Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Xodimlarga talabni rejalashtirish


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Xodimlarga talabni rejalashtirish 
 
1-Masala 
Ishchilarning haqiqiy va ro’yxatdagi ishchilar sonini aniqlang. Sexdagi 
jihozlar soni 180 tani tashkil etadi. Xizmat ko’rsatish normasi bir smenaga 6 ta 
jihoz. Smenalik koeffitsienti 1,45 ga teng. Samarali ish vaqti fondi 230 kun. 
Nominal fond 260 kun. 
Masala quyidagi tartibda yechiladi: 
I
s/h
=180*1.45/6=44 kishi 
I
s/r
=260/230*44=49 kishi 
Demak, haqiqiy ishchilar soni 44 kishini, ro’yhatdagi ishchilar soni 49 kishini 
tashkil etgan. 
2 – Masala 
Quyidagi boshlang’ich ma’lumotlar asosida bir o’rtacha ro’yxatdagi 
ishchining reja yilidagi foydali ish vaqti fondini va ishga chiqmagan kunlar fondini 
aniqlang. 
Yildagi kalendar kunlar soni - 365 kun 
Dam olish kunlari soni - 104 kun 
Bayram kunlari soni - 8 kun 
Rejalashtirilgan ishchilar soni - 186 kishi 
Ulardan: 
146 kishiga - 15 kunlik
32 kishiga - 18 kunlik 
8 kishiga - 21 kunlik ta’til belgilangan. 
Joriy yilda kasallik bo’yicha ishga chiqmagan kunlar soni jami xodimlar 
tarkibi uchun 1900 kishi-kun, boshqa sabablar bo’yicha yo’qotishlar - 900 kishi 
kunni tashkil etgan. Reja yilida kassalik tufayli ish vaqti yo’qotishlarini o’rtacha 
2,5 foizga, boshqa sabablar bo’yicha yo’qotishlarni 3 foizga qisqartirish ko’zda 
tutilgan. Smena ichida yo’qotishlar 800 kishi-soat belgilangan. 
 


303 
3 – Masala 
To’quvchilik korxonasining asosiy ishchilarga talabini hisoblang. To’quv 
jihozining 1 metr matoga to’g’ri keluvchi mashina vaqti 400 sek/m. Ishchi 
tomonidan bajariladigan ish usullariga vaqt sarfi quyidagicha: qo’llanadigan vaqt 
14,7 sek, qo’llanmaydigan vaqt 5,6 sek. 
 
4 – Masala 
Agar haqiqiy ishchilar soni 130 kishi, reja yilida ishga kelgan vaqtlar soni 10 
foiz bo’lsa, asosiy ro’yxatdagi va rezervdagi ishchilar sonini aniqlang. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling