Islomiy banklar – zamonamiz talabi


Download 21.79 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi21.79 Kb.
#113064
Bog'liq
islomiy banklar


Islomiy banklar – zamonamiz talabi
Dunyoda aksar aholisi musulmon davlatlar juda ko’p. Bu davlatlarda islom qonunchiligidan faqatgina namoz, haj, janoza va nikoh kabi ibodatlar saqlanib qolgan desak xato qilgan bo’lamiz. Balki, ko’pchilik davlatlar islom moliyasiga ham e’tiborini qaratmoqda va har bir musulmon kishi ham o’z davlatida islom banklari bo’lishini xohlaydi. Diniy ibodat sifatida ado etiladigan zakot, ushr, fitr sadaqasi singari majburiyatlarning zamonaviy soliq tizimi bilan qay tarzda uyg’unlashishi mumkinligi ayrim musulmon mamlakatlari misolida yaqqol ko’rinib turibdi.

 Bugungi kunda islom banklarida anʼanaviy bank operatsiyalarining deyarli barchasi, yaʼni depozit, kredit, akkreditiv, hisob-kitob, to‘lov operatsiyalari amalga oshiriladi.

Islomiy moliya tarmog‘i jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Moliyalashning bu tizimi foyda va zararni bo‘lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni o‘zida namoyon qilishi bilan an'anaviy banklardan farq qiladi.

Islomiy banklar mijoz talabi bilan obektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xomashyolar olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo amaliyoti yotadi. Zamonaviy bank tizimida esa banklarning savdo amaliyotlarini amalga oshirish qonunchilik nuqtayi nazaridan mushkul bo‘lib, bunga soliq hamda bank faoliyatiga taalluqli me'yoriy-huquqiy hujjatlar to‘sqinlik qiladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion dollarni tashkil etib, yiliga 15-20 foizga o‘sib bormoqda.

Bugungi kunda jahonning 40 dan ziyod mamlakatida islom banklari faoliyat yuritmoqda. «SarIa...» xalqaro banklar reyting agentligining 2000 yil maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda islom banklarining aktivlari 160 mlrd. dollardan oshib ketgan. Klassik g‘arb bank tizimi o‘ziga xos inqirozni boshidan kechirayotgan bir paytda shariat ahkomlari asosida muvaffaqiyat bilan ish yuritayotgan nisbatan yosh banklar tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Islom banklarida anʼanaviy bank operatsiyalarining deyarli barcha operatsiyalarini amalga oshirmoqda. Ular sanoat, agrar sektor, tijorat va xizmat ko‘rsatish sohalariga katta mablag‘lar investitsiya qilmoqda.

Bugungi kunda islom moliyasi kapitali yiliga 15-20 foiz suratlar bilan o’smoqda.

Islom banklari mushoraka(sherikchilik), mudoraba(bir tomon sarmoya qo’yuvchi, ikkinchi tomon ish yurituvchi), murobaha(tijorat operatsiyalarini moliyalashtirish), ijara, zakot va qarz al-hasan(foizsiz qarz) kabi tamoyillar asosida faoliyat olib boradi.

So‘nggi o‘n yillikda Islom moliyasi butun dunyoda, shu jumladan, musulmon bo‘lmagan mamlakatlarda ham rivojlanishi moliyalashtirishning samarali vositasi ekanligini tasdiqladi. Asosiy moliyaviy bozorlar Islom moliyasi allaqachon global moliya tizimiga kiritilganligi va qashshoqlikka qarshi kurashish va hayot farovonligini oshirish muammolarini hal qilishda yordam berish imkoniyatiga ega ekanligining ishonchli dalillarini topishmoqda.

Hozirgi vaqtda Jahon Banki ham Islom moliyasi sohasida faol ishtirokchilardan biri bo‘lishga intilmoqda.

         "1985 yillarda Nigeriya davlati 5 mlrd AQSH dollari mikdorida qarz olgan edi  va biz 2000 yilga qadar 16  mlrd AQSH dollariga yakin ushbu qarz yuzasidan pul to‘ladik, ammo bizga hali ham 28 mlrddollar mikdorida qarzdor ekanimizni aytishdi. Bu 28 mlrd AQSH dollar xorijiy kreditorlarning murakkab foiz stavkalari va ularning adolatsizligi tufayli yuzaga keldi. Agar siz mendan dunyodagi eng yomon narsa nima ekanligini so‘rasangiz, men aytaman, bu – foiz stavkasidir".



Olusegun Obesanjo, Nigeriya prezidenti

Ha, foiz masalasi ham bugungi kunda dolzarbligicha qolmoqda. Islom banklari shariat qonunlarini ishlab chiqaruvchi idora emas, yoki faqat musulmonlarga xizmat ko’rsatuvchi moliya muassasasi ham emas. Balki, bizning katta imkoniyatimiz. O’ylaymizki, islom moliyasi sohasida ham O’zbekistonda yanada ko’plab quvonarli tashabbuslar bo’ladi



Imom Faxriddin ar-Roziy o’rta maxsus islom bilim yurti 4-kurs talabasi Hikmatullayev Rahmatulloh


Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling