Islomkarimov nomli toshkent davlat texnika universiteti muxandislik texnologiyalari fakulteti
Download 150.42 Kb.
|
Moliyaviy barqarorlik tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy
Vertikal tahlilda moliyaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli
va ko‘p qatorli usullarida o‘zaro farqlanishlarga va nisbiy o‘zgarishlarga baho beriladi. Gorizontal tahlilida esa moliyaviy natijalarning bo‘ylamasiga tarkiblanishi va ularning o‘zgarishlari o‘rganiladi. Asosli yoki trend tahlilida moliyaviy natijalar va ularning yillar bo‘yicha o‘zgarishi, dinamikasi yoki asos yiliga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Moliyaviy natijalar tahlilida qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga esa korxona foydaliligi yoki natijaviyligi ko‘rsatkichlari, bozor aktivligi ko‘rsatkichlari kiritiladi. Korxona foydaliligini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida rentabellik ko‘rsatkichlari olinadi. Bozor aktivligi ko‘rsatkichlariga aksiyalar, qimmatli qog‘ozlarning foydalilik darajasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar kiritiladi. Ular qatoriga bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan hisob foydasi (soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda), bitta aksiya to‘g‘ri keladigan sof foyda, bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan dividend summasi, aksiyaning bahosi va foydasi orasidagi nisbat koeffitsiyentlari kiradi. Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydalilik darajasiga baho berish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalari tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish; biznes-rejada belgilangan foydalilik darajasiga erishilganligi va unga ta’sir etgan omillarni o‘rganish hamda baho berish; foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini tekshirish; foydaning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir etishini aniqlash; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yalpi foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish; soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foydaning shakllanishiga va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish hamda baho berish; sof foydani ko‘paytirish yo‘nalishlarini belgilab berish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rentabellik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga ta’sir etuvchi omillarga baho berish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy rentabellik darajasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning biznes-reja ma’lumotlari; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida»gi hisobot (2-shakl) ma’lumotlari; buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi tegishli schot ma’lumotlari. Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy Download 150.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling