Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

235926x0,03=7078 so’m 
Transport uchun xarajatlar xom – ashyo va materilallar qiymatining 1.5% 
miqdorida olinadi, ya’ni bu 5844000 so’mni tashkil etadi. 
Kommunal xizmatlar uchun xarajatlar foydalanilgan suv, elektr energiya va 
yoqilg’i uchun to’lovlardan iborat bo’ladi. Suv uchun to’lovlarni hisoblashda 
avvalo bir oyda suvga bo’lgan ehtiyoj aniqlnadi. Bu ehtiyoj o’rtacha 231 m.kub 
bo’lib, 1m.kub suv uchun to’lov 3000 so’mni tashkil etishini e’tiborga olsak, bir 
yil uchun bu to’lov 8316000(231*3000*12)so’mni tashkil etadi. 
Texnologik maqsadlar uchun sarflarni hisoblashda har bir jarayongacha 
jihozni harakatga keltiruvchi elektr energiyaga bo’lgan talabi e’tiborga olinadi. Bu 
talab jihozning yillik ish soatlariga hamda 1kv elektr energiya uchun belgilangan 
to’lov hajmiga ko’paytiriladi. Binolarni yoritish uchun foydalaniladigan elektr 


341 
energiya xarajatlarini hisoblashda binolardagi lampochkalar soni va ularning 
yoritish quvvati hamda ulardan kunlik foydalanish soatlari e’tiborga olinadi. Bir 
yilda jami 65112 kvt elektr energiya sarf qilinadi deb qabul qilingan. 1 kvt elektr 
energiya uchun to’lov 78 so’m ekanligini hisobga olgan holda jami elektr energiya 
uchun to’lov 4818288 so’mni tashkil etadi (65112*78).
Yoqilg’i uchun xarajatlarni hisoblashda bir yilda tabiiy gazga bo’lgan 
extiyoj aniqlnadi va 1 m
3
gaz uchun to’lanadigan to’lov summasiga ko’paytiriladi.
Bizning misolimizda bu 2145200 so’mni tashkil etadi.
Kommunal xizmatlar uchun to’lovlar tarkibiga, shuningdek, bino uchun 
to’lanadigan ijara to’lovlarini ham kiritish mumkin. 1 m.kv joy uchun to’lanadigan 
ijara to’lovi 34332 so’m deb qabul qilamiz va jami to’lov (600*3433) 2059800 
so’mni tashkil etadi.
Kelgusi davr va moliyaviy xarajatlar tarkibidagi ma’muriy xodimlar va 
xizmatchilar ish haqi tashkiliy va xodimlar rejasidan olinadi. Bu 252840000 
so’mni tashkil etadi. 
Marketing uchun xarajatlar xom-ashyo va materiallar uchun sarflanadigan 
xarajatlarning 2 % miqdorida olinadi va 7790000 so’mni tashkil etadi. 
Jami xarajatlar mahsulot hajmiga bo’linadi va bir metr mato tannarxi 
aniqlnadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling