Islom teologiyasi va tarix falsafasi
Insonning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy qarashlar
Download 38.74 Kb.
|
ISLOM TEOLOGIYASI VA TARIX FALSAFASI
Insonning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy qarashlar
Insonning paydo bo’lishi, uning omillari, sharoitlarini ilmiy asosda o’rganish masalasi atrofidagi ilmiy-nazariy munozaralarni yaxlit tizimga solishga urinish fanda juda katga tarixga ega emas. U keyingi ikki-uch asr mobaynida turli nazariy qarashlar, ehtimollar, aniq isbotini topolmagan qarashlar tizimi sifatida yuzaga keldi va hali-hamon xilma-xil yondashuvlar davom etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, inson antropogenezi, sotsiogenezi, uning biologik, fiziologik, psixologik rivojlanish tamoyillari, shakllanish jarayonlari, evolyutsiyasi bir qarashda fanda o’z isbotini topganday, ma’lum bir ilmiy-nazariy umumlashmalar, xulosalar, asoslar yaratilganday ko’rinadi. Biroq bu qarashlar va nazariyalarning turli-tumanligi, xilma-xilligi nuqtai nazardan qaraganda hali fan insonning paydo bo’lishi to’g’risidagi aniq bir xulosaga kelmaganidan dalolat beradi. Insonning paydo bo’lishi haqidagi ilmiy tasavvurlarning bir yo’nalishi tadrijiylik nazariyasi bilan asoslanadi. Bu bevosita Er sayyorasining fizik, kimyoviy, biologik tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan xulosalarga borib taqaladi. Boshqa bir olimlar esa Quyosh tizimining ilk tumanliklari nazariyasi bilan bog’laydilar. Bunda tabiiy hodisalar, koinotdagi o’zgarishlar, fazoviy holatlar keltirib chiqargan shart-sharoitlarni, hodisalarning inson paydo bo’lishi va rivojlanishiga qulay muhit yaratganligini ro’kach qiladilar. Ingliz tabiatshunosi Darvin o’zining «Zoonomiya» kitobida hayvonlarning genezisi va tadrijiy rivojlanish jarayonlarini tashqi muhit bilan bog’lab izohlaydi. Jan Lamark esa yaxlit organik olam evolyutsiyasi xususida gapirar ekan, u hayvonot, o’simliklar va boshqa turlarning rivojlanish asoslarini birmuncha o’rganib, unda tashqi tabiiy ta’sir, tabiiy iqlim natijasida jonli tananing moslashishi orqali asta-sekinlik bilan murakkablashib borishi, ichki salohiyatning, hayotga intilishning va yashashga ishtiyoqning tadrijiy ravishda rivojlanib borishi jarayonini insonning paydo bo’lishiga asos deb biladi. Umuman olganda insonning paydo bo’lishi va uning «aqlli odam» darajasiga etguniga qadar yuz million yillar o’tgani fanda ma’lum. Inson antropogenezi va tabiat taraqqiyoti bilan shug’ullanuvchi olimlarning qarashlari harholda ana shunday. Ayrim mutaxassislarning xulosalariga ko’ra dastlabki odamlar xordalilar tipiga mansub bo’lib, ular bundan yuz million yillar muqaddam noma’lum kayxoniy falokatlar, tabiiy hodisalar tufayli yo’q bo’lib ketgan. Umurtqalilarga mansub bo’lgan dinozavrlar esa 60 million yil muqaddam sut emizuvchilar sifatida dunyoga kelgan. Insonning eng qadimiy ajdodlari sifatida gominitlar tipi paydo bo’lgan. Dastlabki nutq elementlariga, tovush orqali fikrlarini ifodalash imko-niyatlariga, qo’l harakatlari orqali nimalargadir erishish, qaysidir vazifalarni bajarish imkoniyatlariga ega bo’lgan maymunodam shaklidagi inson bundan ikki-uch million yil avval paydo bo’lgan va u tadrijiy rivojlanish, evolyutsion taraqqiyot orqali murakkab mavjudot sifatida o’zini namoyon qila bilgan. Ana shu murakkablik bevosita tana tuzilishi, yashashga intilish holatlari, ilk aqliy kurtaklar va ong elementlarining paydo bo’lishi jihati bilan alohida ajralib turadi. Ana shu tarzda ular fanda qadimgi odam maqomini egallashdi. Boshqacha qilib aytganda, 150 ming yil muqaddam kelib chiqqan odam turining miyasi rivojlana boshlagan, nutqi birmuncha shakllangan, fikrini va munosabatini so’z orqali ifodalay oladigan, turli mehnat qurollarini yasay oladigan, ikki oyoqqa tayanib, gavdani ko’tarib, tikka yura oladigan odam sifatida o’zini ko’rsata bilgan. Bizning davrimizdagi odam – fan tili bilan aytadigan bo’lsak, «aqlli odam» turi sayyoramizda 90–100 ming yil avval paydo bo’lgan va ulkan takomillashuv, shakllanish va rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan. Yuqorida aytganimizday, insonning paydo bo’lishi haqidagi tasavvurlar yo’nalishlari fanda xilma-xil va o’ziga xosdir. Jumladan, umumkayxoniy nazariyada tadrijiylik nuqtai nazaridan umumsayyoraviy holatlar, tabiat va koinotda yuz bergan hodisalar insoniyatning kelib chiqishiga sharoit yaratganligi g’oyasi ilgari suriladi. Ayni ana shu tabiiy shart-sharoitlar tufayli hayotning vujudga kelishi, uning rivojlanishi natijasida insonning paydo bo’lishi haqidagi qarashlar bayon etiladi. Darvinizm nazariyasida esa irsiyat va o’zgaruvchanlik omillari asos qilib olinadi. Charlz Darvin (1809–1892) o’zining nazariy xulosalariga tirik tabiatning tadrijiy rivojlanish va biologik moslashish – shakllanish me’yorlarini asos qilib oladi. Jumladan, uning «Madaniy o’simliklarning va uy hayvonlarining o’zgarishi», «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish», «Inson va hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» singari asarlarida tabiatning rivojlanish g’oyalari, tirik mavjudotning shakllanish qonuniyatlari xususvda o’ziga xos nazariya ilgari suriladi. Biroq uning ta’limoti hali genetika fani yuzaga kelmagan, insonning biologik, ruxiy va ijtimoiy olami atrofdagi xulosalar shakllanmagan paytda yuzaga kelganligi yaqqol ko’rinadi. Shuning uchun uning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar, jumladan, insonning ijtimoiy mohiyati, tuyg’u, ong va aql bilan bog’liq bo’lgan qadriyati o’z ifodasini topmagan. Demak, bu ta’limot ham insonshunoslikda tugal echim maqomini egallay olmaydi. Mehnat nazariyasida esa insonga, tirik mavjudot olamiga o’ziga xos urg’u beriladi va uning kelib chiqishi turli tub o’zgarishlar, inqilobiy yangilanishlar mahsuli sifatida talqin etiladi. Bu jarayonda, albatga, mexnatning o’rni va roliga alohida e’tibor beriladi. Ayni ana shu nazariyaga ko’ra insonning qaysi hayvondan qanday tarzda, qanday holatda kelib chiqqanligi to’g’risidagi masalalarga javob izlanadi. Bunda ham Charlz Darvin g’oyalari birmuncha ustuvorlik kdladi. Jumladan, odam dastlab maymunlar, xususan, odamsifat maymunlar – shimpanze va gorilla bilan inson qiyofasi o’zaro o’xshashligi asos qilib olinadi. Biroq, mehnat nazariyasiga ko’ra insonning maymundan kelib chiqqanligi haqidagi qarashlar fanda hamon muammoligicha qolmoqtsa. Masalaning diqqatga sazovor tomoni shundaki, Ch. Darvinning materialistik qarashlariga asoslangan evolyutsion taraqqiyot nazariyasi islom dunyosida – tasavvuf falsafasida bir necha asr oldin mohiyatan yaqin, shaklan butunlay boshqa holatda kashf etilgan. Masalan, materialistik qarashlarda moddiyat birlamchi bo’lib, moddiy manfaatdorlik, nafs va hayot zavqi ustuvorlik qilsa, tasavvuf falsafasvda ruh, ma’naviy taraqqiyot, etuklikka intilish, kamolotga erishish ishtiyoqi balandlik qiladi. Jumladan, Jaloliddin Rumiy (1207–1273) qarashlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ya’ni unda «Inson yaralishidagi tadrijiylik holati va asoslarini ma’dandan o’simlikka, o’simlikdan hayvonga, hayvondan insonga qarab rivojlanish tizimini ko’zda tutadi». Insonning tadrijiy kamoloti, etuklikka intilib borish jarayonida ruhning bosqichma-bosqich taraqqiyoti xususida gapirar ekan, Aziziddin Nasafiy (1240– 1300) «Har bir yangi doiradan boshlab yangi ibtido boshlanadi va u kamolotga erishish uchun darajama-daraja intiladi», – deydi. Agar hozirgacha mavjud ilmiy qarashlar va nazariy xulosalar hamda hozirgi zamon tsivilizatsiyasi yutuqlari tahlil etilsa, inson hamisha kamolotga muhtoj va umri davomida evolyutsion taraqqiyot, tadrijiy takomil, o’zini o’zi uzluksiz rivojlantirib borishga ehgiyoj sezishi zarurat ekanligi ma’lum bo’ladi. Olamning yaratilishi, insonning vujudga kelishi va kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlari Sharqda o’ziga xos tarzda talqin etiladi. Bu bevosita milliy tafakkur tarzi, Sharqu G’arb o’rtasidagi tafovutga, munosabatlar va qarashlarning turlichaligiga olib kelgan ruhiyat, fe’l-atvor, ma’naviy-axloqiy mezonlar natijasi sifatida yuzaga keldi. Sharqda azaldan tarixga qiziqish, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini o’rganish keng taraqqiy topgan. Bu qadimiy makonda inson va kishilik jamiyati, uning dunyoga kelishiga doir tarixiy-falsafiy, tarixiy-badiiy asarlar ko’plab yaratilgan. Jumladan, Abu Ja’far Tabariy (839–923) o’zining «Tarixi Tabariy», «Ta’rix ar-rasul val-muluk» (Payg’ambarlar va shohlar tarixi) nomli asarlarida eng qadimgi davrdan 915 yilgacha bo’lgan voqealar ancha keng va batafsil bayon etiladi. Abu Bakr Narshaxiyning (899–959) «Tahqiq al-viloyat» (Mamlakat haqida aniq tadqiqotlar), «Ta’rixi Buxoro», «Axbor al-Buxoro» singari asarlari tarixiy tahlil, voqealar va hodisalarning falsafiy-mantiqiy ifodasi bilan alohida ajralib turadi. Abu Muhammad al-Kufiy (926 yilda vafot etgan) «Futuhi ibn A’sam», arab tarixchisi va faylasufi Abu Ali Miskovayx (1030 yidda vafot etgan) «Adab al-arab val-furs» (Arab va forslarning axloq qoidalari) hamda olti jilddan iborat «Tahsil alaxloq»(Axloqiy tarbiya) nomli kitoblarida umumiy tarix, insoniyat yaxlit o’tmishining taraqqiyot omillari, bir qator xalqlarning an’analari, turmush tarzi, hayot tajribalari va tafakkur qirralari bayon etilgan. Abul-Hasan al-Jazoiriyning (1160–1233) 12 jilddan iborat umumiy tarix haqidagi kitobi uning tarixiy tafakkur va tarixiy jarayonlarni tahlil etishda o’ziga xos maktab yaratganidan dalolat beradi. U Tabariy va Bayhaqiylarning ilmiy tajribalariga tayanib, ularni rivojlantirdi. «Olamning yaralishi»dan o’z davrigacha bo’lgan tarixni falsafiy tahlil etdi va tarixiy tafakkurning falsafiy taxliliga doir jiddiy tadqiqotni amalga oshirdi. «Komil fi tavorix» (Mukammal tarix) nomli asari Jazoiriyning tarix falsafasi sohasidagi juda katta ilmiy jasoratidan dalolat beradi. Rashididdin Hamadoniy (1248–1318) o’zining betakror tarixiy-falsafiy qarashlari, noyob ilmiy-nazariy kashfiyotlari bilan mashhur bo’lgan allomadir. U muarrix, geograf, tabiatshunos, faylasuf, etnograf va antropolog sifatida o’z davrida nom chiqargan edi. Uning «Ta’rixi g’azaniy», «Ta’rixi muboraki g’azaniy» nomli asarlarida insonning yaralishi, olamning paydo bo’lishi va qadimgi dunyodan 1300 yillargacha bo’lgan mo’g’ullar tarixi bayon etilgan. V.V. Bartold xulosalariga ko’ra Rashididtsin Hamadoniyning asarlari – tarixiy qomus, qaysiki bunday mukammal asar Osiyoda ham, Yevropada ham biror bir xalqda yo’q. Uning mukammalligi, boshqa manbalarda uchramaydigan tahliliy-mushohadaliligi, tarixni talqin etishda mutlaqo o’ziga xosligi shundaki, Yevropa, Hindiston, Xitoy, Eron, mo’g’ullar istilo etgan turk mamlakatlari va xalqlari tarixi juda keng miqyosda tad-qiq etiladi. Tarixiy jarayon oqimida tahlil orqali falsafiy tafakkur yorqin namoyon bo’ladi. Tarixiy jarayonlar, voqealar, hodisalar tarixiy-falsafiy, ijtimoiy-mantiqiy uslubda o’rganiladi. Xullas, jahon tarixi va umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari, asoslari, omillari va yo’nalishlari ancha chuqur tadqiq etiladi. Aslini olganda olamni tadqiq etish, insonni tushunish, uning rang-barang va xilma-xil olamiga qiziqish Sharqda G’arbga nisbatan ancha ilgariroq yuzaga kelgan va bu o’z-o’zidan ilmiy qarashlar orqali fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va taraqqiyotiga o’ziga xos zamin yaratdi.
Download 38.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling