“Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyoti” mavzusida tayyorlagan kurs ishi toshkent-2020
Download 136 Kb.
|
A.Hazratali kurs ishi
O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI ISESCO kafedrasi Tarix (Islom sivilizatsiyasi) mutaxassisligi 1-kurs magistranti Abdunasimov Hazratalining Islom sivilizatsiyasi fanidan “Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyoti” mavzusida tayyorlagan KURS ISHI Toshkent-2020 MundarijaKirish 3 I. Islom tsivizilatsiyasining vujudga kelish omillari…………………………… 5 II. Markaziy Osiyoda Islom sivilizatsiyasining rivoji…………………………12 III. Zamonaviy buyuk sivilizatsiyalar…………………………………………. 17 Xulosa 29 Foydalanilgan manba va adabiyotlar 30 Kirish Bugungi kunda O‘zbekistonda islom dini qadriyatlariga e’tibor tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan buyuk allomalarimiz va ularning ilmiy meroslariga alohida ahamiyat ko‘rsatilib, yoshlarni ularning pandu nasihatlari, ilm-ma’rifat, bag‘rikenglik ruhida tarbiya qilishga katta urg‘u berilmoqda. Shu ma’noda Toshkent shahrining qadimiy qismi – Hastimomda Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin namunalaridan biri, deb aytish mumkin. Chunki bu yerda shonli tarixning ko‘zga ko‘ringan namunalari, yosh avlodning ma’naviyat va ma’rifat maskani bunyod etilmoqda. Markazda tashkil etilayotgan islom olamidagi ulkan kutubxona, qo‘lyozmalar fondi, ilmiy akademiya va boshqa bir qator tuzilmalar ta’lim-tarbiya, ilmini yuksaltirishga xizmat qilishida shubha yo‘q. Dunyoda benazir bo‘lgan bunday maskanga yurtimizdagi har bir fuqaroning, ertangi kunga umid ko‘zlari bilan boqayotgan har bir yoshning e’tibor markazida turibdi va haqli ravishda jahon jamoatchiligining qiziqishini tobora o‘ziga tortmoqda. Islom sivilizatsiyasining rivojiga munosib hissasini qo‘shgan buyuk allomalarimizni qancha o‘rgansak, ularni targ‘ibu tashviq qilib, asarlarini nashr qilsak shuncha oz. Shunday ekan, sohada amalga oshirilayotgan faoliyatning maqsadi ham ulkan ilmiy merosni chuqur o‘rganib, kelajak avlodga munosib tarzda etkazish hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlod trabiyasi yo‘lida qilinayotgan bunday ishlar uzoq istiqbolni ko‘zlagan. Yer yuzida hayot paydo bo‘lganidan beri ko‘plab sivilizatsiyalar mavjud bo‘lgan. Ulardan ma’lum birlari o‘z davrida gullab-yashnagan, biz esa ularni faqatgina qadimiy manbalarda o‘qib, undan faqat saqlanib qolganlarini ko‘rishimiz mumkin. Yana ma’lum birlari hozirgi davrgacha yashab kelmoqdaki, undan insoniyat foydalanmoqda, yanada rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu sivilizatsiyalarning barchasi inson mehnati va intilishi natijasida taraqqiy etgan bo‘lib, kishilik jamiyatining rivojiga o‘zininig munosib hissasini qo‘shgan. Sivilizatsiyalar ichida alohida ajralib turadiganlaridan biri islom sivilizatsiyasi bo‘lib, uning ikki xil ahamiyatli jihati mavjud. Birinchisi, ato qilish xususiyati bo‘lib, musulmon ummati asrlar osha diniy va dunyoviy ilmlar, fan, san’at, maorif, arxitektura, ishlab chiqarish kabi sohalarda boshqalarga ulkan kashfiyot va ko‘plab yutuqlarni ato qilgan. Ikkinchisi esa, saqlab qolish xususiyati bo‘lib, necha yillar o‘tsa hamki, u o‘z mohiyatini yo‘qotmagan, asosiy g‘oya va qarashlari xali-hanuz saqlanib qolmoqda, balki yangilanish jarayonini ham boshidan o‘tkazmoqda. Uning ma’lum bir chegarasi mavjud ham emas, u bundan keyin yanada taraqqiy etishi, gullab-yashnashi ham mumkin1. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, islom sivilizatsiyasi mavzusi doimo ochiq va hech qachon berk bo‘lmagan. Shu sababli bu boradagi mulohazalar juda ko‘p va yaqin kelajakda to‘xtashi amri mahol. Har bir olim va mutaxassis o‘zining bilim darajasi va saviyasidan kelib chiqib, o‘rganadi, xulosaga keladi va unga baho beradi. Mazkur masaladagi o‘rganish va tadqiqotlarning turliligiga sabab ham asosan ularning uslub, yo‘l va yondashuvlarining o‘zgaruvchanligi, tafakkuriy, madaniy, ilmiy qarashlarning muntazam yangilanib borishi bilan bog‘liqdir. XX asrda Islom sivizilatsiyasi haqida musulmon olimlari, sharqshunos va arabshunos olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy kitoblar yozildi. Ularning har birida muallifning shaxsiy ilmiy izlanishlari, qarashlari, yondashuvlari va ko‘zlagan maqsadlari aks etgan. Tabiiyki, ularning ichida ahamiyatli, e’tiborlilari talaygina. Biroq bunday kitoblar muntazam ravishda yozib borilishi ushbu mavzuni xali jiddiyroq o‘rganishga ehtiyoj borligidan dalolat beradi.
ISLOM SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISH OMILLARI Islom sivilizatsiyasi islomni qabul qilgan xalqlar madaniyatining natijasidir. Islom yetib borgan mintaqalardagi madaniyat va sivilizatsiyalar islom hazorasi bilan qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan. Olimlar islom hazorasining ikki turini ajratadilar. Birinchisi, asl islom hazorasi bo‘lib, u o‘zida Yaratgan tomonidan berilgan ulkan diniy ta’limotni jamlaydi. Uni “yaratilish” va “paydo bo‘lish” deb ham atashadi. Dastlab islomning asl hazorasi mavjud bo‘lgan ediki, dunyo uni keyinchalik asta-sekin taniy boshlagan. Ikkinchisi, musulmonlar tomonidan yaratilgan islom hazorasi bo‘lib, ular bilim va tajriba natijasida ulkan hamda go‘zal sivilizatsiyani yaratdilar. Bu ikki tur birlashib, yagona islom hazorasini tashkil etadi. Esdan chiqarmaslik lozimki, islom sivilizatsiyasi keng ma’noda uni bunyod etish, qurish, rivojlantirish, dunyoga yoyishda ishtirok etgan barcha musulmon xalqlarining teng merosi sanaladi. Aslo uni ma’lum bir millatning “mahsuli” deb bo‘lmaydi. Islom hazorasi shu tarzda asrlar osha yaratildi, rivojlandi, boshqa sivilizatsiyalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. “Sivilizatsiya” so‘ziga ilmiy soha vakillari tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Biroq ular ichida kengqamrovli va umumiy xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi ta’rifni alohida aytish mumkin: “sivilizatsiya bu – taraqqiyot va e’tiqodiy asoslar, insonning ilmiy tafakkuri, ilm-fan, adabiyot, odob-axloq kabi turli sohalardagi faoliyati hamda bularning natijasida paydo bo‘ladigan hayot yo‘li, tafakkur mahsulidir”. Ushbu ta’rifning xususiyati shundaki, bu yerda sivilizatsiyani insoniyat faoliyati bilan bir qatorda tabiiy in’om etiladigan hayot qonuniyatlari, diniy asoslar ham natijasi sifatida baholangan. Islom sivilizatsiyasining arabcha nomlanishi “al-hazora al-islamiya” bo‘lib, bu yerdagi al-hazora so‘zi ko‘chmanchi, badaviy tarzida yashamaydigan, balki o‘troqlashgan holda madaniy hayot kechiradigan ma’nolarini anglatadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu so‘zga dastlabki ta’rif bergan olimlar uni hayot uchun zarur narsalardan ortiqcha bo‘ladigan har qanday narsalarni al-hazora deb hisoblaganlar. Unga birinchilardan ta’rif bergan olimlar qatorida XIV asrda yashagan buyuk musulmon faylasufi va tarixchisi Ibn Xaldun shunday degan: “sivilizatsiya bu – farovonlik sirlarini yaxshi bilish, taom, kiyim, yotoq, bino va yashash uchun barcha vositalarni qo‘llay olishdir”. Ibn Xaldun sivilizatsiyani yashash uchun zarur narsalarga ziyoda bo‘ladigan odatiy holatlar deya baholab, bu ziyodalik farovonlik va sivizilatsiyaga intilayotgan xalqlarda turlicha, ya’ni kimdir ko‘proq va yana kimdir kamroq erishishi mumkin deb bilgan. Shu ma’noda Ibn Xaldun G‘arb mutafakkirlaridan, jumladan britaniyalik tarixchi Arnold Toyinbiydan oldin tsivizilatsiyaga ta’rif bergan deyishga etarlicha asoslar mavjud2. Yana bir musulmon olimi Ibn al-Azraq garchi tsivilizatsiyani ijobiy hodisa sifatida baholamasa-da, biroq u ham dastlabkilar qatorida uni izohlagan olimlardan sanaladi: “sivizilatsiya eng mukammal madaniyat bo‘lib, u gohida fasodga olib borishi mumkin. Shuningdek u yaxshilikdan uzoq yomonlik bo‘lib, kim undan salomat bo‘lsa, yaxshilikka yaqin bo‘libdi” . Sivilizatsiya mohiyatan keng tushuncha bo‘lgani uchun ham, unga ko‘plab ta’riflar berilgan. “sivilizatsiya so‘zi lotincha “grajdanlik”, “davlatchilik” so‘zidan kelib chiqqan. G‘arb tadqiqotlari qarashlarida ushbu so‘z XVI asr ma’rifatparvarlarining urushlarsiz hamda ruhoniylar ta’siridan ozod jamiyat uchun kurashishlari jarayonida fanga kirib kelgani hamda u jamiyat taraqqiyotining darajasini belgilovchi tushunchaligi ta’kidlanadi. Shuningdek sivilizatsiya jamiyat taraqqiyotidagi uchta katta davr, ya’ni yovvoyilik, vahshiylik va tsivilizatsiyani bosib o‘tgan hamda yozuv va davlatning kelib chiqishi bilan boshlangani, dastlabki sivizilizatsiya bundan chamasi 6 ming yillar muqaddam Misrda boshlangani aytiladi. U bilan turli xil dinlar, gumanistik va ahloqiy qadriyatlar keng tarqalgan. Ta’kidlash kerakki, sivilizatsiya barcha mintaqalarda birdaniga boshlanmagan, balki ketma-ketlikda sodir bo‘lgan. Sivilizatsiya borasida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilganini aytib o‘tgan edik. Shuni ta’kidlash kerakki, “sivilizatsiya” so‘zi g‘arbda paydo bo‘lgan. U XVIII asrda “yovvoiylik”ning antonim so‘zi sifatida ishlatilgan. Bu boradagi dastlabki kitoblardan biri Adam Fergyusonning “An Essay on the History of Civil Society” (1767) kitobi sanaladi. Shu tarzda sivilizatsiya so‘zi asrlar osha rivojlanib borgan. Bugungi kunga kelib sivilizatsiyaga taraqqiyot belgisi sifatida ta’rif beriladi. Jumladan, Amerikalik tarixchi va faylasuf olim Uilyam Jeyms Dyurant o‘zining “Tsivizilatsiyalar tarixi” nomli kengqamrovli entsiklopedik kitobida shunday deydi: “sivilizatsiya ijtimoiy tartib bo‘lib, insonga madaniyat natijalaridan ko‘proq foydalanishga ko‘maklashadi. Sivilizatsiya to‘rt unsurdan tashkil topadi: ijtimoiy unsurlar, siyosiy tartib, tabiiy an’analar (insonning tabiatidagi taqlidlar), ilmu fan. U iztirob va xavotir tugagan joyda boshlanadi”. Bu bilan sivilizatsiya xotirjamlik va rivojlanishga keng imkoniyatlar bor joyda gurkirab yashnashi aytilmoqda. Sivizilatsiyaning ma’nosi kengqamrovli va chuqur bo‘lib, u madaniyat tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Sivilizatsiyalar bo‘yicha ilk ulkan tadqiqotni yozgan, angliyalik tarixchi olim Arnold Jozef Toyinbi aytadi: “sivilizatsiya ko‘p narsani o‘z ichiga oladi, biroq uni biror bir so‘z to‘liqligicha qamrab ololmaydi”. Demak, sivilizatsiya bir qancha madaniyatlarning o‘zaro jamlanmasi bo‘lib, turli madaniyatlardan tashkil topgani va uni shakllantirishda bir qancha xalqlar ishtirok etganiga aylohida urg‘u berish kerak bo‘ladi. Sivilizatsiyada irqiy yoki biror bir xalqqa mansublik mavjud emas. To‘g‘ri, gohida u ayrim millatga yoki mintaqaga bog‘lanadi, biroq bunda o‘sha millatning xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari boshqalardan ajratiladi xolos. Shu ma’noda sivilizatsiyani bir nechta millatlarga taalluqli deyish, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mutaxassislar har bir sivilizatsiyaning boshlanishi biror bir diniy aqida yoki falsafiy ta’limotga tayanishi, hatto ba’zan bir qancha dinlar va falsafiy ta’limotlar unga qorishib ketishi mumkinligini aytadilar. Chunki sivilizatsiya qalb va onglarda chuqur ildiz otgan, ommaviy hayotga ko‘proq ta’sir etadigan kuchli aqidaga tayanadi. Bu holatda sivilizatsiya o‘sha aqidaning musaffoligi bilan shaffoflashib, tiniqlashadi. Bunday sivilizatsiyaning yorqin namunasini islom sivizilatsiyasida ko‘rish mumkin. Bugungi ulkan sivizilatsiyalar (bu yerda g‘arb, hind, Misr sivilizatsiyalari kabilar nazarda tutilmoqda) esa, gohida moddiy va ruhiy jihatlaridagi farqlar bilan farqlanadi. Ulardan ba’zilarida moddiylik ustunligini, ba’zilarida ruhiy tomon yana ba’zilarida esa har ikki tomonning ham tengligini ko‘rish mumkin . Yana shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, sivilizatsiyalarni qiyosiy o‘rganish fani ham hozirda jadal rivojlanib borayotgan fanlardan bo‘lib, u ijtimoiy fanlar ichida yangi fanlardan biridir. Unga jamiyatshunoslik tarix, falsafa, axloqshunoslik kabi fanlar qorishib ketadi. Mazkur fanning tubida yotgan asosiy maqsadlardan biri ham dinlarni qiyosiy o‘rganish bo‘lib, g‘arb dunyosi bunga kirib kelmagan bir paytda o‘rta asrlar musulmon dunyosida qiyosiy dinshunoslik bo‘yicha bir qator kitoblar yozib bo‘lingan edi. Ular qatorida Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Shahristoniyning “al-Milal van nihal val firaq” kabilarni sanab o‘tish mumkin. O‘rta asrlarning yirik musulmon olimlaridan biri Ibn Xaldun ham o‘zining “Muqaddima” asarida bir qancha ilmlarga asos solgan ediki, keyinchalik bu ilmlar sotsiologiya, falsafa tarixi, qiyosiy madaniyatshunoslik kabi nomlar bilan tanildi. “Madaniyat” so‘zi “madina”, ya’ni “shahar” nomi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Uning g‘arb dunyosida qo‘llaniladigan ma’nodoshi “kultura” bo‘lib, lotincha “culture” (“ishlov berish”, “ekib o‘stirish”)dan olingan deyiladi. Ba’zi olimlar “kultura”ni “kult”, ya’ni diniy ibodat, sig‘inish so‘zidan kelib chiqqanligini aytadilar. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor (1832-1917) yangi davrda ushbu atamani fanga kiritib, o‘zining “Dastlabki madaniyat” kitobida: “kishining jamiyat a’zosi sifatida o‘zlashtirgan bilimi, e’tiqodi, san’ati, axloq-odobi, qonun-qoidalari va boshqa bir qator qobiliyatlari hamda odatlari yig‘indisi”, deya izohlagan3. Soha olimlarining ta’kidlashlaricha, madaniyatning bugungi kunga kelib 400 dan ortiq ta’riflari paydo bo‘lgan. Hozirda madaniyatni har bir jabhada ham qo‘llash odati keng joriy bo‘lgan. Masalan, kiyinish madaniyati, ovqatlanish madaniyati, muloqot madaniyati, milliy madaniyat, diniy madaniyat, siyosiy madaniyat, iqtisodiy madaniyat va boshqalar. Shu bilan birga ayrim tadqiqotchi-olimlar madaniyat va sivilizatsiyani bir ma’noda qo‘llaniladi, yana ayrimlar ikkalasini boshqa-boshqa tushunchalar deb izohlaydilar. Masalan, faylasuflardan O.Shpengler va A.Berdyaev asarlarida sivilizatsiya – bu insoniyat borlig‘ining moddiy-texnik tomoni, madaniyat esa uning ma’naviy tomonidir, deya tushuntirganlar. Lekin shuni esdan chiqarish kerak emaski, sivilizatsiya inson faoliyatining mahsuli sifatida insonning ma’naviy va moddiy jihatlarini ham to‘liq qamrab oladi. Chunki sivilizatsiyada ilmu ma’rifat, ichki dunyo bilan bog‘liqlik kabi tushunchalar keng ildiz otgan. Buni islom sivilizatsiyasida yanada ko‘proq ko‘rish mumkin. Demak, sivilizatsiya madaniyatni ham o‘z ichiga olib, undanda kengroq ma’no kasb etadi. “Islom madaniyati” deb, asosan er yuzida yashovchi musulmonlarga taalluqli bo‘lgan madaniyatga xos bo‘lgan ko‘rinishlar, sivilizatsiya kurtaklari va uning natijasida paydo bo‘lgan madaniy jarayonlarga aytiladi. Shuningdek islom madaniyatini shariat asosi va voqe’lik orasini bog‘lovchi, uning o‘tmishi, buguni va kelajagi bilan birlashtiruvchi kengqamrovli ilm bo‘lib, unda islom aqidasi, maqsadlari, tafakkuri, amaliy natijalari jamlangan deyish ham mumkin. Darhaqiqat, islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo‘ldi, keyinchalik u tez sur’atlarda boshqa hududlarga tarqaldi va natijada fors, turkiy xalqlar, barbar va boshqa madaniyatlar bilan oziqlandi, ularga ta’sir o‘tkazdi va o‘zi ham ta’sirlandi, shu tarzda u barcha musulmonlarga taalluqli ulkan madaniyatga aylandi. To‘g‘ri, bugungi kunga kelib, islom madaniyatiga turli olimlar tomonidan bir qancha ta’riflar berilgan. Ta’kidlash kerakki, har bir olim o‘zining ilmiy soha va tasavvuridan kelib chiqib uni tushungan. Bu kabi ta’riflar ichida “Musulmon ummatining asoslari, ularning buguni va o‘tmishida din, ilm-ma’rifat, til, tarix, san’at singari sohalarda amalga oshirgan ishlarining yig‘indisi” yoki “Islom asoslari, tartiblari, tafakkuri va ularda inson faoliyatining o‘rniga oid kengqamrovli islom yo‘lini bilish” kabilarni alohida aytib o‘tish kerak. Ayrim tadqiqotchilar oxirgi ta’rifni ixcham va kengqamrovliroq deb hisoblaydilar. Har bir narsaning jism va ruhi bo‘lgani kabi sivilizatsiyaning ham ruhi va jismi, ya’ni ma’naviy va moddiy tomonlari mavjud. Sivilizatsiyaning moddiyoti imoratlar, qurilish ob’ektlari va asbob-uskunalar singari hayotni yanada yaxshilash va ko‘rkamlashtirishda xizmat qiladigan ashyolarda namoyon bo‘ladi. Ruhiyati odamlar va jamiyatning xatti-harakatlarida, bir-birlari bilan bo‘lgan munosabatlarida, din, hayot, koinot, inson, shaxs, jamiyat haqidagi qarashlarida mujassam bo‘ladigan aqidalar, tushunchalar, odob-axloqlar va urf-odatlar kabilarda o‘z aksini topadi . Islom hazorasi beshta xususiyati bilan boshqa sivilizatsiyalardan ajralib turadi. Ular quyidagilar: Birinchisi, islom sivilizatsiyasi e’tiqodiy madaniyatda mujassasm topgan bo‘lib, dinning asosiy maqsadi tavhid, ya’ni yolg‘iz yaratuvchini tan olishga qaratilgan. Shu sabab unda olamlar va osmonu erlarning paydo qiluvchisi, avvalu oxir bo‘lgan Zot masalasi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bunday aqida islom tsivilizatsiyasining shakllanishi va rivojida katta rolь o‘ynagan. Ikkinchisi, u umumbashariy sivilizatsiya sanalib, biror bir geografik mintaqa va hudud, millat yoki tarixiy davr bilan bog‘lanib qolmaydi. Balki u mutloq bashariyatga taalluqli, barcha kishilar undan foydalanishlari, unga hissa qo‘sha olishlari mumkin. Islom hazorasi insonni Alloh taoloning eng muhim mavjudoti ekanligi uqtiradi. Kishining sa’yi harakati uning baxti va farovonligiga qaratilgan bo‘ladi va bunday maqsadga erishish uchun qilingan har bir harakat Alloh yo‘lidagi “xolis amal”, deya ta’kidlanadi. Uchinchisi, ushbu sivilizatsiya insoniyatga ko‘p narsani bergan. Dastlab, islom tarqalgan paytlarda qadimiy madaniyat va ma’rifatga ega xalqlar uni qabul qildilar. Keyin islom olamida ilmu fan rivojlandi va natijada u barchaga ilm, ma’rifat, insonparvarlik, ezgulik, adolat, tenglik, fazilat va go‘zallik kabi qadriyatlarga to‘la boylikni taqdim qila oldi. Bular kishining dini, e’tiqodi, rangi, arab yoki ajamligidan qat’iy nazar barchaga teng qaratilgan edi. Chunki islom hazorasi tarqalgan hududlarda boshqa din vakillari, xoh u samoviy yoki insoniyat tomonidan yaratilgan din bo‘lsin va xoh dinsizlar bo‘lsin, ularning barchasi emin-erkin yashaganlar. Bugunga kelib ko‘plab tadqiqotchilar mavjud tuzumlar ichida musulmonlar hukmronlik qilgan hududlarda barcha din vakillari nisbatan emin-erkin yashaganligini e’tirof etib bormoqdalar. To‘rtinchisi, islom hazorasi ruhiyat va moddiyat o‘rtasini teng ushlaydi. Hech bir paytda moddiyat deb ruhiyatni tark etishga yoki uning aksiga buyurilmaydi. Chunki bu dinda haddan oshish va g‘uluvga ketish, mutaassiblik qoralanishi barobarida o‘ta bo‘sh qo‘yish, bamaylixotirlik ham tanqid qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, dunyoni deb oxiratni, oxiratni deb dunyoni tark qilishga buyurilmaydi va doimo muvozanatni ushlab turishga chaqiriladi. Shu sababli ham islom dini rivoj topgan o‘lkalarda fan, san’at, madaniyat, arxitektura va farovonlikka olib boruvchi boshqa ko‘plab sohalar rivojlangan. Beshinchisi, er yuzida hayot bor ekan, islom hazorasi ham boqiy qoladi. Chunki uning negizi islom dini ta’limotlaridan sug‘oriladi, uning davomiyligini Yaratuvchi o‘z zimmasiga olgan. Shu tufayli ham u eskirmaydi va parchalanib ketmaydi ham, unda milliylik, irqiylik va inson fitratiga qarshi chiqishlik aslo mavjud emas. Bugunga kelib uning ahamiyati jahon dinlari ichidagi eng yiriklaridan biri sifatida tobora ortib bormoqda. Biroq, shuni unutmaslik lozimki, islom har doim ham musulmonlarning har bir holat va ishida aks etmasligi mumkin. Gohida musulmonlar zaiflashib qolib, nufuzi pasayib ketishi, natijada ilmu ma’rifat va boshqa sohalarda ham taraqqiyotga erisha olmasliklari mumkin. Bu esa islom sababli emas. Shuning uchun ham musulmonlarga qarab islomga baho berish to‘g‘ri emas. Chunki islom dini hargiz zaiflashmaydi, uning nufuzi va ta’siri kamayib qolmaydi, islom hazorasi yashovchandir va zamonlar o‘tishi bilan u yangilanib, bosqichlari o‘zgarib, zamon va makonga moslashib boraveradi4. Ushbu beshta xususiyat haqiqiy diniy tamoyillarning xususiyatidan kelib chiqqan. Shu sababli ham u din bilan chambarchas bog‘langan. Bu xususiyatlar islom dunyosidagi ahvol bilan bog‘liq bo‘lmaydi va musulmonlar kuchaysalar yoki zaiflashsalar-da, o‘zgarishsiz qolaveradi. MARKAZIY OSIYODA ISLOM SIVILIZATSIYASINING RIVOJI Islom sivilizatsiyasi o‘rta asrlarda o‘zining yetuk darajasiga etdi. G‘arb dunyosining ayrim vakillari bu paytni “zulmat” davri, deya hisoblab turgan bir vaqtda ajdodlarimiz nurli davrni boshidan o‘tkazganlar. Vaholanki, amerikalik olim Jorj Sarton o‘zining “Introduction to the History of Science” (“Fan tarixiga kirish”) nomli kitobida ilmiy bosqichlarni yarim asrlardan iborat 50 yillik bir necha davrlarga bo‘lib chiqqan. Xususan, 750 yildan 1100 yilgacha – 350 yil mobaynida yashagan olimlarning nomlarini sanab o‘tgan. Diqqat bilan kuzatgan o‘quvchi ushbu olimlar musulmon olami vakillari ekaniga amin bo‘ladi. Bunday olimlar qatorida kimyo, matematika, tibbiyot, geografiya, falakiyot, tabiiy ilmlarda ulkan faoliyat olib borgan Jobir ibn Hayyon, Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Mas’udiy, Abul Vafo, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom singari arab, turk, afg‘on, fors musulmon olimlari keltiriladi. Kitobning davomida 1100 yildan boshlab keyingi 250 yil mobaynida Ibn Rushd, Tusiy, Ibn Nafis kabi musulmon olimlari bilan bir qatorda evropalik olimlarning faoliyatlari kuzatiladi. Shu paytdan boshlab, g‘arb dunyosi islom olamidagi ilmlarni o‘rganib, tarjima qilishni boshlaganlarki, ayni jarayon bugungi kungacha ham davom etib kelmoqda. Bu tarixiy haqiqatni juda ko‘plab olimlar e’tirof etmoqdalar. Buni o‘tgan asr davomida insoniyat hayoti rivojiga samarali hissa qo‘shgan 2000 talik kishilar ro‘yxatiga kiritilib, Kembridj universiteti jamoasi nomzodi, Germaniyada yashovchi, arab-musulmon olimi Doktor Muhammad Mansur ham ta’kidlaydi. Agar tsivilizatsiya umumiy mohiyatiga ko‘ra, insonning moddiy va ma’naviy sohalardagi hayotiy ehtiyojlarini qondirar ekan, islom tsivilizatsiyasi barcha davrlarda bunday ehtiyojlarni qondira olgan. Chunki, u musulmon ummatining asrlar osha hayotni yanada yaxshilash, insonni baxtiyor qilish yo‘lidagi umumiy harakati natijasidir. Ushbu ma’noda u barcha asrlarda barcha savollariga javob bera olgan va shak-shubhasiz dunyo tsivilizatsiyasi sifatida yashab kelgan. Shu bilan birga u aslo nizo va urush madaniyati bo‘lmagan. Ushbu jihatdan qaraganda, islom hazorasi zamonaviy Evropa tsivilizatsiyasiga tibbiyot, farmatsevtika, kimyo, matematika, fizika, astronomiya singari bilimlari bilan tamal toshini qo‘ygan deyish mumkin. Natijada G‘arb uyg‘onish davri tezlashdi va fanning turli yangi sohalari paydo bo‘ldi, ko‘plab ilmiy yutuqlarga erishildi. Bunday ta’sir hozirgacha davom etib kelayotgani ham inkor etib bo‘lmas ayni haqiqatdir. O‘rta asrlarning mashhur musulmon olimi Ibn Xaldun o‘zining “Muqaddima” kitobida Markaziy Osiyo va xususan, Movarounnahr haqida gapirib, ushbu hududning islomgacha ham yuksak madaniyatga egaligini, bu din kirib kelgach esa, u yanada rivojlangani, ulkan ma’rifiy tamaddunga aylangani, islom madaniyati yuqori cho‘qqiga chiqqanini tilga oladi. Ushbu qadim zamin asrlar davomida “ilmu ma’rifat o‘chog‘i” bo‘lgani, “Islom dinining quvvati” bo‘lgan Buxoro, “Yer yuzining sayqali” deya e’tirof etilgan Samarqand, “Islom gumbazi” deb ulug‘langan Kesh kabi shaharlari, Xorazmiy, Termiziy, Shoshiy, Farg‘oniy, Marg‘iloniy singari yuzlab allomalari bilan dunyoga mashhur bo‘lib kelganini eslamaslikning iloji yo‘q5. Fan, ta’lim, madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti – ISESCO bosh direktori Abdulaziz at-Tuvayjiriy ham 2017 yilning avgust oyida O‘zbekistonga tashrifi asnosida mamlakatimizning islom tsivilizatsiyasi rivojidagi roliga alohida urg‘u berib, islom dini Arabistonda vujudga kelgan bo‘lsa ham, biroq uning rivoji boshqa diyorlarda, jumladan, Movarounnahrda kechganini alohida ta’kidlab o‘tdi hamda yurtimizdan etishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy kabi allomalarning xizmatlariga to‘xtaldi. Bu borada gapirganda, ayniqsa yurtimizda xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan e’tirof etilib, madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan qo‘lyozma asarlar soni 100 mingdan ziyodni tashkil etishi, bebaho durdonalarning katta bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida, shuningdek O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi, Toshkent islom universiteti Manbalar xazinasida saqlanishini alohida ta’kidlash kerak. Yana bir muhim jihat shundaki, barcha musulmonlarning eng muqaddas kitobi – Qur’oni karimning eng qadimiy qo‘lyozma nusxasi sanalgan Usmoni Mushafi Toshkentda saqlanadi. Hammamizga ma’lumki, dunyoda Istanbul, Iskandariya, London, Parij, Moskva singari eng sara qo‘lyozma fondlari mavjud. Biroq bular orasida Toshkent fondi ulardan hech bir jihati bilan ham qolishmaydi. Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi singari yuzlab ulug‘ ajdodlarimizning matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq fanlar bilan birga, tarix, geografiya, falsafa, madaniyat va san’at, arxitektura sohalarida yaratgan asarlari boyitib turadi. Hech shubhasiz aytish mumkinki, bunday buyuk zotlarning ilmiy g‘oya va kashfiyotlari jahon ilm-fani va tsivilizatsiyasi rivojida o‘zining ulkan izini qoldirgan. Bundan tashqari, bu erda musulmon olamida e’tirof etilgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband kabi allomalarning noyob qo‘lyozmalari ham saqlanmoqdaki, ular hadis, tafsir, aqida, islom huquqshunosligining usulul fiqh, furuul fiqh, fatvo, ilmul xilofiyot kabi sohalari, tasavvuf, islom tarixi, arab tilshunosligi va lug‘atshunosligi, nahv, sarf, balog‘at, fasohat kabi islom ilmlaridagi benazir kitoblari bilan yurtimiz ilmu fanini dunyoga keng tanitganlar. Mustaqil O‘zbekistonda 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot muassasalari, ilmiy ishlab chiqarish korxonalari, innovatsiya markazlari faoliyat olib bormoqda. Hozirda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilmoqda. Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari respublikada sohaga oid ilmiy faoliyatni yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadi. Toshkent islom universiteti tarkibida ISESCOning maxsus kafedrasi faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, 9 o‘rta maxsus va 2 ta oliy islom bilim yurtlari diniy sohadagi mutaxassislar ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, bugungi kunda asrlar mobaynida islom hazorasi rivojiga katta ta’sir etgan ulkan ma’naviy merosni o‘rganish va uni yanada boyitish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Islom sivilizatsiyasining bugungi holati musulmon dunyosi egallashi lozim bo‘lgan mavqega etib bormagani ko‘pchilikka ma’lum. Shu bilan birga unga nisbatan “tanazzul davri” deyish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki bunday baho insof qilinmay, asl ahvolni to‘g‘ri yoritmaslik sanaladi. Islom sivilizatsiyasining tanazzuli, tushishi yoki so‘nishi haqidagi nazariyalar ko‘plab dalil va qarashlar bilan xato ekanligi isbotlangan. Jumladan, Tarixchi Arnold Toyinbi “sivilizatsiyalar inqirozi” (معنى انهيار الحضارات) tushunchasiga batafsil sharh bergan dastlabki shaxslardan biri hisoblanadi. Uning “A Study of History” (“مختصر دراسة التاريخ”) asarining misrlik mutafakkir Fuod Muhammad Shibl tomonidan tarjima qilinib, nashr ettirilgan kitobida shunday deyiladi: “Inqiroz bu – rivojlanishdan butunlay to‘xtash degani emas. Chunki tarix jamiyat hayoti rivojiga biror bir chegara borligiga guvoh bo‘lmagan. Rivojlanishdan to‘xtash tirik mavjudotda tabiiy hol, biroq kishilik jamiyatida bunday emas”. Shu sababli jamiyat tarixida o‘sish, rivojlanish bosqichlari muntazam o‘zgarib turaveradi. Toyinbi ham “inqiroz” so‘zini ushbu ma’noda qo‘llagan. Tarixda paydo bo‘lgan sivilizatsiyalar ham oldingi biror bir sivilizatsiyaning o‘rnida yoki uning tanazzuli natijasida vujudga kelgan” . Musulmon olamidagi ko‘plab jabhalardagi zaiflik, ilmu fanning etarli darajada rivojlanmagani, taraqqiyotning etarli emasligi, ayrim mamlakatlardagi ijtimoiy va iqtisodiy holatlar vaqtinchalik hamda uzoq davom etmaydigan jarayondir. Bularning davomidan boshqa bosqichlar ham keladi. Chunki bu jarayon borliq qonuniyatlari va sivilizatsiyalar tabiatiga xosdir. Albatta, insoniyat tarixida ketma-ket keluvchi sivilizatsiyalar borasida bunday chuqur mulohaza yuritish bilan islom hazorasining bugungi kundagi ta’siri, natijalari va uning davomiyligi borasida hech ikkilanmay fikr aytish mumkin. Ayni damda dunyoda kechayotgan ayrim hodisalar, joriy o‘zgarishlar hamda yuzaki voqealarga qarab zamonaviy islom tsivilizatsiyasiga to‘liqligicha baho berib bo‘lmaydi. Sivilizatsiyalar cheklangan vaqtdagi tarixiy voqealar bilan bog‘liq emas. Ta’kidlash kerakki, islom sivilizatsiyasi hozirda ham yashovchan bo‘lib, uni ko‘p o‘rinlarda kuzatish mumkin. Global o‘zgarishlar oldida turgan bugungi musulmon dunyosi azaliy qadriyatlarini rivojlanish, taraqqiyot, ilmu fan, zamonaviy yutuqlar bilan uyg‘un holda tiklashga intilmoqda. So‘nggi yillarda ilm-fan, madaniyat taraqqiyoti yo‘lida qator anjumanlar, hamkorliklar kabilarning amalga oshirilishi fikrimizni tasdiqlaydi. Shuni ham aytish kerakki, ijobiy tashabbuslarga sabab bo‘luvchi omillardan biri hayot bilan jo‘shib turgan madaniy ongda ham qator ijobiy siljishlar mavjud. Bu esa, musulmon dunyosi kelajagini belgilashda hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, islom sivizilatsiyaning ildizlari salomat, unga hech qanday zarar etmagan. Musulmonlar esa, bugungilik kunida bu ildizni keng tomir orttirishi va qayta tiriltirishiga mas’uldirlar. Hayotimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlarga intilishlarni ko‘rib aytish mumkinki, islom sivilizatsiyasi uchinchi ming yillikda o‘zining “uyg‘onish” davrini qaytadan boshlaydi.
ZAMONAVIY BUYUK SIVILIZATSIYALAR Bugungi kundagi tadqiqotchi olimlar o‘z qarashlarida sivilizatsiyani qadimiy va zamonaviyga bo‘lib o‘rganadilar. Biroq ularning soni borasida ixtilofga boradilar. Ba’zilar ularning sonini yigirmadan oshirsalar, yana ba’zilar undan kam deydilar. Sivilizatsiya nomini olgan va ularga asos sanalgan madaniyatlar borasida fikr yuritib, ularni sonini ettiga bo‘lish mumkin bo‘ladi. Jumladan: - Islom sivilizatsiyasi; - G‘arb sivilizatsiyasi; - Hind sivilizatsiyasi; - Xitoy sivilizatsiyasi; - Yapon sivilizatsiyasi; - Lotin Amerikasi sivilizatsiyasi; - Afrika sivilizatsiyasi. Ushbu sivilizatsiiyalarning boshqalaridan ajratib turadigan ko‘plab xususiyatlari, o‘ziga xosliklari bo‘lganidek, birinchi navbatda umumbashariyatga taalluqli bo‘lgan ko‘plab o‘xshashliklari ham mavjud. Islom sivilizatsiyasi va uning xususiyatlarini yaxshiroq anglab olish uchun qolgan oltita sivilizatsiya to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu sivilizatsiyaning yana bir alohida xususiyati shundaki, u hech ham qotib qolmagan, muntazam ravishda rivojlanib boraveradi. U insoniyatga uyg‘onish sari chaqiradigan ichki tuyg‘ularni, shijoatlantiradigan aqliy quvvatni, odamlarni osonlikcha boshqarish imkoniyati sharoitlarini yaratib berdi. Buning natijasida har biri kishining amalga oshirgan ishiga yarasha munosabat bildirish, samarali mehnat qiluvchi va yaxshilarni mukofotlash, aksini esa jazolash faoliyati osonlashdi. Shuningdek ushbu jamiyatda inson erkinliklari, tabiiy huquqlari rioya qilinish va manfaatlari himoya qilinishda namuna bo‘lish darajasiga etdi. Tabiiyki, bunday sharoitda kishi o‘zining qadr-qimmatini sezadi, xavf va xorlikdan himoyada bo‘ladi, natijada manfaatli mashg‘ulot bilan shug‘ullanib, foyda keltiradi. Aynan bunday sharoitda tsivilizatsiyaning to‘la rivojlanishiga etarlicha asoslar yaratiladi. Yuqorida aytib o‘tilganlar g‘arb sivilizatsiyasining ijobiy tomonlari bo‘lib, bunday vositalar, jihozlar, texnologiyalar yordamida inson ham yaxshilik va ham yomonlik qila olishi mumkin. Ming afsuski, gohida bunday imkoniyatlar ortidan ko‘plab noxushliklar ham kelib chiqmoqdaki, bunday holatlar ushbu tsivilizatsiyaning maqsaddan ko‘ra ko‘proq texnologiyalarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Mashhur musulmon olimi Yusuf Qarzoviy G‘arb tafakkurining xususiyatlariga to‘xtalib, quyidagi besh jihatni alohida aytib o‘tadi: Birinchisi, Ilohni bilish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar. G‘arb tsivilizatsiyasida Alloh taoloning birligi borasidagi qarashlarga munosib tarzda ahamiyat berilmaydi, balki unda noaniqliklarga duch kelinadi. Bular Yaratuvchining sirliligi va ayrim e’tiqodiy jihatlarning mavhumligi bilan izohlangan. Ikkinchisi, materialistik qarash bilan bog‘liq tushunchalar. Ushbu tushunchalar asosida borliq va bilish faqatgina moddiylik bilan izohlanadi, g‘aybiy va hissiy narsalar deyarli inkor etiladi. Natijada ko‘p narsa moddiylikka bog‘liq degan aqida paydo bo‘lib qoladi. Bu esa, ko‘plab g‘aybiy narsalarni tushunishda xalal beradi. Uchinchisi, sekulyaristik qarash. Bu nazariya yuqoridagi ikki qarash samarasida paydo bo‘lgan bo‘lib, u din va ijtimoiy hayotni bir-biridan ajratish g‘oyasiga qurilgandir. Buning natijasida dinni jamiyat hayotidagi rolidan mutloq uzib qo‘yish holati kelib chiqadi. To‘rtinchisi, doimiy kurash. Ushbu sivilizatsiya negizida insonning muntazam ravishda o‘zi bilan o‘zi yoki boshqa bilan kurashi yotadi. Aniqroq aytganda, u kurash asosiga qurilgan bo‘lib, inson o‘z nafsi bilan, tabiat, va hatto Xudo bilan ziddiyatda, degan qarash kelib chiqadi. Beshinchisi, boshqalardan o‘zini ustun deb hisoblash. Bu qarash aksar g‘arbliklarda keng ildiz otgan bo‘lib, ular o‘zlarini boshqalardan afzal biladilar, ayrim hollarda o‘zlarining sivilizatsiyalaridan boshqasini tan olmaslik ham uchrab turadi. Aslida esa, g‘arb sivilizatsiyasi ham insoniyat sivilizatsiyasining bir qismi ekanligi esdan chiqariladi . Mazkur xususiyatlar g‘arb sivilizatsiyasining o‘tmishi va buguniga ham bir xilda taalluqlidir. Ayrim tadqiqotchi olimlar ushbu sivilizatsiyaning bir qator ijobiy tomonlari bilan brigalikda ayrim salbiy tomonlari haqida ham fikrlar bildirganlar. Aynan Abdulaziz at-Tuvayjuriyning biz asos qilib olgan kitobida ham bunday fikrlarni uchratish mumkin. Jumladan, unda g‘arbliklarning har doim ham o‘zlarida mavjud bo‘lgan diniy bilimlar va axloqiy qarashlarga mutanosib faoliyat olib bormasligi ta’kidlanadi. Buning o‘z navbatida sivilizatsiyaga og‘ir oqibatlarni olib kelishi, uning asl asoslaridan uzoqlashishi, ba’zi hollarda nizo va urushlarga ham omil bo‘lishi, natijada ilmu fanning rivojlanishi to‘sib qo‘yilishiga sabab bo‘lib qolishi mumkinligi aytiladi6.
Hind sivilizatsiyasi zamirida afsonaviy xudolarga ibodat qilish yotadi. Unda mil. avv. 475-375 yillar oralig‘ida buddizm da’vat etgan ma’naviy, axloqiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan me’yorlarga chaqiriladi. O‘z navbatida, Hind yoki Gupta tsivilizatsiyasi Hindiston, Markaziy Osiyo va Evropani vayron qilgan Xun qabilalari tomonidan yo‘q qilindi. Bu Hind sivilizatsiyasining boshqa tsivilizatsiyalar ta’sirida bosqichma-bosqich rivojlanganidan dalolat beradi. Shu tarzda ushbu sivilizatsiya turli madaniyatlar ta’siri ostida yashadi. Lekin shu bilan birga Hind yarim oroli mil. av. 1500 yillikdan to mil. 400 yilgacha hinduiylik ta’sirida bo‘lganini tarixdan ma’lum . Hind sivilizatsiyasi haqida uning dunyo ishlarini yengillashtirishga yo‘naltirilgan tafakkur va zuhdga, ya’ni tarkidunyochilikka asoslanganligini alohida aytish mumkin. Ushbu masalada Abu Rayhon Beruniyning 1030 yilda yozilgan va “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan “Tahqiq mo lil Hind min ma’quda maqbula fil aql av marzula» («Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash »)” kitobida batafsil to‘xtab o‘tilgan. Bugungi kunda Hindiston o‘zining ulkan zamonaviy tsivilizatsiyasi bilan siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy sohalarda tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
Xitoy sivilizatsiyasining xususiyati shundaki, u xolis xitoyga taalluqli bo‘lib, unga boshqa sivilizatsiyalar juda kam ta’sir ko‘rsatgan. Chunki Xitoy ikki holatdan tashqari paytlarda boshqa davlatlarga bo‘yin sunmagan. Birinchisi, mo‘g‘ul hukmdorlari davri bo‘lsa, ikkinchisi, XX asrdagi mustamlakachilik bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri, mo‘g‘ul iste’losi o‘zidan keyin katta iz qoldirdi, biroq ularning barchasi zamonlar o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketdi. G‘arb iste’losi esa, Xitoy tsivilizatsiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazib, ma’lum darajada o‘zgarishlarga omil bo‘la oldi. Konfutsiylik ta’limoti Xitoy sivilizatsiyasiga ulkan asos vazifasini bajargan omillardan sanaladi. U o‘z navbatida Xitoyning katta davlat bo‘lib shakllanishi, davlat tizimining mustahkam ildiz otishi va dunyo siyosatiga ta’sir o‘tkazishida o‘z o‘rniga ega. Shu sabab ushbu ta’limot xitoyliklar tomonidan yuksak qadrlanadi. Yapon sivilizatsiyasi. Sivilizatsiyalar tarixi bilan shug‘ullanuvchi ba’zi tadqiqotchilar Xitoy va Yapon madaniyatlarini yuqori (uzoq) sharq nomi ostida bir tsivilizatsiya deb hisoblaydilar. Lekin shunga qaramay, aksariyat olimlar ularning mustaqil tsivilizatsiyalar ekanligini ta’kidlaydilar. Shunday bo‘lsa-da, shuni ham e’tirof etish kerakki, Yapon sivilizatsiyasi uzoq tarixida Xitoydan ozuqa olgan edi. Bugungi kunda Yapon sivilizatsiyasining ko‘plab sohalarda taraqqiyotga erishganini, shu bilan bir qatorda o‘zining asl mohiyati, tilini saqlab qolib, ilmiy va sanoat jabhalarida G‘arbdan qolishmay rivojlanayotganini ta’kidlash kerak. Bir so‘z bilan aytganda, u o‘z milliyligini saqlagan holda boshqa madaniyatlarning ijobiy yutuqlarini tez sur’atlarda o‘zlashtiruvchi tsivilizatsiyaga namuna bo‘la oladi, deyish mumkin. Lotin Amerikasi sivilizatsiyasi. Bugungi Lotin Amerikasi sivilizatsiyasi qadimgi Andik, Anka, Mayya va Astek madaniyatlaridan tashkil topganini hamda Yevropa sivilizatsiyasi ta’sir ostida katoliklik ruhiyati bilan yo‘g‘rilganini aytish mumkin. Bu holat fan, adabiyot, musiqa, ijtimoiy odatlar, binolar qurilishi namunalarida yaqqol kuzatiladi. Shu bilan birga ko‘pgina tadqiqotchilar Lotin Amerikasi tsivilizatsiyasini G‘arb tsivilizatsiyasidan ayri holda shakllanganini hamda uning na Shimoliy Amerika va na Evropa madaniyatiga mos kelishini aytadilar. Ushbu sivilizatsiya o‘zining rang-barangligi, boshqa xalqlarda uchramaydigan xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Afrika sivilizatsiyasi. Ko‘pchilikning e’tiroficha, bugungi kunda Afrika tsivilizatsiyasi xilma-xil tillar va madaniyatlar, shuningdek bir-birlari bilan chuqur aloqalarga ega afrika xalqlari va jamiyatlarini birlashtiradigan turli darajalardan tashkil topgan tsivilizatsiyadir. Afrika sivilizatsiyasi o‘zining ildizlaridan o‘sib, alohida jihatlari, belgilari, uzoq tarixga egaligi bilan o‘ziga xos tamaddunlardan biri sifatida tanilgan7 . Afrikadagi madaniyatlar tarixi o‘tgan asrning elliginchi yillarigacha o‘rganilmay, e’tibordan chetda qoldi. Bunga sabab sifatida butun dunyoning yagona madaniyati sifatida Yevropa madaniyatiga e’tibor qaratilganligida deb aytish mumkin . Ushbu voqe’likni dunyoda madaniyatlar tarixini yoritadigan zamonaviy Yevropa va Amerikaning asosiy nashrlari ham ta’kidlaydi. Shunday nashrlar qatorida Arnold Toynbining “A Study of History” (arab tilidagi nashrning nomi “Muxtasar dirosa lit tarix”), Uilьyam Dyurantning “Sivizilatsiyalar tarixi” (arabtilidagi nashrning nomi “Qissatul hazora”), J.Uolsning “Maolim tarixil insoniya” (“Insoniyat tarixining beligalari”)larni sanab o‘tish mumkin. Ushbu kitoblar XX asrning birinchi yarmida yozilganligini hisobga olsak, fikrimiz yanada oydinlashadi. Afrika madaniyatlarining boy merosi haqida qadimgi arab manbalaridagina ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Afrika qit’asiga kirgan musulmonlar o‘zlari bilan madaniyatni ham olib keldilar va har bir sohada ma’rifatni keng yoydilar. Ajablanarlisi shundaki, Afrika qit’asi dunyoning eng qadimgi qi’alaridan bo‘lishi va ba’zi tarixchilar tomonidan insonning birinchi vatani ekanligi e’tirof etilishiga qaramay, tashqi olamga va hatto ichki olamga ham yaxshi ma’lum emas edi. XIX asrga kelibgina geografik kashfiyotlar natijasida u haqidagi ma’lumotlar keng tarqala boshladi. Shunday qilib, sivilizatsiyalarga xos umumiy jihatlardan biri ulardan birining boshqasi ketidan kelishi, har bir katta va kichik tsivilizatsiyalarning negizida undan oldin o‘tgan sivilizatsiyalarning yashirin etishidadir. Bu holni toki biror sivilizatsiya haqida yangi sahifadan hikoya boshlagunga qadar davom etishi kuzatish mumkin bo‘ladi. G‘arbdagi ayrim olimlar “gumanizm” (insoniylik) sifatini Yevropa sivilizatsiyasiga va “sivilizatsiya” so‘zini faqatgina g‘arbga nisbatan qo‘llaydilar. Bu boradagi haqiqat shundan iboratki, g‘arb sivilizatsiyasi insoniyat tarixida mavjud bo‘lgan tsivilizatsiyalardan biridir. Barchaga ma’lum qolgan sivilizatsiyalarni hech qachon tarix sahifalaridan o‘chirib bo‘lmaydi. Chunki Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi, shu jumladan, islom sivilizatsiyasi ham mustaqil sivilizatsiyalar bo‘lib, ular o‘zining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. 2001 yilning BMT tomonidan “Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot” yili etib belgilanishi ham yuqoridagi fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Shunga binoan g‘arb sivilizatsiyasini markaziy va yagona, deb qarash da’vosi xalqaro me’yorlarga ham tarixiy va geografik haqiqatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shunday ekan, bugungi kunda sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot chaqirig‘i insoniyat hayotidagi oqilona, xalqaro munosabatlardagi to‘g‘ri yo‘l sanaladi. Islom sivilizatsiyasi esa, muloqot maktubini olib boruvchi hazoradir. Tan olish kerakki, unda boshqa madaniyatlarda har doim ham uchrayvermaydigan e’tiqodiy va insoniy xususiyatlar borki, bu bilan u tinchlikni, xotirjamlikni butun insoniyatga etkazadi. Nemis sharqshunos olimasi Zingfrid Xenka «Arab quyoshi g‘arbga ziyo sochadi» nomli yirik asarida bu masalani atroflicha yoritgan. Xususan, kitobning «Madrasaga qatnayotgan xalq» deb ataluvchi bobida g‘arb aholisining 95 foizi savodsiz bo‘lgan, buyuk Sharl qarigan chog‘ida o‘qish, yozishni qiynalib o‘rganayotgan, hatto ibodatxonalarda qalam tutishni biladiganlar nodir bo‘lgan IX – XII asrlarda islom olamining shaharu qishloqlaridagi minglab madrasalar millionlab o‘g‘il-qizlarni kutib olayotgani haqida hikoya qilinadi. Sharqshunos olim Frants Rouzental Islom va ilm munosabatlariga bag‘ishlangan «Ilm tantanasi» nomli yirik asarida Islom dini mag‘iz-mag‘zigacha ilm olishga da’vatdan iborat, deb ta’kidlaydi. Kitobning kattagina bir qismiga esa, «Ilm – islomdir» degan nom berilgan. Fransuz faylasufi Jan Kondorse «Inson tafakkuri taraqqiyotining tarixiy manzarasiga chizgilar» nomli asarida: «O‘rta asrlar musulmon olamida to‘plangan ilmiy bilimlar g‘arbda Uyg‘onish davrini tayyorlash uchun xizmat qilmaganida insoniyat uchun besamar yo‘qolib ketardi», deb yozgan. Zamonamizning yirik fantast-yozuvchilaridan biri, atoqli olim Artur Klark esa islomning g‘arb olamiga, umuman, bashariyat tarixiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini yanada yuqori baholaydi. Uning fikricha, Islom Andalusiya bilan cheklanib qolmay, butun Yevropaga tarqalganida er yuzida taraqqiyot 1000 yil olg‘a ketar va hozirda insoniyat sayyoralar u yoqda tursin, yulduzlargacha etib borgan bo‘lar ekan. O‘rta asrlar birgina Iskandariya dorilfununining o‘zida ba’zan 14000 atrofida talaba o‘qigani, kutubxonasida esa 700000 jild kitob bo‘lgan aytiladi. Bu ajablanarli emas, misol uchun xalifalardan birining kutubxonasidagi kitoblar katalogining o‘zi 40 jild edi. Ajablanarlisi shuki, hayvonot va nabotot bog‘lari, rasadxonasi, jarrohxonasi kabilar ham bo‘lgan ushbu dorilfununda ilm-fanning barcha sohalarida istalgan dindagi kishilar o‘qishi mumkin bo‘lgan. Xalifa Ma’mun matematik Levni o‘z shahriga olib kelishiga ijozat so‘rab, Vizantiya imperatoridan shunday iltimos qilgan edi: «Dinimiz yoxud mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tafovutlar bois o‘tinchimni rad etmagaysiz. Do‘stlik udumlariga muvofiq ish tutgaysiz, degan umidim bor. Evaziga men sizga yuz qadoq tilla, abadiy ittifoq va sulhni taklif etaman». Xalifa Xorun ar-Rashid va Ma’mun davrlarida Bag‘dodda o‘sha davr akademiyasi – Baytul hikmat («Donishmandlik uyi») tashkil etilib, qadimgi yunonlarning jamiki ilmlariga oid asarlari tarjima qilingan. Shuningdek, boshqa xalqlar tilidan o‘giriladigan tarjimalarga ham e’tibor katta bo‘lgan. Masalan, hindlarning «Kalila va Dimna» asari qadimgi sanskrit tilidan o‘girilgan edi, zamonlar o‘tishi bilan asl nusxasi yo‘qolganidan keyin arabcha tarjima eng qadimiy matn bo‘lib qoldi. Ma’lumki, Qadimgi Yunoniston va Rimning fani hamda madaniyati tanazzulga uchragan davrdan to Islom borguniga qadar Evropa ko‘p asrlik zulmat qo‘ynida qolgan edi. Islom hadsiz-hisobsiz ilmlarni olib borib, Evropa xalqlarini g‘aflat uyqusidan uyg‘otdi. Uyg‘onish davrini boshlab berdi. Masalan, musulmonlar Andalusiyaga hisob ilmini berishdi, «algebra», «algoritm» so‘zlari buyuk bobomiz al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liqligini butun dunyo e’tirof etadi. Hatto Rim papalaridan biri sanoqni arabchada o‘rgangani tarixdan ma’lum. Musulmonlar Evropaga texnika, astronomiya, harbiy ishga oid ilmlarni olib borishdi, porox va kompas sovg‘a qilishdi. Paxtaning inglizcha nomi «kotton» arabcha «qutun» so‘zidan, «kofe» arabcha «qahva» so‘zidan olingan. Musulmonlar Yevropaga jug‘rofiya, kemasozlik, dengizchilik ilmlarini in’om etdi. Bu esa Buyuk jo‘g‘rofiy kashfiyotlarga turtki bo‘ldi. «Kapitan» so‘zi ham arabcha «qubton»dan olingani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Islom tabobati evropaliklarga bemorlarni davolashni, shifoxonalar qurishni o‘rgatdi. Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari Yevropa dorilfununlarida 600 yil mobaynida talabalar uchun tabobat bo‘yicha yagona qo‘llanma bo‘lib kelganini butun dunyo e’tirof etadi. Islom sivilizatsiyasi bugungi kundagi boshqa sivilizatsiyalar bilan muloqot qila oladimi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bunday muloqot to‘laligicha bo‘lish imkoniyatiga ega. Bunga sabab sifatida birinchi galda o‘tgan o‘n to‘rt asrlik tarix buning yorqin namunasi bo‘lganini misol qilib keltirsak, ikkinchi o‘rinda islom sivilizatsiyasining xususiyatlari uni boshqa sivilizatsiyalardan aslo uzoqlashtirib qo‘ymasligini aytish zarur. U insoniyatni muloqot va o‘zaro ahl yashash tomon chorlaydi, ularni birlashish, bir-birini tushunish, izlanish va madaniy yangilanishga chaqiradi. Islom hazorasining insoniyat taraqqiyotida alohida mas’uliyati va roli bor bo‘lib, unda yangilanishni taqozo etadigan barcha hayotiy unsurlar mavjud. Chunki unga islom tabiati singdirilgan va u Yaratganning butun insoniyatga, har bir zamon va makonga mos qilib yuborgan risolatidir8. Har bir sivilizatsiyaning asosiy maqsadi insonni uyg‘otishdir. Agar inson o‘zining jaholati, vahshiyligi va adashuvi kabi xislatlari bilan o‘ralashib qolsa, tsivilizatsiya ham buziladi va natijada rivojlanishdan to‘xtaydi. Bu holda uning moddiy taraqqiyotining o‘zigina qolib, ma’naviy-ruhiy tomoni etarlicha komil bo‘lmagani sababli undan etarlicha foyda olinmaydi. G‘arb sivilizatsiyasida aynan shu masalada oqosoqlik kuzatilmoqda. Shu sabab ham u qalb xotirjamligi, taskinlikni bera olmayotgani ayni haqiqat. Aksincha islom hazorasi esa, bularni bera oladi. Chunki unda imon lazzati, insoniylik qadrlanadi. U bashariyatga faqatgina rivojlanishni o‘rgatmaydi, balki rivojlanish bilan birga insoniy qadr-qimmatni, yaxshilikni, fazilatni, tinchlikni, butun mavjudotlar bilan bir bo‘lib yashashni, ahillikni o‘rgata oladi. Shuni esdan chiqarish kerak emaski, islom tsivilizatsiyasi biror bir yo‘nalishning shiori yoki amalga oshirib bo‘lmas tasavvuri yoki faqatgina fikriy namunagina emas, balki u hayotiy voqe’lik, uni musulmon ummati tiriltirgan, uni barpo qilishda esa, musulmonlar va ular bilan hamnafas yashagan boshqa din vakillari ham ishtirok etgan. Shunday ekan, islom tsivilizatsiyasini yaratuvchilari, uning kelajagi, istiqbol yo‘nalishlarini belgilovchilari va hamda himoya qiluvchilari ham aynan musulmonlarning o‘zlaridirlar. Bu esa bugungi va kelajak avlodning mas’uliyati va vazifasi sanaladi. Xalqlar o‘rtasida madaniy muloqotni kuchaytirish maqsadida musulmon dunyosi nomidan Islom hamkorlik tashkiloti BMTga sivilizatsiyalararo muloqot bo‘yicha xalqaro yil belgilash bo‘yicha taklif bilan chiqqan edi. Shunga binoan, BMT Bosh assambleyasi 2001 yilni “sivilizatsiyalar o‘rtasidagi Birlashgan millatlar tashkiloti yili” deb e’lon qildi. Bu borada Islom Hamkorlik Tashkilotining tashqi ishlar vazirlari tomonidan chiqarilgan qarorga muvofiq, Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha ISESCO tashkiloti ko‘plab tadbirlarni amalga oshirdi . ISESCO sivilizatsiyalararo muloqotga chorlab, asosan uch yo‘nalishda hamkorlik qilish g‘oyasini ilgari surgan edi: - Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot; - Madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot; - Din vakillari o‘rtasidagi muloqot. ISESCO tomonidan muloqot tushunchasining ilmiy asosi yaratildi, natijada siyosiy tafakkur va zamonaviy madaniyatdagi muloqot tushunchasi yangi, almashinib turadigan tushunchalardan iborat bo‘lgan terminlar qatoriga qo‘shildi. Bungacha bunday tushuncha xalqaro hujjatlarda ham yo‘q edi. Chunki BMT Nizomi, Inson huquqlari deklaratsiyasi, Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar bo‘yicha xalqaro paktlar, Madaniy va siyosiy huquqlarga asoslangan xalqaro bitimlar, xalqaro madaniy aloqalar printsiplari deklaratsiyasida ham bu borada eslatma ham mavjud bo‘lmagan edi. Shunga binoan, muloqot qonuniy tushuncha emas, balki siyosiy, mafkuraviy, madaniy, tsivilizatsiyaviy tushuncha ekanligi ta’kidlash kerak. Aksincha, bizning madaniy va hazoriy merosimizda muloqot katta ma’no kasb etadi, islom madaniyati va sivilizatsiyasida asosiy qism bo‘lgan kuch va tayanchni bildiradi. Muloqot islom sivilizatsiyasining qadriyatlari va islomning belgilaridan biridir. ISESCO tashkilotining qarashi bo‘yicha, muloqot mustahkam asoslarga qurilgan va quyidagi uchta banddan iborat: - O‘zaro ehtirom; - Insof va adolat; - Mutaassiblik va adovatga qarshi kurashish. Muloqot masalasi islom olamining diqqat markazida bo‘lishi va quyidagi uchta yo‘nalishga qaratilgan bo‘lishi kerak: Birinchidan, muloqotning maqsadi musulmon dunyosining oliy manfaatlarini o‘zida aks ettirish kerak. Tomonlarning birida islom dini ishtirok etadigan har qanday hujjatlarda sivilizatsiya yoki madaniyatlar o‘rtasida qarama-qarshilik aslo bo‘lmasligi darkor. Shuningdek musulmon ummati qatnashadigan Islom hamkorlik tashkilotining sammit va vazirlar darajasidagi yig‘ilishlarida ham ziddiyatlarga sabab bo‘ladigan qarorlar bo‘lmaydi. Ikkinchidan, muloqot umuminson manfaatlariga qaratilgan bo‘lishi, aksincha taraflarga hech qanday foyda keltirmaydigan biror bir g‘oyaviy-aqidaviy masalalar atrofida qolib ketmasligi kerak. Shu bilan birga inson huquqlaridan sanalgan sof e’tiqodga nisbatan bo‘ladigan yondashuvlarni aniq belgilab olish, zulm, adovat, quvg‘in va buzg‘unchilikning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashish hamda har bir muloqotdan keyin tomonlarning bayonotlar bilan chiqishiga erishish zarur. Ushbu bayonotlarda e’tiqod vakillarining huquqlari ayrim buzg‘unchi tomonidan buzilib turishini aks ettirish, buni faqatgina siyosiy, qonuniy, kuch ishlatish ko‘rinishidagina emas, balki haqiqat, adolat, diniy manfaatlar nuqtai nazaridan ham bayon etish. Uchinchidan, sivilizatsiya va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotga tegishli har bir masalada islom bilan bog‘liq jihatlarni atroflicha bayon etish. Har bir muloqotga kirishuvchi rasmiy musulmon vakili amaliy, ilmiy, fikriy, madaniy masalalarning barchasida muloqot mavzularini shunday darajada puxta tuzishi kerakki, xohlagan kishi unga xohlagan paytda yoki imkoniyat bo‘lganda qo‘shilishi mumkin bo‘lsin. Islom olamidagi tsivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni amalga oshiruvchilar yuqorida aytilgan yo‘nalishda ish yuritsalar, avvalambor islom ummatining oliy manfaatlariga xizmat qiladigan ijobiy natijalarga erishgan bo‘lar edilar. Shuningdek manfaatlarni himoya qilish, muammolar hal etilishiga yordam bergan, xalqaro aloqalar rivojlangan dunyoda esa, tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shgan hamda Allohga bo‘lgan imon ziyoda bo‘lgan va insonlarning yashashi yaxshilangan bo‘lar edi . XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, islom sivilizatsiyasi asrlar osha o‘zining yangilanib turuvchi, o‘zgarishlar bilan hamohang bo‘ladigan, rivojlanishlarga moslashadigan, insoniyat sivilizatsiyalariga zid bo‘lmaydiganligini isbotlab berdi. Islom sivilizatsiyasi bunyodkorlari bo‘lgan musulmonlar taraqqiyot va uning mazmun-mohiyatini o‘zlashtirdilar, uning asoslarini yaratdilar, hayotlarida amaliy jihatlarini shakllantirdilar. Islom sivilizatsiyaning ortga qaytish bosqichida esa, musulmonlar islom asoslari va islom sivilizatsiyasining bosh maqsadi bo‘lgan rivojlanish g‘oyasidan chekindilar. Natijada ular zaiflashdi va taraqqiyotdan qolib ketdilar. Lekin islom sivilizatsiyasining asoslari salomat, zamonlarning o‘tishi uni o‘zgartirib yubormadi. Shu tarzda musulmonlarning faoliyatlari ularning sivilizatsiyasida aks etmoqda. Ularning o‘zlari islom tsivilizatsiyasining ham quruvchilari va ham saqlovchilaridirlar. Shunday ekan, musulmonlarning taraqqiyotdan ortda qolishi islom sivilizatsiyasining qismatiga aylandi. Bugun islom olami insoniyat tamaddunini rivojlantirishga yaqin turibdi va qo‘ldan boy berilgan barcha sohani egallashga harakat qilmoqda. Chunki bashariyatga ma’rifatning turli sohalarini taqdim qilgan va taraqqiyotni ato etgan islom sivilizatsiyasi yana rivojlantirish salohiyatiga ega. U go‘yo qalin bulutlar orasidan chaqnab chiqadigan zarrin nurlardek olamni yoritishi mumkin. Aniqki, islom tsivilizatsiyasi ertaning tsivilizatsiyasi. Islom dunyosi bugungi holida qolib ketmaydilar, bu uzoq davom etmaydi ham. Chunki bu holat tabiiy jarayon va insoniyatning hayot yo‘liga to‘g‘ri kelmaydi. Musulmonlar o‘z tsivilizatsiyalarini yangidan barpo qilishlari uchun o‘zaro jipslashishlari va bir-birlariga yordam berishlari lozim. Shundagina ularning tsivilizatsiyalari barcha insoniyatga yana namuna bo‘la oladi. Aslida ham islom sivilizatsiyasining rivojlanishi musulmonlarning buguni va kelajagi uchun ulkan mas’uliyatdir. FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR Абдулазиз бин Усмон ат-Тувайжурий. Хасоисул ҳазоратил исламия ва офоқул мустақбал. ISESCO нашри, 2002 йил. Абу Зайд Шалабий. Тарихул ҳазоратил исламия вал фикрил исламий. Мактабатул Ваҳб нашриёти, 2012 йил. Мирзиёев Ш. Таълим ва маърифат – тинчлик ва бунёдкорлик сари йўл. 18.10.2017. Мирзиёев Ш. Ижтимоий барқарорликни таъминлаш, муқаддас динимизнинг софлигини асраш – давр талаби. 15.06.2017. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ислом ҳамкорлик ташкилотининг фан ва технологиялар бўйича биринчи саммитидаги нутқи. 10.09.2017. Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида нутқи. 19.09.2017. “Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузурида Ўзбекистондаги Ислом маданияти марказини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори. 23.06.2017. D.R.Maxsudov. “Islom tarixi o’quv-uslubiy majmua”. – Toshkent Islom Universiteti, 2017. Ahmad Muhammad. “Islom hazorasi”, Toshkent “Movarounnahr”, 2004. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Islom tarixi” 2-kitob. Toshkent: Hilol Nashr, 2017. Internet saytlari: www.islom.uz www.referat.uz www.arxiv.uz www.ziyouz.com 1 Ahmad Muhammad. “Islom hazorasi”, Toshkent “Movarounnahr”, 2004. 2 Ahmad Muhammad. “Islom hazorasi”, Toshkent “Movarounnahr”, 2004. 3 www.wikipediya 4 www.ziyouz.com 5Абу Зайд Шалабий. Тарихул ҳазоратил исламия вал фикрил исламий. Мактабатул Ваҳб нашриёти, 2012 йил. 6 www.arxiv.uz 7 www.refarat.uz 8 www.islom.uz Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling