Qaymog`ini olish siyosati– bunda narx qandaydir bir yuqori darajada
belgilanadi, mahsulot esa segmentatsiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan
bozorda sotiladi.
346
Kirib olish siyosati – past narxlarni joriy qilish va katta hajmli tovar
oborotini amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Ishlab chiqarish rejasi – korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish
ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va bajarilishini nazorat qilishni ko’zda tutadi.
Tayyor mahsulot – standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq to’liq
tayyorlangan, texnik nazoratdan o’tgan va tayyor mahsulot omborxonasiga
topshirilgan buyumlardir.
Yarim fabrikatlar – texnologik jarayonning bir qismidan o’tgan, lekin
keyingi sexda ishlovdan o’tishi yoki yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan
mahsulotlardir.
Tugallanmagan ishlab chiqarish – sexda ishlov berishi tugallanmagan, ish
o’rnida ishlovdan o’tayotgan, ish o’rinlari orasida harakatlanayotgan, texnik
nazoratda turgan mahsulotlardir.
Tovar mahsulot– hisobot yilida ishlab chiqarilgan va sotishga
mo’ljallangan mahsulotdir. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga
mo’ljallangan yarim fabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat
xarakteridagi ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi.
Ishlab chiqarish quvvati– barcha mavjud iqtisodiy resurslardan ilg’or
texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali
ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulot ish va xizmatlarning maksimal
miqdoridir.
Nazariy quvvat– ideal ish sharoitida erishish mumkin bo’lgan xo’jalik
operatsiyalari hajmini ifodalaydi. Ushbu quvvat texnik jihatdan erishish mumkin
bo’lgan quvvatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |