Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Interaktiv rejalashtirish
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkich
- Sifat ko’rsatkichlar
- Gorizontal
Interaktiv rejalashtirish – istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga
erishish yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. Normalashtirish – normal ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira kattaligini ishlab chiqish va belgilash uslubidir. Norma – mahsulot birligini ishlab chiqarish, belgilangan sifat darajasini ta’minlash uchun xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya va h.k. sarfi bo’yicha ruhsat etilgan kattaligidir. Normativ – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi. Normativlar foiz va koeffitsientlarda belgilanadi. 344 Ko’rsatkich – sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi. Miqdor ko’rsatkichlar – yalpi, tovar mahsulot, foyda, ishchilar soni va boshqa ko’rsatkichlarni absolyut kattaliklarda ifodalaydi. Sifat ko’rsatkichlar – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari orasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni pasaytirish, samaradorlikni oshirish. Natural ko’rsatkichlar – korxona rejasining moddiy–buyumlashgan mazmunini xarakterlaydi va har bir tovarning xususiyatiga muvofiq keluvchi o’ziga xos birliklarda o’lchanadi. O’sish – korxona o’lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv hajmining o’zgarishi. Rivojlanish– birinchi navbatda xo’jalik tizimining sifat jihatidan o’zgarish va yangilanishi, barcha bo’limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko’zda tutadi. Ideal – tadbirkorlik ob’ektiga fan–texnika taraqqiyoti doirasida zaruriy innovatsiyalarni joriy etish asosida samaradorlikni oshirishni ta’minlaydigan o’zgarishlar kiritish. Real – moliyaviy – iqtisodiy holatdagi dastlabki salbiy belgilar aniqlanishi bilan korxonada qisman reforma (qayta o’zgarishlar) ni amalga oshirish. Radikal – boshqaruvni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardorligini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, moliyaviy natijalarni yaxshilashga yo’naltirilgan tub islohotlarni amalga oshirish. Gorizontal – mavjud va yangi bozorlarda bir xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish hajmlarini ko’paytirish orqali (geografik ekspansiya) Vertikal – texnologik jihatdan o’zaro bolangan ishlab chiqarishni tashkil etish yoki birlashtirish orqali ta’minotchi yoki iste’molchiga yaqinlashtirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling