Diversifikatsiya–
turli
ishlab
chiqarishlarni
bir
konglomeratga
birlashtirish.
Biznes g’oya – insonning fikrlash faoliyati natijasi bo’lib, tashqi stimullar
va ichki xohish, istak, extiyoj, qiziqish qadriyatlar, ideal va emotsiyalar majmui
bilan belgilanadi.
Missiya – xo’jalik sub’ektining uning maqsadlari, faoliyat sohasi,
jamiyatdagi o’rnining qisqacha tavsifi.
Maqsad – korxonaning istiqboldagi istalgan ko’zda tutilgan holatidir.
Biznes reja – korxona faoliyatining texnik iqtisodiy asoslash, rejani tuzish
jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil, shaxsiy biznesni aniq faoliyatda
tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Rezyume – biznesrejaning qisqacha tavsifidir.
Tovar – bu ehtiyojni qondiruvchi vositadir.
O’rtacha xarajatlar plyus foyda –prinsipibo’yicha narx belgilash
tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx
belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi.
Ko’zlangan foyda normasi – olishni ta’minlaydigan narx belgilash. Bunday
yondashuvni qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital
uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash – bunday yondashuvni
qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab
chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi
qo’lanadi, foyda amalga oshmaydi.
Narx belgilash siyosati– korxonalar o’zlarining umumiy maqsadlariga
muvofiq narxlar bo’yicha qaror qabul qilganidan keyin kundalik faoliyatida rioya
qiladigan umumiy qoidalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |