Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
4 – Masala To’quvchilik korxonasida vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan soni 1458 kishini tashkil etadi. Bir ishchini rejaalshtirilgan ish vaqti byudjeti 1820 soat ish, mukofotning o’rtacha miqdori 15 foizni, vaqtbay ishchining odatdagi mehnat sharoitidagi o’rtacha soatlik tarif stavkasi - 60 so’mni, soatlik, kunlik, oylik ish haqi fondiga qo’shimcha to’lovlar miqdori 1608 ming so’mni tashkil etadi. Vaqtbay ishchilarning rejaviy ish haqi fondini hisoblang. 5 – Masala Korxonaning tayyorlov sexida vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan soni 120 kishini, 1-razryadli ishchining tarif stavkasi 418 so’m, bir ishchining rejadagi ish vaqti fondi 1820 soat, ishchilarning o’rtacha razryadga to’g’ri keladigan o’rtacha tarif koeffitsienti - 2,3 ga teng bo’lsa, vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan tarif ish haqi fondini aniqlang. 309 6 – Masala Agar reja bo’yicha yillik ishlab chiqarish dasturining mehnat sig’imi 289358 ming soatni, o’rtacha soatlik tarif stavkasi 565 so’mni, qo’shimcha ish haqi koeffitsienti 0,0985 (9,85 foiz)ni tashkil etsa, asosiy ishchilarning yillik ish haqi fondini aniqlang. 7 – Masala Agar amaldagi ish haqining minimal miqdori 130240 so’mni, sanoat ishlab chiqarish xodimlariniig umumiy soni 459 kishini, o’rtacha malakaviy koeffitsient 6,27, qo’shimcha ish haqi fondi koeffitsienti 0,0952ni tashkil etsa, barcha toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to’lash fondini aniqlang. 8 – Masala Mehnatga haq to’lashning tarifsiz shakli bo’yicha yillik rejaviy ish haqi fondini aniqlang. Korxonaning foydasi 120000 ming so’m, mehnatga haq to’lash uchun foydaning 20foizi sarflandi, foydadan soliq ajratmalar miqdori 60000 ming so’mni tashkil etadi. 9 – Masala Ishchilarning asosiy ish haqi fondi 66550 ming so’mni tashkil etadi. Ishlab chiqarish normalarini bajarish koeffitsienti 1.13 ga teng. Korxonada 3 smenali ish rejimi. Tungi smena ish soatining 1 soatga qisqartirish bo’yicha ishlaydi. Demak, bunda tungi soatlarda ishlash ulushi sutkaning 0.34 (8/23) ga teng. Ishbay ishchiga turli soatda ishlaganligi uchun uning tarif stavkasini 1/7 qismi asosida ish haqi to’lash belgilangan. Tungi soatlar uchun to’lov miqdorini aniqlang. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling