Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Normal ishlab chiqarish quvvati


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Normal ishlab chiqarish quvvati– korxona tovarlariga talabni bir necha 
yil davomida qondirish uchun yetarli bo’lgan xo’jalik faoliyatining o’rtacha 
darajasini ifodalaydi. 
Amaliy quvvat– korxonaning ish tartibini e’tiborga olgan holda (ishlab 
chiqarish vaqtida jihozlarni ta’mirlashda turli ish tartibi bilan bog’liq 


347 
yo’qotishlarni hisobga olgan holda) samaradorlikni saqlash orqali erishiladigan 
eng yuqori ishlab chiqarish darajasini belgilaydi.
Jihozlardan intensiv foydalanish koeffitsienti –jihozlardan quvvat 
bo’yicha foydalanish darajasini ifodalaydi va vaqt birligi ichidagi unumdorligni 
norma bo’yicha belgilangan unumdorlikka bo’lish orqali aniqlanadi. 
Tashkiliy tuzilmaboshqaruv komandasining barcha mansablari 
keltiriladi. Agar mansablarni ustama xarajatlarni o’zgartirmay to’ldirish 
imkoniyati bo’lmasa, u holda ushbu funksiyalar kim tomonidan qay tarzda 
bajarilishi (chetdan xodimlarni, konsultantlarni jalb qilish yoki funksiyalarni 
qo’shib olib borishni yo’lga qo’yib) va ushbu mansablar doimiy xodimlar bilan 
qachon to’ldirilishi aniqlanishi talab etiladi.
Ishchilar sonini hisoblash korxonaning turli uchastkalarida ishchilarni 
taqsimlanishi va bu taqsimotning o’zgarishini ko’rsatib berishga yordam beradi. 
Smenalik koeffitsienti ishchilarning smenada bandligi maromiyligini 
ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkich mehnatdan foydalanish, mehnat 
unumdorligini o’sishi va ishlab chiqarish hajmi bilan uzviy bog’liqdir. Koeffitsient 
har bir tsex, korxona va birlashmalar uchun alohida-alohida hisoblanadi. 
Ish haqini rejalashtirish - belgilangan turdagi va sifatdagi mahsulotni 
ishlab chiqarganlik uchun xodimlarga to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar hajmini 
belgilash hamda ishlab chiqarish xarakterini, xodimlar malakasini va ish 
sharoitlarini e’tiborga olgan holda xodimlar toifalari o’rtasida ish haqi 
darajasining mutanosibligiga erishishni ta’minlashni ko’zda tutadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling