Bobur Abduqodirov Islomda axloqiy qadriyatlar - Xalqimizning ahloq va odob haqidagi qadriyatlari minglab yillar davomida shakllanib, rivojlanib kelgan. Ayniqsa islomdagi ma’naviy qadriyatlar, buyuk mutafakkirlarning ma’naviy axloqiy qarashlari, fikrlari milliy ma’naviyatimizga asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Bular iymon e’tiqodlilik, andishalilik, xalollik, poklik, birovning haqqiga hiyonat qilmaslik, ota onaga mehribonlik, insonni qadrlash, ustozlarga hurmat, mehmondo‘stlik, sahovatpeshalik kabi qadriyatlardir. Qadriyatlar jamiyat taraqqiyoti, inson faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatarkan, islom dinidagi asl insonparvarlik, adolat, ezgulik kabi qadriyatlarning bugungi kunda, jamiyatning ma’naviy yangilanishidagi tutgan o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda
Islom dini doimo ma’rifatparvarlik va yuksak axloqiylik g‘oyalarini ilgari surib kelgan diniy ta’limotdir. «Qur’on» va «Hadis» larda ilgari surilgan axloqiy qarashlar insonning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida doimo muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Islom dinining axloqiy ta’limotida har bir insonni insonparvar, vatanparvar, adolatli, ma’rifatli, ma’naviyatli, yuksak axloq-odob sohibi qilib tarbiyalash masalasiga asosiy e’tibor qaratiladi. Islom dinida insonning bunyodkor va yaqinlariga g‘amxo‘r bo‘lishi takror va takror uqtiriladi. Islom dinida, xususan Qur’oni karim va hadislarda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sofdil bo‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan - Islom dini doimo ma’rifatparvarlik va yuksak axloqiylik g‘oyalarini ilgari surib kelgan diniy ta’limotdir. «Qur’on» va «Hadis» larda ilgari surilgan axloqiy qarashlar insonning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida doimo muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Islom dinining axloqiy ta’limotida har bir insonni insonparvar, vatanparvar, adolatli, ma’rifatli, ma’naviyatli, yuksak axloq-odob sohibi qilib tarbiyalash masalasiga asosiy e’tibor qaratiladi. Islom dinida insonning bunyodkor va yaqinlariga g‘amxo‘r bo‘lishi takror va takror uqtiriladi. Islom dinida, xususan Qur’oni karim va hadislarda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sofdil bo‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |