Islomda odob axloq masalalari
Download 29.01 Kb.
|
islomda odob axloq masalalari
Qur’on”ning bir qator oyatlarida shirinsuxanlik, to’g’ri so’z va muomala madaniyati borasida so’z yuritiladi. Muomala madaniyatiga rioya qilish qonun-qoidalari Islom dini g’oyalari yaratilgunga qadar ham tizimlangan bo’lsada, biroq Islom ta’limotigina uning asl mohiyati, shuningdek, inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini to’laqonli ravishda ochib berdi. Kishilarida shirinso’zlik, madaniy muomala qila olish ko’nikmalari taraqqiy etgan mamlakatlardagina ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy taraqqiyot ro’y beradi. SHirinso’zlik insonning muomala madaniyatiga ega ekanligini ko’rsatadi, uning obro’sini oshiradi, elning hurmatiga sazovor qiladi. SHu bois “Qur’on”da har bir insonning shirinso’z bo’lishi ham o’zi uchun, ham jamiyat uchun foydali ekanligiga alohida urg’u beriladi. Boshqa oyatda esa Olloh kishilarni so’zlashganda past ovoz bilan so’zlashga undaydi: “Kishilarga chiroyli so’zlar so’zlangiz” (“Baqara” surasi, 53-oyat).
Qur’on”da yaxshi fazilatlarga ega kishilar bilan hamsuhbat bo’lish insonning kamolotga erishuvini ta’minlovchi omillardan biri ekanligiga ham alohida urg’u beriladi. Bu holat yaxshilar bilan do’st bo’lish imkoniyatini yaratadi, do’stni dushmandan ajrata olish layoqatining shakllanishiga imkon tug’diradi, o’ziga nisbatan hamkor - do’st tanlashiga yordam beradi.
Download 29.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling