Islombek, [28/01/2023 21: 50]


Download 46.75 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi46.75 Kb.
#1143044
Bog'liq
sd




ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Odamlar ish kunini internetdan boshlab u bilan tugatadigan bo‘lib qoldi. Agar o‘tgan asrning 90-yillar o‘rtalaridagi yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda kompyuter va internetdir. Masalan, 50 000 000 lik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyesiga 10 yil kerak bo‘lgan bo‘lsa, bu bosqichni internet juda qisqa vaqt ichida bosib o‘tdi.


Ha, axborot va kommunikatsiya sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Oxirgi 10 yilliklar ichida axborot uzatish tizimining ishi 300 marotaba tezlashdi, narxi esa 1000 barobar arzonlashdi. Bunday hodisa yer yuzida ulkan axborot makoni yuzaga kelishiga omil bo‘ldi. Bir qarashda buni keng imkoniyatlarning tug‘ilishi, yuksak taraqqiyot deyishimiz mumkin. Biroq...


Bugungi kunda mamlakatimizda 100 dan ortiq kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil qilingan ta’lim muassasalari va ularda yoshlarning bilim olishlari hamda kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga qarab, havas qilasiz. Ammo, shuni bilamizki, hayotimizning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lmish internetdan barcha yoshlarimiz keng foydalanib kelmoqda.


O‘quvchilar orasida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishni hozirgi kunning eng global muammolaridan biri, deb hisoblayman. Internetdan foydalanish kerak, albatta. Hozirgi kunda bu zamon talabi, davr talabi hisoblanadi, lekin undan, avvalo, to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni shakllantirishimiz kerak. Internet orqali har xil qo‘shimcha ma’lumotlar olish, kerakli adabiyotlarni qidirib topish, til o‘rganish, yangi axborotlardan xabardor bo‘lish mumkin. Biroq hammamiz ham shuni bilmaymizki, internetning foydali tomoni bo‘lgani kabi zararli tomonlari ham ko‘p. Hozirgi kunda yoshlar hayotiga kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat”ning asoschisi aynan internet hisoblanadi. Internetdan kirib kelayotgan har xil yomon, zararli ma’lumotlar yoshlarimizning fikrini buzmoqda va ularni o‘z domiga tortib, hattoki loqayd va dangasa qilib qo‘ymoqda. Buyuk allomalardan biri “Hayot vaqtlardan iborat. Kimki vaqtini bekor o‘tkazsa, hayotini behuda sovuradi”, degan edi. Demak, bugungi kundagi eng muhim vazifamiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash, ular qalbida o‘z xalqi va vataniga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan asrash hamda munosib himoya qilishdan iboratdir.


Bitiruv malaka ishim quyidagi tarkibiy qimlardan iborat: Kirish- bu qismda bitiruv malakaviy ishimdagi boshlangich fikrlarni yoritishga harakat qilganman hamda yurtimizda ta;lim olamidagi ba’zi jarayonlar yoritilgan. Asosiy qismda internetni xayotimizdagi o’rni va axamiyatini yoritishga harakat qildim. Internetdan unumli foydalanishning usullarini sanab berildi. Xulosa qismida esa tavsiyalar berilgan.

Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda yoki ilmiy tadqiqotlari uchun zarur ma’lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat qilayotganlar bo‘lsa, ikkinchi toifadagilar shunchaki qiziqishiga ko‘ra, deylik, pornografik, tanishuv saytlariga kirib yoki on-layn o‘yinlari bilan kun o‘tkazish kayfiyatida bo‘lganlardir.Virtual olam insonni manipulatsiya qilmoqda. Manipulatsiya – bu fikriy qaramlik orqali o‘ziga bo‘ysundirish demakdir. Hozir bolalar yoki o‘smirlarning internet-kafeni “ikkinchi uyi”ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, on-layn o‘yinlarini o‘ynovchilar ham asosan o‘smirlardir. O‘smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o‘ziga xos davr hisoblanadi. Agar shu davrda o‘g‘il yoki qiz agressiv ruhdagi on-layn o‘yinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.




ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Virtual olamda insonning vaqtni idrok qilish tizimi buziladi, ijtimoiy faolligi kamayadi. Kompyuter qarshisida vaqt o‘tganini sezmay qolishning boisi ham shunda. Virtual vositalarning salbiy ta’siri ma’naviy-axloqiy tanazzul bilan chegaralanib qolmay, insonning immun tizimini susaytirmoqda, umurtqa pog‘onasi va ko‘z kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.


M U N D A R I J A


KIRISH


ASOSIY QISM


Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantiruvchi omillar


Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarni o’rni

Elektron pochta” mavzusini o’qitish metodikasi va namunaviy dars ishlanmasi




XULOSA VA TAVSIYALAR


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda oshiralayotgan islohotlarining bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kishi – har tomonlama rivojlangan barkamol insondir. Mamlakatimizda rivojlanishning muhim sharti zomonaviy iqtisodiyot fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlanishlarning takomillashgan tizimini yaratishdan iborat.


Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamla-katimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Fanda texnika va ilg‘or texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning maqsad, maznun, uslub va vositalarini ilmiy jihatdan ta’minlash pedagogika fanining dolzarb muammolar-ning biri hisoblangan.


O’zbekiston Respublikasida amalaga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohatlar respublikaning ravnaqini ta’minlaydigan istiqboldagi rejalarini amalga oshirishjda muhim o’rin topadi. 2017 yilga kelib davlatimizning barcha sohalarida yangi davr boshlandi, shu qatori ta’lim sohasida ham yangi islohatlar kiritildi. Bugungi kunda ta’lim ma’zmunini yangilash, takomillashtirish o’qitish samaradorligini va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg’or pedagogik tajribalarni keng ommalashtirish bo’yisha ham ancha ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qaror, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli qarori bilan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta’lim fanlari bo’yicha “Davlat ta’lim standarti” tasdiqlandi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’limi standarti bu yilgi o’quv yilidan kuchga kirib, ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan – kunga kuchayib boromoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anvaiy ta’limda o’quvchi – o’quvchini faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, musatqil o’rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Haraktlar strategiyasi to’g’risidagi”gi Farmoni 2017 yil 7 fevral PF-4947-sonli tasdiqlandi, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari belgilandi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishida, ta’lim va fan sohasida rivojlantirish uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish mehnat bozorining zamonaviy extiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish belgilab berildi.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi shundan iboratki, ta’lim muassasalarida internetdan foydalanish madaniyatini ta’lim oluvchilarga etkazishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni o‘rganish, hamda shu mavzu bo’yiha nazariy ma’lumotlarni to’plash va ular sosida tavsiyalar ishlab chiqarish, ta’lim jarayoniga tadbiq etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tadbiq qilish va qo‘llash.


Bitiruv malakaviy ishining vazifasi quyidagi vazifalar belgilandi:


1. Informatika fanini o’qitishda kompetensiyaviy yondashuv asoslari. Davlat ta’lim standart ta’hlili


2. Informatika fanini o`qitishda o`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan kompetensiyalarni shakllantirish bo`yicha ma’lumot berish.


3. ”Internet” mavzusini o`tishda kompetensiyaviy yondashuvi. O'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish uchun dars usullari va metodlarini to’g’ri tanlash.


Bugun dunyoning bir nuqtasida sodir bo‘lgan voqea, yangilik xususida yetarli axborot olishimiz uchun atigi bir necha soniya kifoya. Monitor qarshisida sichqonchasimon moslamani boshqarib, istalgan mavzuda istalgan axborotni olish mumkin. Internet bir necha o‘n yil ichida global tarmoqqa aylanib, nainki axborotlashgan jamiyatni yuzaga keltirdi, balki jahonda globallashuv jarayonining tezlashishida ham muhim omil bo‘ldi.


Internet – insoniyat tafakkuri mahsuli. Ish stolimizda turgan kompyuterga shunchaki elektron qurilma sifatida qaray olmaymiz. Internet axborot olish, almashish va uzatishning eng samarali, qulay vositasidir. Uning multimediya (tasvir, ovoz, matn) xizmati va boshqa qator qulayliklari insoniyatni virtual olamga ohanrabodek tortmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning sentabr oyida dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilar salkam 1 milliard 734 million nafarga yetgan. Vaholanki, 2000 yilda global tarmoqdan 361 millionga yaqin odam foydalangan. Yana to‘qqiz-o‘n yildan keyin bu raqamlar yana necha million nafarga ortishini tasavvur qilish qiyin emas. Chunki taraqqiyot misli ko‘rilmagan shitob bilan ilgarilamoqda.


Lekin masalaning ikkinchi, g‘oyat e’tibortalab jihati ham bor. Ba’zi mamlakatlarda virtual olamga g‘arq bo‘lish oqibatida o‘zining yoxud o‘zgalarning joniga qasd qilish odatiy holga aylanayotgani ham sir emas. Yoki qator davlatlarda real hayotni virtual hayotga almashtirgan, ruhiy nosog‘lom bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etilayotganini ham hech kim inkor etolmaydi.


Kompyuter xizmatlaridan foydalanish uchun vaqtini ham, pulini ham, alaloqibat salomatligini ham ayamaydiganlar safi tobora kengayib bormoqda. Bolg‘a bilan uy qurish ham, boshni yorish ham mumkin. Bugun yoshlarimizning, ayniqsa, bolalar va o‘smirlarning internetdan foydalanishini shu ikki holatning qay biriga qiyoslash to‘g‘ri bo‘ladi?


Internetdan keng ko’lamda foydalanayotgan o’quvchi bolalarimiz haqidagi fikrlarga quloq tutsak:—Bundan besh-o‘n yil oldin uylar atrofidagi o‘yin maydonchalari bolalar bilan gavjum bo‘lar edi. Hozir esa bolalarni ko‘proq har qadamda uchraydigan internet-kafelarda uchratasiz. Bolalar harakatli o‘yinlardan ko‘ra kompyuter o‘yinlariga qiziqmoqda. Albatta, farzandlarimizning zamonaviy axborot texnologiyalariga doir bilim va ko‘nikmalari erta shakllanib borayotgani quvonarli. Ammo bu ma’lum bir yo‘qotishlarga sabab bo‘layotganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi.


Biz talabalik chog‘imizda kutubxonalarda kitob izlash bilan vaqtimiz o‘tar edi. Bugungi talaba esa istagan adabiyotining elektron nusxasini internetdan topa oladi, ortiqcha vaqt va mehnat sarflamaydi. Bu tahsinga loyiq.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Psixolog sifatida talabalarimni kuzatib, shunday xulosaga keldimki, internet shaxsda fikriy rivojlanishni, mushohada, tahlil qilish qobiliyatini, izlanuvchanlikni va xotirani susaytiradi. Biz va bizdan oldingi avlod vakillari Navoiyning, Fuzuliyning yuzlab satrlarini yod bilgan. Hozir esa to‘rt qator satrni xotirasida saqlab qololmaydigan va shaxsiy kompyuterining xotirasiga suyanib qolgan, usiz umuman fikrlay olmaydigan yoshlar oz emas. Kompyuter, xususan, internet farzandlarimizni o‘ylamay, fikrlamay yashashga o‘rgatmayaptimikan, deya xavotirga tushasan kishi. Umumiy psixologiya fanidan yaratilgan elektron darslikni talabalarga tavsiya qildim. Mazkur darslikka ma’ruzalar matni, laboratoriya topshiriqlari va psixologik testlar bilan birga dam olish uchun mo‘ljallangan intellektual o‘yinlar ham kiritilgan edi. Bir haftadan so‘ng talabalarning darslik haqidagi fikrlarini so‘radim. Afsuski, ko‘plab talabalardan “O‘yinlari zo‘r ekan… ”, “Anovi o‘yinda o‘ninchi turdan chiqib ketish yo‘li qanday?” degan so‘zlarni eshitdim, xolos. Bu aksariyat yoshlarimizning internetga axborot manbai sifatida emas, ko‘proq dam olish vositasi sifatida qarayotganidan dalolatdir. Yulduzlar hayoti, kino olami, tanishuv, pornografiyaga oid saytlar, mohiyati zo‘ravonlikka, tajovuzkorlikka asoslangan o‘yinlar hali shaxs sifatida shakllanib ulgurmagan bolalarimizni, yoshlarimizni virtual olam domiga tortib ketayotganiga qo‘l qovushtirib qarab turmasligimiz lozim.Shu o‘rinda internet jodusidan qanday himoyalanmoq kerak, degan savol tug‘iladi. Ilmiy saytga kirib, kerakli manbani o‘qib turgan paytingizda asosan tanishuv yoki pornografik saytlar reklamasi ekranda paydo bo‘ladi. Ruhiy boshqarish quvvatiga ega bu reklamalarga e’tibor qaratish, ortiqcha informatsiyalar ortidan quvish inson resurslarini behuda sarflash demakdir. Ayrim kompyuter o‘yinlari inson ruhiyatida sadizmga moyillikni uyg‘otadi.


Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantiruvchi omillar.


Inernet bu – xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir.


Tabiyki, hozrgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda.


Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada mutahasislarning so'zlari quydagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlaridir. Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushoxada, taxlil qilish qobilyati va xotiraning o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan axborotlarni to'g'ri tanlash har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchiliktug'dirmoqda. Barchamzga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos. O'zingizga kerakli barcha ma'lumotlarni shu kabi biron bir saytning “izlash” katakchasiga yozib, chiqarilgan ko'pgina ma'lumotlar ichidan o'zingizga keraklisini tanlab olaverasiz yoki ma'lum bir saytning manzili yodingizdan ko'tarildimi, yana o'sha qidiruv sistemalari yordamga keladigan saytga aloqador kalit so'zlarini terasiz va qarabsizki o'sha sayt qarshingizda namayon bo'ladi. Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud.


Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu kompaniya Internetdagi yetakchi qidiruv tizimi hisoblanadi, dunyo bo'ylab tarmoq foydalanuvchilarning o'ntadan yettitasi u yoki bu ma'lumotlarni topish ilinjida aynan mana shu saytga murojat qilishadi. Tizim har kuni 50 mlionga yaqin so'rovlarni qabul qiladi, sakkiz milyardlab veb-sahifalarni ideksatsiya qiladi. U 101 tildagi axborotni izlab topishi mumkin.


Keyingi yillarda butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida keng ommalashib borayotgan Google tizimi 1998 – yil sentyabrda ishga tushgan. Hozirda bu kompaniyaning qidiruv tizimlaridan tashqari yana bir qator foydali va qulay hizmatlari mavjud va ular soni ortib bormoqda.


Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib keayotgan turli – tuman axborot texnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo'lsa – da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.


Bugungi kunda xarbiy hizmatchilar radio–televidenie, matbuot Internet kabi vositalar orqali rang barang axborot va ma'lumotlarni olmoqda.
Jaxon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda xarbiylarimiz ongini o'rab–chirmab, uni o'qima, buni ko'rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan orab olish hech shubhasiz zamonning talabiga ham bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga xam to'g'ri kelmaydi. Nega deganda biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o'z oldimizga qat'iy maqsad qilib qo'yganmiz va bu yo'ldan hech qachon qaytmaymiz. Binobarin, biz davlatimiz kelajagi o'z qobig'imizga o'ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o'zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang – barangligini o'z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko'ramiz. Biz butun ma'rifatli xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish o'zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Xozirgi zamon axborot tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umumiy manfaat va umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning moxiyati va unsurlarini chuqur anglash zarur bo'lib qolmoqda. Ana shu hayotiy extiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimini yaratishning quydagi usullarini qo'llash madaniyatini zarur deb hisoblaymiz: Birinchidan, sotsiologik yo'nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotining axborotini ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib, jamiyatda shakillanayotgan ijtimoiy ong yo'nalishlari ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o'rganishni yo'lga qo'yish kerak. Aholi turli qatlamlari, qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikirlash tarzini aniqlab borish zarur.


Ikkinchidan, statistik yo'nalish. Ko'p millatli mamlakatda, hususan, 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekistonda millatlararo va dinlararo mojorolarni turli siyosiy manfaatlar va buzg'unchi g'oyalar tasirida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolar manbalarini o'rganib borish, bu borada aniq hisob – kitoblarga tahliliy yechimlarga ega bo'lish.


Uchinchidan, siyosiy konfiktologiya va siyosiy psixologiya. Axborot psixologik xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg'unchi g'oyalar inson ongi va tafakkuriga o'z ta'sirini o'tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojorolar kelib chiqish mumkin bo'lgan manbalarni o'rganish, omillarini aniqlash hamda siyosiy qarashlari, ruhiyati, ijtimoiy – siyosiy psixologik izchil ravishda o'rganib borilmog'i lozim.


To'rtinchidan, mantiqiy tizimiy va funktsional tahlil. Axborot tizimi, xususan, axborot psixologik ta'sir axborot siyosati tizimi va vositasining muxim qismi sifatida baxolashi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondashib, ilmiy – taxliliy nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig'iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta'sirida shakillanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o'rganilmog'i lozim.


Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g'oyasining ustuvorligi. Har qanday fuqoro axborot bazasidan “maxsulot” tanlash jarayonida uning qalbida, ruxiyatida, kayfiyatida, fe'l atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi hatti – xarakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta'minlash. Albatta, O'zbeksiton mustaqillikning 23yili mobaynida ommaviy axborot komunikatsiyasi soxasida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo har bir fuqaroning soz va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo'llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko'paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o'ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi. Yana shuni takidlash lozimki, Internet vositalaridan o'rin olgan jamiki axborot va ma'lumotlarning hammasi ham real haqqoniy emasligi ayni paytda ayon bo'lmoqda. Bundan kelib chiqib aytish joizki, olinayotgan dalillarning qay darajada to'g'riligini ongli ravishda mushohada etish maqsadga muvofiqdir.


Shundagina Internet orqali egallayotgan bilimlarimiz hayotimizda ijobiy samara berishiga ishonch xosil qilish mumkin.


Muxtasar qilib aytganda, harbiy xizmatchilarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat – ehtirom tuyg'usini har doim shakillantirishimiz zarur.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi glaballashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Bugungi kunda axborot olamida Internet davri kelgani, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko’plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo’q, deb o’ylayman. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga oladigan bo’lsak, haqiqatan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. (Prezidentimiz Islom Karimovning 2011-yili Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo’llagan tabrigidan) Axborot mavzusi insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etib, bugungi serqirra va intensiv hayotimiz, globallashuv jarayonlarida esa axborot yanada dolzarb masala bo’lib, endilikda axborotga egalik, zamonaviy tizimlarining shakllanganligi mamlakatning demokratik rivojini sifatlovchi omilga aylandi. Yurtboshimiz rahnamoligida o’tkazilgan tizimli islohotlar, yaratilgan mukammal qonunchilik baza, aloqa va telekommunikatsiya sohasida olib borilgan texnologik modernizatsiya ishlari tufayli mamlakatimizda zamonaviy axborot sohasi barpo etildi.
O’tgan yillar davomida o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy yuksalishi, axborotga bo’lgan huquqlarini ro’yobga chiqarish, axborot erkinligini ta’minlash maqsadida zarur texnologik sharoitlar va huquqiy kafolatlar yaratildi. Har kimning fikrlash va so’z erkinligi, o’zi istagan axborotni izlashi, olishi, uni tarqatish borasidagi konstitutsiyaviy normalar milliy qonunlarimizda rivojlantirildi. Shuningdek, xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog`idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratilishini e’tirof etuvchi normalar qonunlarimizda o’z aksini topdi. Xususan, bugungi kunda axborot sohasida ommaviy axborot vositalari, shundan televideniya, Internet-kafelar, Internet provayder, davlat axborot resurslari, "ZiyoNET" yoshlar axborot portali va axborot-kutubxona muassasalari faoliyat yuritmoqda. Internetdan foydalanuvchilarning soni esa to’qqiz milliondan ortiq ketdi. Bularning barchasi fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqining ifodasidir. Global axborot makoniga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, hozirda keng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog`lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi agressiv axborotlarning (o’z joniga qasd qilishning oson yo’llarini targ`ib qiluvchi 9 ming, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyuter o’yinlari zo’ravonlik va yovuzlik, o’ta jangari ruhdagi (beshafqat urushlar, o’ldirishlar, otishmalar, portlatishlar va hokazo) Internet saytlar mavjudligi), milliy axborot makonimizga kirib kelishidir. Axborotlar tezkor Internet orqali qabul qilinar ekan, uning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. Ularning ko`pchiligi odnoklassniki.ru, facebook.com, mail.ru, twitter.com, Vkontakte.ru kabi ijtimoiy saytlarning doimiy foydalanuvchilari sanaladi. Tan olish kerakki, O’zbekistondagi jami saytlarda ro’yxatdan o’tganlar jamlansa ham yuqoridagi miqdorga yetmaydi. Ushbu raqamlar milliy saytlarimizni yoshlar uchun jozibador, mazmunli, saviyali, qiziqarli, o’ziga tortuvchi qilib yaratish masalasiga jiddiy e’tibor qilishga undaydi. Milliy saytlarimiz oldinda yurmasada, boshqa chet el saytlardagi kabi "o’ziga jalb qilish" doirasini kengaytirsa, yoshlarimiz milliy saytlarga birinchi bo’lib murojaat qilishi mumkin bo’ladi.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda) o’zlarining g`arazli manfaatlari yo’lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste’mol qilib, o’sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko’rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, ularning ongi va qalbini egallash yo’lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas. Nosog`lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan.


Jumladan, xalqaro amaliyotda "Kiber jinoyatlar to’g`risida" Konvensiya, "Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to’g`risida" Yevropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, "Bola huquqlari to’g`risida" BMT Konvensiyasini, "Yoshlarni himoyalash to’g`risida" Germaniya, "Voyaga yetmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash to’g`risida" gi, Litva "Bolalarni sog`ligi va rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi axborotdan himoyalash to’g`risida" gi Rossiya qonunlarini tilga olishimiz mumkin.


Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog`lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, "O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g`risida"gi Qonunda "O’zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo’ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi", "Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risida"gi Qonunda "Pornografiya, shafqatsizlik va zo’ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo’luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi" belgilab berilgan. Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog`lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to’g`ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo’ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning ma’naviy-ruhiy ko’magiga muhtoj. Biz o’sib kelayotgan yosh avlodning media savodxonligi va Internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirishimiz lozim.


Axborot makonining globallashuvi jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, buni amalga oshirishda jamiyatimizning keng qatlamlari: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ota-onalar va pedagoglarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.


Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarni o’rni.


Hozirgi davrda ta’limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, mana shu sababli barchamiz «yangi pedagogik texnologiyalar» atamasini ishlata boshladik. Bir misol, shaxsiy kompyuter ta’limning imkoniyatlarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Internet leptoplar ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha yanada kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. O‘zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta’lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta’lim va tarbiya tizimiga ilg‘or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog‘liq.


Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta’minotlar), elektroaloqa va antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo‘tkazgichlar va optik-tolali kabellar sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog‘liq.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni bir-biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli texnologik tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot sistemalarini yaratishga imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va idoralarni birlashtiradi hamda juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini ishlab chiqadi va bajaradi. Bu axborotlardan foydalanish xususiyatini va kommunikasiya tuzilishini tubdan o‘zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilish imkonini beradi. Ta’lim tizimi uchun bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida kommunikasiya uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.


Internet texnologiyalarning yangiligi va o‘ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish imkon beradi:


1) Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak b’ladi. Internet va «Butun jahon tarmog‘i» barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi.


2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Internet tarmog‘i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko‘plab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida qayta aloqani ta’minlash harakati.


3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron kutubxonalar — saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har qanday chegaralarni yo‘qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o‘quv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Bugungi kunda Internetga simsiz ulanishni ta’minlovchi, shu jumladan, mobil telefonlar soni Internetga ulanadigan shaxsiy kompyuterlar sonidan ortib ketdi. Hozirgi kunda elektron savdo jahondagi hajmi 233 mlrd. dollarni tashkil etadi. foydalanuvchilar soni ko‘payib borishi bilan axborot texnologiyalari faqat inson tasavvuri imkoniyatlari bilangina chegaralanadi. Barkamol, har tomoonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash muammosi ta’lim tizimidan yosh avloddan faqat milliy madaniyat yutuqlarini emas, balki umuminsoniy dunyo madaniyati yutuqlarini ham egallab olishga intilishni shakllantirishni talab etadi. Barkamol shaxsni tarbiyalash g‘oyasi milliy mustaqillikning ustuvor g‘oyalaridan biri hisoblanadi. Ta’lim sifatini, ma’naviy-g‘oyaviy tarbiyasi darajasini oshirish vazifasi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish so‘zsiz yangi axborot texnologiyalariga asoslanishi zarur. Ta’lim tizimini rag‘batlantirmay turib, fuqarolik jamiyatini qurib bo‘lmaydi. Ta’lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar statik tizimi emas, bir uzluksiz jarayondan iborat bo‘lishi kerak. Mustaqil Respublikamizning rivojlanishini kafolatlash uchun ta’lim tizimi dinamik, mukammal bo‘lishi kerak. Gumanitar ta’lim tizimi — bu shaxsiy fikrlashini qayta anglab yetish, yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, doimiy fikr almashish doimiy jarayonidir. Hozirgi paytda kompyuter tarmoqlari davrida yangi texnologiyalarni yaratish va tarqatish xususiyatlari o‘zgarmoqda hamda bu quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘lmoqda: birinchidan, yuksak raqobatchilik hukm surishi bilan ajralib turadigan zamonaviy global bozorda ko‘nikmalar har qachongidan ham katta ahamiyatga ega. Texnologiyalarni uzatish va tarqatish juda murakkab jarayon. Ikkinchidan, texnologiyalar qimmatliligini tan olinishini aks ettiruvchi yangi global normalarni ishlab chiqish ham katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Deyarli barcha mamlakatlar tomonidan maqullangan yangi qoidalari intellektual xususiylikni himoya qilish rejimlarini barcha yerda kuchaytirmoqda. Uchinchidan, butun dunyoda ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik loyihalashtirish sektorida xususiy sektor yetakchi rol o‘ynaydi. Bu sektorda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar, bilimlar va kadrlar katta qismi jamlangan. To‘rtinchidan, eng yuksak malakali texnik mutaxassislarni ish bilan ta’minlovchi global mehnat bozori shakllanadi. Beshinchidan, yangi kompaniyalar, ilmiy-tadqiqotchilik laboratoriyalari va moliyalashtiruvchilar hamda korporasiyalar yangi texnologiyalar ishlab chiqarish global markazlariga birlashmoqdalar. Buning natijasida olimlar, moliyalashtiruvchilar va tadbirkorlarning o‘zaro zarur aloqalarini ta’minlovchi yangi dinamik muhit yuzaga kelmoqda. Bunday markazlarda turli mamlakatlardan eng yaxshi olimlar va tashabbuskor-tadbirkorlar faoliyat yuritmoqdalar, bu investorlarni jalb etish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Investorlar ham bu ishlarga qiziqish bilan qaramoqdalar.


Axborot-tarbiyaviy faoliyat. Ta’lim muammosini globalizasiyalashtirish — seminarlar o‘tkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib berishgacha — elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni to‘plangan bilimlarni yetkazish, ularni to‘ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari bilan bog‘lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan — bu ta’lim tizimini rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham bo‘lmagan, ilg‘or axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini o‘zgartirdi. Jamiyat faqat fanning o‘zi rivojlanishi bilan emas, balki ta’lim va o‘qitish tizimi bilan ham bog‘liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Ta’limning kelajagi. Hozirgi kunda Internetda taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud bo‘lib har kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qo‘shilmoqda.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Hozirgi paytda amaliyotda quyidagicha nomlangan pedagogik (ta’lim) texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanilib ijobiy natijalar olinmoqda: Individual, jamoaviy, belgi-kontekstli, ishbilarmonlik yoki rolli o‘yin, muammoli, axborot, dasturli, integrativ, modulli, mualliflik, rivojlantiruvchi, tayanch sxemalaridan foydalanib o‘qitish, masofaviy, etnopedagogik, faol, hamkorlik, tabaqalashtirilgan, noan’anaviy, an’anaviy, asosiy materiallarni ajratib olib o‘rganish, yiriklashtirib o‘qitish, politexnik, jadal, shaxsga yo‘naltirilgan, ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etib boshqarish, erkin, baholamasdan va yo‘qlama qilmasdan o‘qitish, sirtqi, eksternat ta’lim texnologiyalari.


«Texnologiya» - yunoncha «techne» so‘zidan olingan bo‘lib, mahorat, san’at va «logos» - so‘z, ta’limot ma’nosini anglatadi.


Texnologiya- jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar tushiniladi.


Texnologik xarita - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.


Ta’lim metodi (lotinchadan metods - yo‘l, usul) – belgilangan maqsadga erishishga qaratilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining bir-biri bilan bog‘liq faoliyatini tartiblangan usuli.


Ta’lim vositalari - o‘quv jarayonini predmetli qo‘llab- quvvatlash. Pedagogning nutqi, darsliklar, sinfdagi asbob–uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va b. vositalar hisoblanadi.


Ta’lim beruvchilar – o‘qituvchilar, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari.


Umumiy o`rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo`yicha ta’lim mazmunining minimum va yakuniy maqsadlariga, o`quv yuklamalar hajmiga, hamda ta’lim sifatiga qo`yiladigan talablardan iborat bo`lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:


bilim — o`rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;


ko`nikma — o`rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo`llay olish;


malaka — o`rganilgan bilim va shakllangan ko`nikmalarni notanish vaziyatlarda qo`llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;


kompetensiya — mavgud bilim, ko`nikma, malakalarni kundalik faoliyatda qo`llay olish qobiliyati.


Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim ko`nikmalarni , amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.Shu sababli, informatika fanidan DTSlarini yangilash, o`quv dasturlarini takomillashtirish- informatika faniga oid kompetentlilikni kiritish zaruriyati tug`ilgan.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Kompetentlilik – (lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Ko`zlangan natijalarga erishish uchun bilim,ko`nikma va malakalarni notanish vaziyatda qo`llay olish qobiliyatini namoyish eta olishni bildiradi. Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko`nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. Ta’limiy kompetensiyalar ikki guruhdan iborat: tayanch (umumiy) va maxsus (fanga oid). Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim. Lekin shu bilan birga, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantirilishi belgilandi. Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)); B1(+B1) bosqichma - bosqich shakllantiriladi.


TK-tayanch kompetensiya


TK1-kommunikativ kompetensiya


TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi


TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi


TK4- ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


TK5- milliy va umummadaniy kompetensiya


TK6- matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi


FK-fanga oid kompetensiyalar


FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi


FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi


FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi


Pedagogika adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar ham keltiriladi, bizningcha, eng maqbuli YuNESKO ta’rifidir.

Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si) – ta’lim-tarbiya va shaxsni rivojlantirish jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida inson va texnika iimkoniyatlari hamda ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olib o‘quvchilarda bilim, ish-harakat usullari va ijobiy shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi loyihalashtirish, tatbiq etish (amalga oshirish), natijalarni maqsad bilan qiyoslab kerakli tuzatishlarni kiritish bosqichlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi tizimdir.




Ta’lim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularni, o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli usuli»


«Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash tizimidir»


Tizim deb tartiblangan, o‘zaro uzviy bog‘langan va birgalikda umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar to‘plamiga aytiladi.


An’anaviy ta’limning afzalliklari va kamchiliklari.


Afzalliklari:


ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali;


o‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi;


vaqtdan unumli foydalanish;


aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.


Kamchiliklari:


o‘quvchilar nofaol ishtirokchi bo‘lib qoladilar;


o‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi;


o‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi;


eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir-xil bo‘lmaganligi sababli, sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin;


mustaqil o‘rganish va yechimlar qabo‘l qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.


Zamonaviy (noa’anaviy) ta’limning afzalliklari va kamchiliklari.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Afzalliklari:


o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi;


o‘z vaqtida qaytar aloqalarning ta’minlanishi;


tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi;


o‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi;


motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi;


o‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi;


muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi;


o‘z-o‘zini baholashning o‘sishi;


o‘quvchilarning fanga oid mavzu mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati;


mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berishi;


nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi;


muammolar yechish ko‘nikmalarining shakllanishi.


Kamchiliklari:


ko‘p vaqt talab etilishi;


o‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi;


juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi;


o‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi.


Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir.


Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o’quvchi (yoki o‘quvchi) faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublaridan foydaniladi.


Interfaol (“Inter”-bu o‘zaro, “act”- harakat qilmoq)-o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari – bilish va kommunikativ faoliyatini tashkil etishning maxsus shakli bo;lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman o’quvchi (yoki o‘quvchi) larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi.


Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi (yoki o‘quvchi) larning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali analga oshiriladi.


Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga:


- o’quvchi (yoki o‘quvchi) larning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;


- o’quvchi (yoki o‘quvchi) larning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;


- pedagog va o’quvchi (yoki o‘quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.


Pedagogik texnologiya masalalarini va mummolarini o‘rganayotgan ba’zi o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya –faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanilishi zarur bo;lgan o‘qitishning texnik vositalari kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik vositalari pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - o‘qituvchi o’quvchi (yoki o‘quvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatgan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog‘liq. O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texno-logiyasi o‘qituvchi va o’quvchi (yoki o‘quvchi) o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o’quvchi (yoki o‘quvchi)lar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh va ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor.


O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u o’quvchi (yoki o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi o’quvchi (yoki o‘quvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati ular qo‘ygan maqsad, tanlangan mazmun, uslub, shakl , vositaga, yani texnologiyaga bog‘liq.


O‘qituvchi va o’quvchi (yoki o‘quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishda qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonninig asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo‘lib, bunda o’quvchi (yoki o‘quvchi)larning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitiga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanladi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo‘lar. Bularning hammasi o‘qituvchi va o’quvchi (yoki o‘quvchi)larga bog‘liq. Shu bilan birga o‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, o’quvchi (yoki o‘quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, o’quvchi (yoki o‘quvchi)ni ta’limning markaziga olib chiqish kerak.


O‘qituvchi o‘qitayotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg‘uloti bo‘yicha tuzgan texnologik xaritasi, unga fan (yoki predmet)ni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishga (bir semester, bir o‘quv yili bo‘yicha), yaxlit o‘quv jarayoning boshlanishi, maqsadidan toatib, erishiladigan natijasini ko‘ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa texnologik xaritaning o’quvchi (yoki o‘quvchi)larning imkonitati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida talimning markaziga olib chiqishiga va bu bilan o‘qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi.


O‘quv jarayonida o’quvchi (yoki o‘quvchi)larga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy uslublarning qo‘llanilishi, o’quvchi (yoki o‘quvchi)larni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, masulyatni his qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o‘qishga, fanga va o‘zi tanlangan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarni, shuningdek pedagogga nisbatan hurmatini kuchaytiradi.


Ta’lim-tarbiya jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda o‘tmish allomalarimizning g‘oya va qarashlaridan foydalanish o’quvchi (yoki o‘quvchi)larni o‘qitish va tarbiyalashni yanada samarali bo‘lishni ta’minlaydi.

Milliy axborot qidiruv tizimimizimkoniyatlari va “Elektron pochta” mavzusini o’qitishmetodikasi hamda namunaviy dars ishlanmasi.


WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Intеrnеt tarmog’idagi milliy sеgmеnti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini bеruvchi tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyutеr tеxnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining asosiy hususiyatlaridan biri uning ko’p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o’zbеkcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va ma'lumot omborlari bilan o’zaro ishlay olishidadir.


WWW.UZ Intеrnеt tarmog’i foydalanuvchilariga milliy sigmеntda joylashgan vеb-saytlar bo’yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni vеb-sayt manzili va ichki ma'lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kеrakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini bеradi. Bundan tashqari Shu WWW.UZ qidiruv tizimi Intеrnеt rеsurslari (vеb-saytlari) katalogini va vеb-saytlar rеytingi yuritadi, saytlar bo’yicha jamlangan statistik ma'lumotlarni to’playdi hamda axborot tеxnologiyaari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
WWW.UZ “Katalog” bo’limi – Intеrnеt tarmog’ida ochiq holda joylashgan, O’zbеkiston Rеspublikasiga aloqador bo’lgan, ro’yxatga olingan, izohlari kеltirilgan va katalog mavzulari bo’yicha saralangan vеb-saytlar to’plami.
WWW.UZ katalogi foydalanuvchilari o’zlariga kеrak bo’lgan saytni mavzular bo’yicha (Iqtisod, OAV, Madaniyat va boshqalar) qidirish orqali tеzroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi.


Shu bilan birga WWW.UZning har bir foydalanuvchisi “Top-rеyting” bo’limiga kirib, barcha ro’yxatga olingan saytlar rеytingini ko’rishi, “Jamlangan statistika” bo’limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin. Qidiruv tizimi - maxsus Web-sahifa bo'lib, Internet tarmog’idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunga kelib o'nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida Rambler, Aport, Yahoo, Google larni keltirish mumkin.


Mavzu: “Elektron pochta” ochish va unda xabar almashish.


Darsning ta’limiy maqsadi:


O‘quvchilarga elektron pochta haqida ma’lumot berish, ularda elektron pochta bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.


Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni do’stona ruhda tarbiyalash.


Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:


O‘quvchilarni axborot uzatish usullari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.


Asosiy tushunchalar:


Elektron pochta, elektron adres, provayder.


O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:


TK1- Kommunikativ kompetensiyasi:


axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;


muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, hamkorlikda, jamoada samarali ishlay olish.


fanga oid voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;


TK2-Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:


media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish.


TK3- O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:


doimiy ravishda o‘zini o‘zi intellektual rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini baholay olish.


doimiy ravishda o‘zini-o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish;


kamolotga intilish; hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish; o‘z hatti-harakatini baholay olish.


TK4- Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:


Vatanini sevish, sadoqatli bo‘lish, insonlarga mehr-oqibatli, hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish; insonlarni hurmat qilish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish va orasta kiyina olish.


O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar elementlari:


FK1- Axborotlarni izlash va elekteron vositalarda yig’ish kompetensiyasi


FK1- Axborotlarni elekteron vositalarda qayta ishlash va saqlash yig’ish kompetensiyasi


DARSNING BORISHI


t\r


Bo’limlar


vaqti


1


Tashkiliy qism


2


2


O’tilgan mavzuni mustahkamlash


1.Kim topqir.


2.Aqliy hujim


10


4


6


3


Yangi mavzuning bayoni


30
1.”Nilufar guli”


2.”T-chizma”


3.”Mosini top”


15


10


5


4


Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash


2


5


Uyga vaziffa


1


Mavzuni boshlashga hozirlik:


Informatika darsligi va plakatlar, tarqatma materiallar tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Kompyuterlar Internetga ulanadi.


Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub: aqliy hujum, klaster, BBB,mosini top.


Mavzuni yoritish:


O‘quvchilardan oddiy pochta hizmati haqida qanday ma’lumotlarga egaligi so‘raladi. Oddiy pochtaning foydali tomonlari va kamchiliklari aniqlanadi.


Undagi kamchiliklarning juda ko‘pini Internetning ajralmas qismi bo‘lgan elektron pochta osonlikcha hal qilib berishi haqida ma’lumot beriladi.


Elektron pochta imkoniyatlari


Elektron pochta orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafik, video, tovushlardan tashkil topgan ma’lumotlarni ham jo’natish va qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi.


Elektron pochtaning ajoyib xususiyatlaridan biri u masofa tanlamaydi va uzoq, yaqin masofalar ham har doim yaqin masofadek tuyulaveradi.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Elektron pochta - universal aloqa vositasi. Elektron pochtaning bir xil buyruqlari orqali matn, har xil formatdagi hujjatlarni, faks, telekslarni, umuman ixtiyoriy fayllarni jo’natish va qabul qilib olish mumkinligi uning universal aloqa vositasi ekanligini bildiradi.


Elektron pochtani yetkazash tezligi. Elektron pochta jo’natilgandan so’ng bir zumda (1-2 minut ichida) uni oluvchiga yetib boradi. Bundan kurinadiki, u xatto ekspres pochta, xatto telegrammalardan ham tez kerakli manzilga yetib boradi.


Elektron pochta tez muhokama vositasi. Biror loyixani uzoqdagi o’z hamkorlaringiz bilan yoki bir guruh shaxslar bilan muhokama qilmoqchi bo’lsangiz, uni tez muhokama qilish imkoniyati mavjud.


Qog’ozsiz ishlashga o’tish. Turli idoralarga kuniga kelib tushadigan xatlar ro’yxati va unga javob berish uchun qanchadan qancha qog’oz talab qilinadi. Qog’ozlarni sotib olish va olib kelish harajatlari qancha? Buning o’rniga kelgan xatlar nusxasi va uning javoblari disklarda saqlansa, xatlarni ma’lum vaqtdan so’ng oson qidirib topishdan tashqari qancha mablag’ iqtisod etilishini sezish qiyin emas.


Elektron pochtaning asosiy afzalliklaridan biri bir vaqtning o’zida yuborilgan ma’lumotlar bir necha adreslarga jo’natilishi mumkin.


Elektron pochtani jo’natish quyidagicha amalga oshadi: jo’natilayotgan ma’lumot, dasturlar fayllar sifatida tashkil qilinadi va bu fayl yuborilayotgan elektron adresga mos provayderdagi pochta qutisiga kelib tushadi. Qabul qiluvchi kompyuter yuborilayotgan faylni qabul qilishga tayyor bo’lgandan so’ng uni qabul qila boshlaydi.


Elektron pochta ochish


Elektron pochta foydalanuvchilari o’z elektron adreslariga ega bo’lib uni web-sahifa adresidan oson ajratish mumkin. Elektron pochta adresida albatta @ belgisi qatnashadi. Masalan, rtm@.uzsci.net. Тurli qidiriuv tizimlarida bepul elektron pochta ochish imkoniyatlari bor. Masalan, www.rambler.ru tizimida yoki o’zimizning milliy inbox.uz tizimi mavjud. Elektron pochta ochish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi. Qidiruv tizimi www.inbox.uz ni yuklanadi. Xosil bo’lgan oynadan ro’yhatdan o’tiladi. Agar ro’yhatdan oldin o’tilgan bo’lsa Login Parol yozilib pochtaga kirish mumkin


Login maydonida foydalanuvchi o’zi xohlagan nomni (lotin harflaridan boshlangan va raqamlar qo’shilgan, odatda 6 tadan kam bo’lmagan, 20 tadan oshmaydigan belgilar ketma-ketligi) berishi mumkin. «Регистрация нового почтового ящика» (Yangi pochta qutisini ochish) sahifasi ochiladi. Bu sahifada yangi ochilayotgan qutining egasi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi


Barcha bo’limlar to’ldirib bo’lingandan so’ng “Введите число которое вы видите на картине” maydonida maydonning o’ng tomonida ko’rinib turgan raqamlar kiritiladi. “Зарегистрировать почтовый яшик” tugmachasi bosilgandan keyin foydalanuvchi pochta qutisi ro’yxatdan o’tganligi haqidagi quyidagi kabi ma’lumot keyingi sahifada aks etadi.


Agar foydalanuvchi pochta qutisi ro’yxatdan o’tmasa, buning sabablari ko’rsatilgan sahifa aks etadi va maydonlarni qaytadan to’ldirish so’ralgan bo’ladi. Sabablar quyidagicha bo’lishi mumkin: foydalanuvchi tanlagan login band bo’lishi, parol soddaligi, “Введите число которое вы видите на картине” maydoniga raqamlar xato kiritilgani va hokazo.


Bu darsda o‘quvchilar ko’proq amaliy ishlashadi.

Nilufar guli” metodi


Mosini top” METODI




Web-sahifa


Elektron pochtalar


Inbox.uz


Edunet.uz


Pochta qutisi


Web-saytlar


Eduportal.uz


Qabul qilish

T”-CHIZMASI” METODI




Электрон


почта қулайликлари


Электрон


почта камчиликлари


Тезкорлик


СПАМ


Ишончлилик


ВИРУС


Арзон
Сифати ўзгармас
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:


Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlar bilan murojaat qilish yoki test vazifalarini berish mumkin.


Darslikdagi 1, 2 – mashqlarni bajarish.


Uyga vazifa:


9, 10, 11, 12, 14 – mavzularni takrorlash, 3 ta test yoki krossvord yoki skanvord tuzish.


XULOSA VA TAVSIYALAR.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Ma'lumki erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish O'zbekiston Respublikasining demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Aynan mazkur vazifani bajarish maqsadida o'tgan mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish va erkinlashtirish, ularning demokratik, ijtimoiy-siyosiy jarayondagi keng ishtirokini ta'minlash bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Texnika rivojlanish asri” – deb nom olgan hozirgi davrda yoshlarimizning qanday mafkuraga moyilligi, ularning ongida shakllanayotgan o'y-fikrlari va tasavvurlarini ilmiy asosda o'rganish hayotiy zaruratdir. Yoshlar kamolotiga, ularning hulq-atvoriga va intellektiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Bu o'rinda esa albatta, jamiyatda alohida nufuzga ega bo'lgan internet vositalarining roli beqiyosdir. Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov o'zlarining bir qator ma'ruzalarida “Biz butun dunyoni qurshab olgan internetni cheklay olmaymiz” – deb ta'kidlab o'tganlar.


Darhaqiqat hozirgi kunda internet butun dunyoning ommaviy axborot tarmog'iga aylandi. Shu o'rinda bir savol tug'iladi.


Internetda uzatilayotgan turli namoyishlarning farzandlarimiz tarbiyasidagi ahamiyati qanday. Axir har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bizning asosiy vazifamiz emasmi? Olimlar tomonidan qilingan bir necha tahlillarga nazar soladigan bo'lsak, internet sahifalarida zo'ravonlik epizodlarini ko'rsatilishi, bolalar mul`tfilmlarida esa adolat va yovuzlikning jazolanishi mavzusini yashirin holda tasvirlanishi tomoshabinda albatta zo'rlik madaniyatini uyg'otishga ta'sir etadi. Taniqli g'arb olimlari Robert Xodj va Devid Tripplarning fikricha, bolalarning har xil namoyishlarni ko'rishlari bu dastur mazmunini oddiy hisobga olish emas, balki ko'rganlarini izohlash, uqib olish demakdir. Mazkur mualliflarning taxminicha, ko'pchilik o'tkazilgan tadqiqotlarda bolalar tafakkurining o'ziga xos murakkabliklari hisobga olinmagan. Bolalar esa internetdagi namoyishlarni o'zlarining kundalik hayotdagi boshqa masalalar bilan bog'lab o'qiydilar.


Hukumatimiz tomonidan joriy 2016 yil – “Sog'lom ona va bola yili” deb e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan ilk kunlardanoq yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Shunday ekan farzandlarimizni har tomonlama sog'lom avlod qilib voyaga yetkazish har birimizning asosiy burchimizdir. Lekin hozirgi kunda ba'zi-bir oilalarimizda bolani tarbiyalashdek o'ta ma'suliyatli vazifani internet, telefon, komp`yuter yoki boshqa turdagi texnik vositalarga ishonib topshirayotgan ota-onalar ko'zga tashlanib turibdi. Achinarlisi shundaki, xorijiy kanallar targ'ib qilayotgan zo'ravonlik va terroristik sahnalar, behayo kliplar va fil`mlar namoyishi farzandlarimiz ongu-shuurida noto'g'ri qarashlarni shakllanishiga sabab bo'lmoqda.


Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, internet vositalari yoshlarni tarbiyalashda ularning estetik didlarini o'stirishga va ma'naviy salohiyatini oshirishga xizmat qila oladi. Biroq buning uchun fil`mlarda odamzodga xos bo'lgan turli illatlar emas, balki ezgu fazilatlar ulug'lanishi kerak. Zero, ekranga termulib o'tirgan bolaning xali shakllanib ulgurmagan dunyoqarashi birgina noto'g'ri axborot tufayli butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Payg'ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek: “Bolalaringizga odobni o'rgating va ularning odobini go'zal qiling” (Imom Buxoriy).
Bolaning tarbiyasi nozik bo'ladi, u yaxshidan ham, yomondan ham ko'rganini oladi”, deb xalqimiz bejizga aytmagan. Haqiqatdan ham, bolaga “yaxshi bo'l”, degan bilan u eshitganiga emas, balki ko'rganiga amal qiladi.


ISLOMBEk, [28/01/2023 21:50]
Demak, biz farzand tarbiyasida uning yuksak ma'naviyatli, axborot madaniyati iste'molida mustahkam ma'naviy immunitetga ega, Vatan va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida hamda puxta bilim egasi qilib tarbiyalab borishimiz lozim. Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara qo’yib bo’lmaydi. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Zero, yoshlar ma’naviyatiga daxldor yumushlarda beparvolikka yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Download 46.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling