Islom ta’limoti Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi


Allohning borligi va birligiga imon keltirish


Download 85.81 Kb.
bet11/14
Sana22.10.2023
Hajmi85.81 Kb.
#1716389
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4-Mavzu Islom dini. Islom ta’limoti Reja-hozir.org

Allohning borligi va birligiga imon keltirish Quyidagi sura nozil bo‘lgan:

Ixlos surasi. Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).


  1. (Ey, Muhammad!) ayting: “U Alloh yagonadir.



  1. Alloh Samad (ehtiyojsiz, hojatbaror)dir.


  2. u tug‘magan va tug‘ilmagan ham.


  3. Shuningdek, Uning hech bir tengi yo‘qdir”.1





  1. Farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar nurdan yaratilgan bo‘lib, Allohning buyruqlarini so‘zsiz bajarib, amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabroil, Mikoil, Azroil kabi farishtalar nomi Qur’onda zikr etilgan. Jabroil farishtaning vazifalariadan biri Allohning vahiylarini etkazish bo‘lgan. Qur’onda farishtalar haqida aytilgan, shuning uchun farishtalarga ishonish imonning shartlaridan biri.



    1. Ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh taolo Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan.



Ilohiy kitoblar –muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy ta’limotga ko‘ra, Alloh o‘tgan payg‘ambarlarning ba’zilariga saqifalar, ba’zilariga esa kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob.
Bulardan 10 sahifani Odam (as)ga, 50 sahifani Shis(as)ga,
30 sahifani Idris(as)ga,

  1. Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. “Тошкент ислом университети”, 2007, 604 б.


22
10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan.


Muso (as)ga Tovrot,
Dovud (as)ga Zabur,
Iso(as)ga Injil
va Muhammad (sav)ga Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitoblar va sahifalar bir yo‘la bir da’fada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on xazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan. 2
Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan.

Download 85.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling