmini о‘rgangan. Bizning zaminimizda shakllangan tasavvuf tariqati-Naqshbandiya silsilasidir. Bahouddin Naqshband Abduholiq G‘ijduvoniy asos solgan “Xojagon” silsilasining sakkiz qoidasiga о‘zining uch qoidasi (murid hech sо‘zsiz amal qilishi kerak bо‘lgan talabi)ni kiritib uni tugal holga keltirdi. Shu tariqa tasavvuf Naqshbandiya tariqatida yanada mukammal holga keltirildi. Bahouddin Naqshband jamiyatda shohu gado tengligi tо‘g‘risidagi adolatli g‘oyani ilgari surib: “Xojalik bandalikka tо‘g‘ri kelmas, Alloh oldida barcha barobar”, -deb aytgan. Odamlarga yaxshilik qilish, beva-bechoralarning kо‘nglini olish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab: “Sham kabi yongil, elga oydinlik ulash, ammo о‘zing hilvatda turgil” deb ta’kidlagan. U hamma uchun, ayniqsa, oddiy xalq uchun qо‘l keladigan “Dil ba yoru dast ba kor”-“Dil yor(Alloh) bilan, qо‘l ish bilan band bо‘lsin” shiorini о‘rtaga tashlagan. Bu shior naqshbandiylikning mohiyatini tashkil etadi. Shunday qilib aytish mumkinki, naqshbandiya tariqati boshqa tariqatlardan hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy, ma’rifiy ma’no-mazmunga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Unda mehnat qilish, ilm olish, о‘z mehnati evaziga halol yashash,noz-ne’matlarni kо‘pchilik bilan baham kо‘rish, hammaga yaxshilikni ravo kо‘rish kabi inson uchun zarur ma’naviy fazilatlarni targ‘ib qilishi bilan qimmatlidir. Ta’lim, fan va madaniyat bо‘yicha islom tashkiloti AYSESKO tomonidan Toshkent shahriga 2007 yilda “Islom madaniyati poytaxti” degan nom berilishi hoki poklari О‘zbekiston tuprog‘ida yotgan ulug‘ ajdodlarimiz, ne-ne mutafakkir zotlar asrlar mobaynida dunyoviy va diniy ilmlar sohasida qanday buyuk kashfiyotlar yaratgani, buning uchun qancha zahmat va mashaqqatlar chekkanini kо‘ramiz. Bugun guvoh bо‘lib turgan yuksak e’tirof avvalo ana shunday ajdodlarimizning tabarruk nomlari va qoldirgan merosiga qо‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho demakdir. Bu ulug‘ zotlar qoldirgan boy ma’naviy merosni asrab-avaylab kelinayotgani, uni har tomonlama о‘rganish, keng omma, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, jahon jamoatchiligiga targ‘ib va tarannum etish yuzasidan keng kо‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Barchamizga ma’lumki, yurtimizda ana shunday meros sobiq shо‘ro davrida ham mavjud edi. Jumladan, bebaho tarixiy qо‘lyozmalar maxsus fondlarda saqlab kelinar va ulardan tor doiradagi mutaxassislar ilmiy maqsaddagina foydalana olardi. Bu merosni sinfiy va mafkuraviy nuqtai nazardan emas, asl insoniy mohiyatiga mos ravishda chuqur о‘rganish, ma’naviy hayotimizning uzviy bir qismi sifatida talqin va targ‘ib qilishga esa mutlaqo yо‘l qо‘yilmasdi. Bunga jur’at qilgan odamlarning qanday tazyiq va xavf-hatarlarga uchrashi muqarrarligini yaqin о‘tmishimiz bilan tanish bо‘lgan har qaysi odam yaxshi biladi. Chunonchi, yaqin о‘tmishda namoz о‘qish, diniy marosimlarni о‘tash ta’qiqlangan edi. Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf urilgan edi. Odamlarning uylaridagi Qur’on, Hadis, turli diniy adabiyotlar, hatto arab yozuvidagi boshqa kitoblar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni “johiliya”, nodonlik desa bо‘ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qо‘msab, ammo kо‘rolmay, armon bilan о‘tib ketdilar. Shu bois biz mustaqillik keltirgan ne’matlarga har qancha shukronalik aytsak arziydi. Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e’tiqodimiz о‘zimizga qaytdi. Bu savobli, ezgu ishlarga karvonboshi hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov ekanini har daqiqa eslab turishimiz lozim. Prezidentimiz ma’naviyat va ma’rifatga oid nutq, ma’ruza va asarlarida islomning ma’naviy-ahloqiy, ma’rifiy tarbiyadagi yuksak roli, о‘rni, ahamiyatini muntazam uqtirib kelmoqdalar. Xususan, bu masalalarga Prezidentimiz Islom Karimovning “Istiqlol va ma’naviyat” tо‘plami, “О‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, “О‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‘lida”, “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Alloh qalbimizda, yuragimizda”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz”, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kabi asar va risolalarda javob topishimiz mumkin. Download 104.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling