Islomkarimov nomli toshkent davlat texnika universiteti muxandislik texnologiyalari fakulteti


SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki


Download 150.42 Kb.
bet2/6
Sana12.03.2023
Hajmi150.42 Kb.
#1264629
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy barqarorlik tahlili

SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki SF1/ SF0*100 >ST1/ ST0*100> XK1/XK0*100> A1/A0*100>100
Bu yerda:
SF1/ SF0 - sof foydaning o‘sishi;
ST1/ ST0 - sotishdan tushumning o‘sishi;
XK1/XK0 - xususiy kapitalning o‘sishi;
A1/A0 - aktivlarning o‘sishi.
Samaradorlik, natijaviylik va daromadlikning barcha ko‘rsatkichlari
ham moliyaviy barqarorlikni doimo ham ta’minlay olmaydi‚ agar ular
orasidagi yuqoridagi nisbatlar saqlanmasa. Shu sababli, moliyaviy
barqarorlikni mutlaq ifodalarini o‘rganishda bazan korxonaning foyda
bilan chiqish hollarida ham nobarqarorlik holatlari kuzatiladi. Bu
bevosita birinchidan foydaning sifatliligi va uning o‘tgan yillarga
nisbatan o‘sishi bilan izohlanadi. Yoki, aktivlar va zaxiralarni ortiqcha
ushlab turishlar tufayli yuzaga keladi.

Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti, maqsadi
sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda, deyilganda ko‘pincha, biznes
samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar
va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi
quyi o‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlarni xarakterlovchi foydani
o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va
xarajatlarni, ya’ni foydani aniqlash va o‘lchash – korxona o‘z moliyaviy
hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda
kapitalning saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi.
Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning
oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan farq etuvchi o‘sishiga olib keluvchi
kamayishidir.
Xarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek,
qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
Daromad va xarajatlarni aniqlash ularning asosiy xususiyatlarini
belgilaydi, ammo ularni moliyaviy natijalar hisobotida aks ettirishda
talab qilinadigan mezonlarni aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi.
Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o‘zaro
farqlanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va
zararlarning shakllanish qatorlari bo‘yicha o‘zgarishlari o‘rganiladi.
Foyda va zararlarning omilli tahlili olib boriladi.
Tahlil moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qish, vertikal tahlil, gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarida
olib boriladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qishda uning
satrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni
xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va
o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha ma’lumotlarga umumiy izoh beriladi.


Download 150.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling