Beshinchi hadis.
Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shubhali narsani shubhasiziga qo‘y», dedilar. (Ya’ni, shubhali narsani tark qilib, shubhasiz narsani ol.) Termiziy va Nasaiy rivoyatlari. Oltinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan (dalolat)dir», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. Yettinchi hadis.
Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |