Islomkarimov nomli toshkent davlat texnika universiteti muxandislik texnologiyalari fakulteti
SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki
Download 150.42 Kb.
|
Moliyaviy barqarorlik tahlili
SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki SF1/ SF0*100 >ST1/ ST0*100> XK1/XK0*100> A1/A0*100>100
Bu yerda: SF1/ SF0 - sof foydaning o‘sishi; ST1/ ST0 - sotishdan tushumning o‘sishi; XK1/XK0 - xususiy kapitalning o‘sishi; A1/A0 - aktivlarning o‘sishi. Samaradorlik, natijaviylik va daromadlikning barcha ko‘rsatkichlari ham moliyaviy barqarorlikni doimo ham ta’minlay olmaydi‚ agar ular orasidagi yuqoridagi nisbatlar saqlanmasa. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni mutlaq ifodalarini o‘rganishda bazan korxonaning foyda bilan chiqish hollarida ham nobarqarorlik holatlari kuzatiladi. Bu bevosita birinchidan foydaning sifatliligi va uning o‘tgan yillarga nisbatan o‘sishi bilan izohlanadi. Yoki, aktivlar va zaxiralarni ortiqcha ushlab turishlar tufayli yuzaga keladi. Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti, maqsadi sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda, deyilganda ko‘pincha, biznes samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi o‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi. Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlarni xarakterlovchi foydani o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, ya’ni foydani aniqlash va o‘lchash – korxona o‘z moliyaviy hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi. Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan farq etuvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishidir. Xarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir. Daromad va xarajatlarni aniqlash ularning asosiy xususiyatlarini belgilaydi, ammo ularni moliyaviy natijalar hisobotida aks ettirishda talab qilinadigan mezonlarni aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o‘zaro farqlanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zararlarning shakllanish qatorlari bo‘yicha o‘zgarishlari o‘rganiladi. Foyda va zararlarning omilli tahlili olib boriladi. Tahlil moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qish, vertikal tahlil, gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarida olib boriladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qishda uning satrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha ma’lumotlarga umumiy izoh beriladi. Download 150.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling