306
bundan tashqari mehnatni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat
unumdorligini 5 foizga oshirish rejalashtiriladi. Bir ishchining
samarali ish vaqti
fondi 1800 soat, ishlab chiqarish topshiriqlarini 111.5 foizga bajarish ko’zda
tutiladi. Asosiy ishchilar jami ishchilarning 70 foizini tashkil etadi.
Rejalashtirilgan ishchilar sonini aniqlang.
18 – Masala
Korxonaning ikki yillik ma’lumotlari mavjud bo’lib, ishchilar sonining
ko’payishi hisobiga mahsulot hajmining o’zgarishini,
mehnat unumdorligining
o’sishi hisobiga mahsulot hajmining o’zgarishini hamda mehnat unumdorligining
o’sishi hisobiga mahsulot hajmining o’sishi ulushini aniqlang.
Ko’rsatkichlar
1-yil
2-yil
O’zgarishi (+;-)
Mahsulot hajmi, ming so’m
2100
2279.1
+179.1
Ishchilar soni, kishi
700
710
+10
O’rtacha
yillik mehnat unumdorligi,
ming so’m
3000
3210
+210
19-Masala
Korxonadagi ishchilar soni o’tgan yili 520 kishini tashkil etgan, reja yilida
mahsulot hajmini 3 foizga oshirish ko’zda tutilib, bunda ishchilar soni bo’yicha 12
kishi iqtisodiga erishish ko’zda tutilgan. Mehnat unumdorligi o’sishi darajasi
aniqlansin.
20-Masala
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda bir
ishlovchining hisobot va
reja davridagi mehnat unumdorligini hamda reja davridagi o’rtacha ro’yxatdagi
xodimlar sonini aniqlang.
Hisobot davrida tovar ishlab chiqarish hajmi 9000 ming so’m bo’lib,
o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni 160 kishini tashkil etadi. Reja davrida tovar
mahsuloti hajmini 11500 ming so’mga yetkazish rejalashtiriladi.
Mehnat
unumdorligini 7 foizga oshirish ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: