Islomkarimov nomli toshkent davlat texnika universiteti muxandislik texnologiyalari fakulteti


Download 150.42 Kb.
bet1/6
Sana12.03.2023
Hajmi150.42 Kb.
#1264629
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy barqarorlik tahlili



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOMKARIMOV NOMLI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
MUXANDISLIK TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
BIOTEXNOLOGIYA” KAFEDRASI

“____________________ “ fanidan

KURS ISHI

MAVZU: Korxonaning moliyaviy barqarorligi va daromadliligi tahlili.

Bajardi: .
Rahbar: .
Kaf.mudiri:_______________________.

Toshkent -2022
Mundarija:

Kirish.........................................................................................................................3


1.Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalari tahlil..................................7
2.Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri..............................................11

3.Korxonaning o‘z oborot mablag‘lari bilan ta’minlanganligi................................13


Xulosa......................................................................................................................15

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati..........................................................................16



KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturni
joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning demokratik
va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng
integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin
yaratishdir. Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish,
hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash,
moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bor moddiy,
moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda
olib, davlat budjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish,
rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu
moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar
xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi
mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa,
ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab chiqarish va sotishning
mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani
moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin. Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin.
Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq
muddatli o‘rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq
ahamiyat qaratiladi.
Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas
ekan, uning bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli,
moliyaviy barqarorlikni makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo
iqtisodchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan. Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda, firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq
davriylikda baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq
chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
- firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati;
- korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti;
- aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti;
- foizlarni qoplash koeffitsiyenti.

Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning
taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni
ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy
barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay darajada mohirona
boshqarayotganligini ifodalaydi.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi muhim
ahamiyat qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab
chiqarishni tashkil etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy
natijaviylikka, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligiga,
moliyalashtirishda avtonomlik darajasiga, ish va bozordagi aktivligining
himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga. Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholanadi.
Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari – aktivlar, ishlab
chiqarish zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan
davriylikdagi holatini ifoda etadi.
Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish
manbalariga albatta birinchi navbatda o‘z mablag‘lari manbasi (ustav
kapitali, rezerv kapitali, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda,
maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank
kreditlari va qarzlari kiradi.
Aktivlarni moliyalashtirishda ko‘proq uzoq muddatli kreditlar va
qarzlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‘plash va
moliyalashtirishda qisqa muddatli kreditlar va qarzlardan keng
foydalaniladi. Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlarini aniqlashda,
aktivlar va zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar
tizimidan foydalaniladi:
- aktivlar (uzoq muddatli);
- ishlab chiqarish zaxiralari;
- o‘z mablag‘lari manbasi;
- uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar);
- qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar).
Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni
sog‘lomlashtirishning aniq chora-tadbirlarini ko‘rish aslida makro
ko‘lamdagi barqarorlikni ta’minlashning ham muhim omili hisoblanadi.
Shu sababli‚ yuzaga kelgan holatda e’tiborni, birinchi navbatda
korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga va ularning kelgusida
barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratmoq lozim.
Mustaqillik, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdo-sotiqqa
nisbatan erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish
uchun sherik tanlay bilish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot va uni
sotishdan olgan daromadga to‘liq egalik qilish huquqini berdi va bu
moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga bevosita ta’sir etadi.
Yangicha ish yuritish, jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali
mijoz va hamroh tanlash bilan birga ularning moliyaviy imkoniyatlarini
o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini
yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va
shunday bo‘lib qoladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning
ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish
darajasini aniqlashga yodam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab; korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini
yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan
korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada ortdi,
chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan
resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish dolzarb muammoga
aylanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish shunga olib keladiki, korxonalar faoliyatini
moliyaviy natijalari – foyda va rentabellik korxonalar faoliyatini asosiy
ko‘rsatkichlariga aylanadi.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotgan
bir sharoitda, iqtisodiyot sektorlarining uzluksiz faoliyat yuritishi va
barqaror rivojlanishi muhim hisoblanadi. Mustaqil mamlakatimiz
dastlabki yillardanoq sobiq ittifoq respublikalari singari rejali va
markazlashtirilgan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun
qadam qo‘ya boshladi. Mustaqillik yillarida respublikamizda iqtisodiy
islohotlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘ziga xos va mos bo‘lgan bosqichma-bosqich hamda kuchli ijtimoiy muhofaza qilish yo‘lini tanladi.
Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy
holatini tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va
yuqori tashkilotlar shug‘ullangan bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan
yuqorida ko‘rsatilagan tashkilotlardan tashqari soliq organlari, auditorlik
idoralari, jamoa tashkilotlari, aksionerlar, ta’minlovchilar, iste’molchilar
va boshqa organlar, tashkilotlar ham shug‘ullanishmoqda.
Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi
talablar qo‘ymoqda.


Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalari tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir xo‘jalik
yurituvchi subyektning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu – foyda olishdir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida o‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari rivojlangan davrida ko‘tariladi.
Foydani shakllantirish, uni realizatsiya qilish bu –
kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishning, qiymat qonunining va xo‘jalik
hisobining obyektiv talabidir.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo
kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni
talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga
erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun foydalanish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va
boshqa faoliyatlarning natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad
hisoblanadi. Foyda olishni ko‘paytirish jamiyat manfaatiga ham mos
keladi, chunki, iqtisodiy faoliyatning yuqori foydaliligi individual
foydaning ko‘payishi bilan mamlakat milliy daromadining ortishiga olib
keladi. Aytish mumkinki, foyda miqdori va uning darajasi bozor
ishtirokchilari, ayniqsa, investorlarni harakatga keltiruvchi kuchdir.
Bozor ishtirokchisining manfaatdorligi foyda miqdori bilan belgilanadi.
Korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar qaysi tarmoq va faoliyat
foydani ko‘proq keltiradigan bo‘lsa, sarmoyani shu yerga joylashtirib,
barcha imkoniyatlarini ishga solib shu faoliyatni rivojlantirish,
rentabellik darajasini oshirib, ko‘proq foyda olishga intiladilar.
Korxonaning moliyaviy holati xo‘jalik subyektining moliyaviy
resurslar bilan ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi
va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar
bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‘lovga qobillik va
moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi.
Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va
zaxiralarni moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va qaramlikning, o‘z va qarz mablag‘larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi.


Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning eng muhim omili
bu uning faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin
qoidasiga asoslangan tartibining saqlanishidir.
Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‘lanishlarda berib o‘tish mumkin:


Download 150.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling