Hanafiya (Imomi A'zam maktabi.) - Bu maktabga Abu Hanifa an-Nu'mon (696-767) taxallusi Imomi A'zam asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kеlishtirib qo‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa fiqhning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi bo‘lgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning uchdan bir qismini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |