Shofiya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ash-Shofi'iy - (767-820). Makkada yashagan, hadislar va fiqhni o‘rgangan, Yamanda qozilik lavozimini egallagan. Ali avlodlari bilan yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan so‘ng Misrga kеtib, Malik ibn Onasning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan, 810 yildan Bog‘dodda o‘z ta'limotini targ‘ib qilgan.
- Shofiy o‘z asarlarida islom huquqini a'nanaviy normalar bilan bog‘lashga intilgan. U fiqh asoslariga to‘la ta'rif bеrgan, ijmo‘dan foydalanishga alohida e'tibor qilgan. Shofiyning asosiy asarlari shogirdlari tomonidan “Kitob al-umm” to‘plam shakliga kеltirilgan. Hozirgi vaktda Misr, Indonеziya musulmonlari orasida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba'zilarida, qisman Suriyada va janubiy arab sultonliklarida Shofiy mazhabi diniy-huquq sistеmasiga amal qiluvchilar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |