Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


I BOB. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

I BOB. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES 
Tayanch so’z va iboralar: bozor iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti belgilari, 
bozor munosabatlarini rivojlantiruvchi kuchlar, bozor iqtisodiyotiga o’tish 
tamoyillari, tadbirkorlik va biznes, kichik biznes va tadbirkorlikning o’ziga xos 
xususiyatlari, biznes reja ahamiyati va uning funktsiyalari. 
1.1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning belgilari 
Hozirgi kunda har bir jamiyat a’zosining, ayniqsa tadbirkorlar oldida bozor 
iqtisodiyoti qonuniyatlarini, uning O’zbekiston Respublikasida qanday amalga 
oshirilayotganini, bu qonuniyatlarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni, pirovard 
natijada talab darajasida tovar ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni yo’lga 
qo’yishning sirlarini bilib olish kabi dolzarb vazifalar ko’ndalang bo’lib turibdi.
Bozor iqtisodiyoti – tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos 
iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan iqtisodiyot turidir.
Boshqacha qilib aytganda, yer yuzasidagi barcha rivojlangan mamlakatlarda 
mavjud bo’lgan erkin tadbirkorlik xukmron joylarda iqtisodiyotning asosiy turi 
hisoblangan, mustaqil iqtisodiy faoliyat asosida kishilarning ehtiyojlarini qondirish 
uchun zarur tovar ishlab chiqarish hamda tovarlarning oldi-sotdisi sotuvchi bilan 
xaridorlarning erkin, ixtiyoriy munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining tub belgilari quyidagilardan iborat: 
1. Iqtisodiy plyuralizm, ya’ni mulkchilik shakllarining va xo’jalik 
yuritishning turli-tuman bo’lishidir. Bunda turli shakaldagi mulklar erkin, yonma-
yon va teng huquqli tarzda rivojlanadi. Xo’jalik yuritishning yakka tartibda, jamoa-
uyushmaga birikkan holda, sherikchilik-paychilik yoki aktsionerlik asosida o’z 
mablag’iga yoki qarzga olingan mablag’larga tayanib ish yuritish kabi shakllaridan 
keng foydalaniladi.
2. Bozor iqtisodiyoti –erkin iqtisodiyotdir. Bunda mulk egalarining to’la 
mustaqilligi tushuniladi. 


15 
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zaro munosabatlar manfaatlarni ko’zlagan 
holda o’rnatiladi.
4. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi-narxlarning liberallashuvi, ya’ni 
narx-navoning erkin tashkil topishidir. Aksariyat tovar va xizmatlar narxlari 
bozordagi talab va taklif nisbati asosida xaridor va sotuvchining kelishuviga 
binoan yuzaga keladi.
5. Muhim belgilardan yana biri bu – raqobatdir. Zamonaviy bozor 
iqtisodiyotida, birinchidan manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchidan 
suhbatlar o’z faoliyatini, binobarin manfaatlarni ham muvofiqlashtirishga 
intiladilar.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari jumlasiga har xil shakldagi mulk resurslar 
egalarini, firma, korxona, tadbirkorlarni, davlat mahkama va idoralari kiradi. 
Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ishonchli raqobat mavjud 
bo’sagina bunday oldi-sotdilar uzoq davom etadi va har ikkitomon ham manfaat 
topadi. Shuning uchun raqobat to’g’ri va halol bo’lishi lozim.
6. Bozor iqtisodiyotida raqobatdan tashqari bozor regulyatorlari (tartibga 
soluvchi vositalar) mavjudligi uning muhim belgilaridan biridir. Ular bozordagi 
o’zgarishlarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazib, ularning bozorga moslashuvini 
ta’minlaydilar. Masalan, marketing orqali ishlab chiqarish iste’molga bog’lanadi.
7. Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor. 
Iqtisodiyotdagi resurslar miqdori, ularning samarasiga qarab ishlab chiqilgan tovar 
va xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega bo’lish, yuqori 
turmush darajasiga erishish adolat hisoblanadi. Ammo adolat hammani 
tenglashtiradi degan emas, balki jamiyatning tabaqalashuviga olib keladi. Iqtisodiy 
sub’ektlar o’z mehnatlariga tadbirkorligiga va mulkiga qarab ularning daromadi, 
turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir-biridan farqlanadi.
8. Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o’zgarishiga 
darhol javob bera oladi. Bozorda nima yetishmasa, shuni ishlab chiqarishga va 
iste’molchi talabini qondirishga undaydi. 


16 
9. Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim belgilaridan biri novatsiyaga 
(yangiliklarga) moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini tezda qabul qiladi, yangi 
texnologiyalarni qo’llash orqali tovarlar sifatini oshirishga, tannarxni pasaytirishga 
xizmat qiladi.
Lekin bozor iqtisodiyotining o’ziga yarasha salbiy jihatlari ham mavjuddir. U 
millionlab ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyati bo’lgani uchun 
tarqoqlik xarakteriga ega bo’lib, davlat va jamoatchilik ishtiroki cheklanganligi 
sababli tabiat muhofazasini, ekologik muvozanatni izdan chiqarishi mumkin.
Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin katta mablag’ talab etadigan, qaytishi 
sekin boradigan inshootlar qurilishini, fundamental fan, kelajak uchun muhim 
izlanishlar uchun ketadigan harajatlarni bozor iqtisodiyoti alohida sub’ektlari 
yoqtirmaydi. Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti siklli ravishda rivojlangani sababli 
yuksalishlar bilan birga inqirozlar ham paydo bo’lishi mumkin.
Shunday qilib bozor munosabatlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini
ta’minlovchi uchta kuchni yuzaga keltiradi. 
1. Iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu, tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar 
beradi. 
2. Raqobatlar kurashi – bu, kim o’zdi qoidalarini yuzaga keltiradi va 
novatsiyaga undaydi, mehnat unumdorligini oshirishga, qattiq mehnat intizomiga 
olib keladi.
3. Daromadlarning cheklanmaganligi – bu qo’shimcha daromad topishga 
intilishni paydo qiladi.
Bozor 
iqtisodiyotida 
xususiy 
mulkchilik, 
iqtisodiy 
jarayonlarni 
uyg’unlashtirishda talab va taklif qonunlariga amal qilish bilan bir qatorda har bir 
mamlakatning o’z yo’li mavjud bo’lib, bunga uning milliy kelib chiqishi, 
joylashgan hudud va boshqa omillar sabab bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri, shubhasiz, uning 
ijtimoiy ishlab chiqarishni demokratlashuvini, aholi bandligini ta’minlashi, biznes 
va tadbirkorlikka keng yo’l ochish bo’lib hisoblanadi.


17 
Biznes atamasi ingliz tilidagi “bisiness” so’zidan olingan bo’lib, “ish” 
ma’nosini anglatadi. Biznes bilan shug’ullanuvchi kishilarni “biznesmen”, ya’ni –
“ishbilarmonlar” deb yuritiladi.
Agar biznesning asosiy sharti biron bir foydali ish qilish bo’lsa, biznesning 
o’zi bozor iqtisodiyotining asoslaridan biridir. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling