Islom taraqqiyot banki: kelib chiqishi, maqsadi va vazifalari 20.112 guruh talabasi Ilmiaminov Xusniddin Mundarija: Islom taraqqiyot banki - Islom taraqqiyot banki(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning Hududiy ofislari 1994 yili Rabot(Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur(Malayziya)da, 1997 yili Olma-Ota(Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar(Senegal)da ochildi.Bank shuningdek 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O‘zbekiston va Yamandir.
ITBning asosiy vazifasi: - a’zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashdan iborat
ITBning qarashlari: - 020 yilga a’zo-mamlakatlar inson kapitalini barqaror rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jahon miqyosidagi taraqqiyot banki bo‘lish.
- 2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.dollar)ga ko‘tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd.islomiy dinorga oshirildi. Ushbu qaror a’zo-mamlakatlarning moliyalashtirish mablag‘lariga bo‘lgan katta ehtiyoji bilan bog‘liq. So‘nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari(Moody”s, Standard&Poor”s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi- “AAA” va qisqa muddatli oliy barqaror kredit reytingi – “A+” berib kelinmoqda. 2013 yilning dekabrida ushbu reytinglar yana tasdiqlandi. 2014 yilning iyunida ITB boshqaruvchilarining yillik 39-yig‘ilishida faoliyat boshlangani 40-yilligi(hijriy bo‘yicha) nishonlandi. Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi ITBni nol xatarli halqaro banklar guruhida ekanini aniqladi.
- Yevropa Ittifoqining Komissiyasi ham ITBni xatarsiz moliyaviy taraqqiyot muassasasi sifatida tasnifladi. ITB BMTning Bosh Assembleyasida kuzatuvchi maqomini oldi. ITBning muassasalari IHT Bosh kotibiyati va muassasalari, Xalqaro taraqqiyot banki, BMT taraqqiyot tashkiloti, Hududiy rivojlantirish tashkiloti, Milliy rivojlanish jamg‘armalari va nodavlat tashkilotlari kabi bir qator tashkilotlar bilan taraqqiyot sohasida yaqin aloqa qilib kelmoqdalar. Islom taraqqiyoti banki ITB guruhidan iborat bo‘lgan maxsus tashkilot va jamg‘armalarni ta’sis etdi.
ITB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. - ITB a’zo-mamlakatlarga, davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi qishloq xo‘jaligi va infratizilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar beradi. Ushbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo-mamlakatlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
- Tashkil topgan vaqtidan boshlab ITB moliyalashtirgan mablag‘lar umumiy hajmi 2013 yilning oxiri holatiga 97,8 mlrd.dollarni tashkil etdi, undan 46,9 mlrd.dollari(48%) loyihaviy moliyalashtirishga, 49,8 mlrd.dollari savdoni moliyalashtirishga va 0,7 mlrd.dollari(1%) maxsus yordam uchun yo‘naltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |