Islomkarimov nomli toshkent davlat texnika universiteti muxandislik texnologiyalari fakulteti


Korxonaning o‘z oborot mablag‘lari bilan ta’minlanganligi


Download 150.42 Kb.
bet5/6
Sana12.03.2023
Hajmi150.42 Kb.
#1264629
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy barqarorlik tahlili

Korxonaning o‘z oborot mablag‘lari bilan ta’minlanganligi

Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy
mustaqillik koeffitsiyenti, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti,
moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z sarmoyasining harakatchanlik
koeffitsiyenti, qarz mablag‘larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda
qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‘z majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan.
Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari:

  • korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o‘zgarishlarini baholash;

  • moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;

  • moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

  • moliyaviy barqarorlikni o‘stirish choralarini ko‘rish;

  • turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi
    o‘zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash.



Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
Ichki omillar:

  • aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni to‘g‘ri boshqarish;

  • moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to‘g‘ri boshqarish;

  • jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish.

Tashqi omillarga:

  • mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat);

  • bozordagi raqobat va kurash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (valyuta kurslari
    o‘zgarishi, soliq va kredit qiymatidagi o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy
    faoliyat rivoji);

  • siyosiy holat (iqtisodning tartiblanishi, rag‘batlantirilishi,
    huquqlarning himoyalanishi);

  • inflyatsiya holati.

Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy
va qo‘shimcha manbalarni kiritish mumkin.
Asosiy manbalariga:

  • buxgalteriya balansi;

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

  • xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakllari kiradi.

Qo‘shimcha manbalarga:

  • ta’sis hujjatlari;

  • auditorlik nazorati natijalari,

  • statistik manbalar va boshqa manbalar kiradi.


Xulosa
Bugungi kunda vatanimiz korporatsiyalari, shu jumladan, xolding
kompaniyalari oldida turgan asosiy muammolardan biri ishlab chiqarishni yangilash va yangi texnologiyalarni joriy etish, tarkibiy qayta tuzish, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda boshqa mablag‘talab loyihalar uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarni qidirib topish hisoblanadi.
Investitsiya siyosatini shakllantirish siyosati kompaniya investitsiya
strategiyasining eng muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, uni ishlab
chiqish kompaniya oliy rahbariyati va kuzatuv kengashining eng asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi va aynan texnologik maqsadlarga integratsiyalashmagan kichikroq korxonalarga qaraganda yirik integratsiyalashgan korporatsiyalarda investitsiya strategiyasining roli beqiyos katta.
Investitsiya strategiyasini amalga oshirishning samarali yo‘lini
ishlab chiqish o‘zida quyidagilarni, ya’ni:
- investitsiya faoliyatining strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
- investitsiya resurslarini shakllantirish strategiyasini ishlab
chiqishni mujassam etadi.
Investitsiya faoliyati yo‘nalishlarini ishlab chiqish bosqichida
moliyalashtirish manbalari va jalb etiladigan asosiy investorlarni qidirish ishi bilan boshlanishi lozim. Kompaniya investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalarining maqbul tizimini qidirish korporativ boshqaruvning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Ma’lumki, kompaniyaning sof foydasi va amortizatsiya investitsiya qilishdagi xususiy mablag‘ manbayidir.
Taqsimlanmagan foyda hisobiga moliyalashtirish, odatda, kompani yaning barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan sof foydasi miqdori
hamda uni taqsimlash bo‘yicha hissadorlar qanday siyosat yuritishiga
bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda kompaniya zarur hisoblangan moliyalashtirish manbayiga ega bo‘lishi uchun o‘zining bir qism aktivlarini sotishi mumkin. Fikrimizcha, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarga mablag‘larni bo‘sh turgan pul mablag‘lari yoki yetarli imkoniyatda foydalanilmayotgan asosiy va oborot fondlarini qo‘yilsa, korxona uchun samaraliroq bo‘lar edi.


Download 150.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling